614
organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda
vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo`ljallangan boshqa mol-
mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bo`lganda ular duch
kelishi mumkin bo`lgan xavf-xatar darajasi to`g’risida hamda zarur
xavfsizlik choralari haqida xabardor bo`lish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish
masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat
etish;
favqulodda vaziyatlar ro`y bergan zonalarda ishlaganligi uchun
bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalaр va boshqa imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini
bajarish chog’ida sog’lig’iga etkazilgan zarar
uchun kompensatsiyalar
hamda imtiyozlar olish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
majburiyatlarini bajarish chog’idа orttirgan kasalligi munosabati bilan
mehnat qobiliyatini yo`qotganda, nogironligi mehnatda mayib bo`lish
oqibatida kelib chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish:
boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish majburiyatlarinи bajarish choqida orttirgan mayiblik yoki
kasallikdan halok bo`lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan
yo`qotganda, mehnatda mayib bo`lish tufayli halok bo`lgan shaxsning oila
a`zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy
suqurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va
imtiyozlar turlari va miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: