Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda.Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
9-modda.Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida: o`z tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay bo`lib turishini ta`minlashlari; tarmoqning va o`z tasarrufidagi ob`ektlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida barqaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha harakatlar rejasini, nizomlar, qoidalar va yo`riqnomalarni kelishib olish uchun O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etishlari; o`z tasarrufidagi ob`ektlar xodimlarini qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va qarakat qilishga o`rgatishlari; favqulodda vaziyatlar to`g’risida xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari; aholining va hududlarning muhofazalanish holati to`g’risida belgilangan tartibda axborot berishlari, shuningdek tarmoq xodimlarini favqulodda vaziyat taqdidi borligi to`g’risida xabardor qilishlari; moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq o`z tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv ishlari va kechiktirib bo`lmaydigan boshqa ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va o`tkazilishini ta`minlashlari; 611 o`ta muhim ob`ektlar va ularning xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida ўз faoliyatlarini davom ettirishlari ta`minlanadigan punktlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishlari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maxsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan o`tkazilishini va shay bo`lib turishini ta`minlashlari; o`z tasarrufidagi ob`ektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi chohida aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid talablar bajarilishini nazorat qilib borishlari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari shart. Vazirliklar va idoralar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro`yxati belgilab qo`yiladigan, potentsial xavf manbai bo`lgan ob`ektlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etadilar. Boshqa ob`ektlarda esa mas`ul shaxslar tayinlanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling