Qurolli Kuchlarni tuzish - harbiy xizmatga shu hududdan va
hudud tashqarisidan chaqirishni uyqun holda bajarish orqali amalga
oshiriladi.
6. Qurolli Kuchlarni moddiy-texnikaviy jihatdan ta`minlash davlat
tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy ob`ektlar va inshootlar, qurol-yaroqlarning, harbiy
texnikaning va boshqa harbiy mol-mulkning barcha turlari davlat mulki
hisoblanadi, Qurolli Kuchlar tasarrufida bo`ladi, ular qonunlarda
belgilangan asoslarga binoan va vakolatlari doirasida bu narsalarga egalik
qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar.
Qurol-yaroqni, harbiy texnikani, butlovchi buyumlarni va boshqa
mol-mulkni ishlab chiqarish, etkazib berish va ta`mirlash, mudofaa
ehtiyojlari uchun oziq-ovqatni etkazib berish, shuningdek mudofaa
manfaatlari yo`lida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish
ishlarini bajarish, davlat safarbarlik zaxiralarida safarbarlik boyliklarini
yaratish, rivojlantirish va saqlab qolish to`la hajmda davlaт buyurtmasiga
kiritiladi.
Mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyurtmalarining bajarilishi soliq,
ijara imtiyozlari va boshqa imtiyozlar bilan rahbatlantiriladi.
Qurolli Kuchlarning binolari, inshootlari, harbiy texnikasi, qurol-
yaroqlari va boshqa mol-mulki davlat tasarrufidan chiqarilishi va
xususiylashtirilishi mumkin.
13-modda. Urush Holati, harbiy davr
Urush holati O`zbekiston Respublikasiga harbiy hujum qilingan
taqdirda e`lon qilinadi va bu holat bir-biriga qarshi urushayotgan tomonlar
sulh tuzganlaridan keyingina bekor qilinadi.
Urush holati e`lon qilinishi bilanoq yoki harbiy harakatlar amalda
boshlab yuborilgan daqiqadan e`tiboran harbiy davr amal qiladi hamda u
harbiy harakatlar amalda to`xtatilgan kunda va soatda tugaydi.
Respublika hududiga qo`shinlar yoki qurolli guruhlar qo`qqisdan
hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy boshqaruvning mahalliy
idoralari urush e`lon qilinishini kutmay qujumni qaytarishning barcha
choralarini ko`rishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |