Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II. FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

II. FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA 
QILISHNI TA`MINLASH TIZIMI 
6-modda.Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday 
vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda 
harakat qilish davlat tizimi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining, vazirlik 
va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv 
organlari, kuchlari hamdа vositalaridan iborat. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda 


609 
harakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat ko`rsatishi tartibi 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
7-modda.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy 
resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta`minlaydi Hamda ulardan 
foydalanish tartibini belgilaydi; 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid 
kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jihatidan ta`minlashni, ularni 
maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni 
amalga oshiradi; 
favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf 
etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi; 
vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati Mahalliy organlarining aholini 
va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi. 
8-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha 
maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi 
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha maxsus 
vakolatli davlat boshqaruv organi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlar vazirligidir. 
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda 
odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlash, moddiy va 
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar 
oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab 
chiqadi hamda amalga oshiradi
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga 
oshirilishini tashkil etadi; 
o`z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy 
bo`lgan qarorlar qabul qiladi; 
boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish 
kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga 


610 
tayyor bo`lishini tashkil etadi; 
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari 
boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruв punktlari, xabar berish va aloqa 
tizimlarini tuzadi; 
favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va 
kechiktirib bo`lmaydigan boshqa ishlar o`tkazilishini tashkil etadi; 
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 
ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlar bo`yicha loyihalar va qarorlar 
yuzasidan davlat ekspertizasi o`tkazilishida ishtirok etadi
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling