Chingizxonning Xorzmshohlar davlatiga olib borgan harbiy yurishlari


Download 13.51 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi13.51 Kb.
#1712435
Bog'liq
8-sinf O\'zbek tarix 1


Chingizxonning Xorzmshohlar davlatiga olib borgan harbiy yurishlari.
Chingizxon 1219-yil Xorazmshohlarga harbiy yurishlarni boshlaydi. Chingizxonning hujum rejasi:
1) Chig’atoy va O’qtoy boshchiligidagi 100 ming kishilik qoshin O”rorga yurish qiladi.
2) Jo’ji boshchiligidagi qo’shin Sirdaryoga qarashli Sing’oq O’zgan, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olish topshiriladi.
3) Oloqno’yon va Suketu Chebri 5 ming kishilik qo’shin bilan banokant va ho’jand shaharlarini egallashi kerak edi.
4) Chingizxon va Tuluxon boshchilik qilib ular Buxoroga qarshi yurish harakatlarini boshlaydi.
Mo’g’ullar dastlab O’trorga yurish qilganligi uchun Muhammad xorazmshoh asosiy kuchni O’trorga qaratgan edi. Inolxon boshchiligidagi 20 ming qo’shin, yana 10 ming qo’shin yuboriladi, qamal arafasida O’trorga yuborilgan qo’shinga Qoracha Hojib boshchilik qilgan.Aholi mog’ullarga qarshi qahramonlarcha qarshilik ko’rsatdi. Ammo yuqori mansabni egallagan hokimto’ralarsotqinlik yo’lini tanlagan edi. Shaharga yordam berish uchun yuborilgan Qoracha Hojib o’z askarlari bilan dushman tomonga o’tib ketdi. Ammo vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan chingiziylar xiyonatkorlarni hammasini boshini tanasidan judo qiladi. O”trorliklar mo’g’ullarga qarshi 6 oy jang qilib, mudofaada Inalxon alohida jasorat ko’rsatgan. U shu yo’l bilan mashum urusgning boshlanishiga asosiy sababchi sifatida, o’z aybini oqlashga harahat qilgan edi. Chingizxon buyrug’i bilan Inalxon tiriklayin qo’lga oshishga harakat qilib uni asir oladi. Tarixchi an-Nasaviyning malumotiga ko’ra “O’tror hokimi Inalxon Samarqandga olib boriladi ko’zi va qulog’iga qo’rg’oshin eritib quyiladi”. Shu tariqa O”tror mo’gullar tomonidan vayron qilinadi.
1220-yil Chingizxon va Tuluxon Buxoroga yurish boshlaydi. Mudofa uchun 30 ming qo’shin ajratilgan, ular orasida ahillik yo’q edi.Shaharda ro’rquv beboshlik daxshat hukr surar edi. Jangda o’z qo’mondonlardan ayrilgan buxoroliklar, taslim bo’lishdan boshqa iloji qolmaydi. Shahar darvozasi qozikalon Badriddin Qozixon va boshqa amaldorlar tomonidan ochib berilgan. 1220-yil 16-fevral kuni mo’g’ullar Buxoro shahrini egallagan bo’lsada, shahar aholisi batamom taslim bo’lmagan edi. Uyg’ur Gurxon boshchiligidagi 400 nafar buxorolik vatanparvarlar 12 kun mobaynida mog’ullar bilan jang qilgan.buxoro shahridagi qimmatbaho qo’lyozmalar, kitoblar, yo’q qilinadi. Mo’gul askarlar tomonidan shahar talanadi va shaharga o’t qo’yadi va buxoro kultepaga aylanadi.
Chingizxon 1220-yil mart oyida Samarqand shahriga yetib boradi, otliq va piyoda askarlari bilan shahardan uzoqroq joylashadi, xiyla ishlatish maqsadida. Mo’g’ullar 2 kun davomida shahar atrofidagi qishloqlarni egallab shaharni tashqi aloqadan uzib qo’yadi. Samarqand ximoyasida bo’lgan To’g’ayxon boshchiligidagi 30 ming qo’shin Chingizxonga aldanadi. Omonlikni vada qilgan mo’g’ullar Samarqandni egallagandan so’ng tunda To’g’ayxon va uning askarlatini qilichdan o’tkazadi.
Mo’g’ullar Samarqandning bosh suv inshooti “Juyi aris” ni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi.
Mo’g’ullarning 5 ming kishilik qo’shini Oloqno’yon va Suketu Chebri kabi sarkardalar Xo’jand va Binokantga yurish qilgan.
Binokant amiri Elatxumalik 4 kun jang qiladi dushmanga qarshi, jangda mag’lub bo’gan binokantliklar qirg’in qilinadi shahar mo’gullar tomonidan yondiriladi.
Xo’jand hokimi Temur Malik shahar himoyadasida juda katta jasorat ko’rsatib mo’g’ullarga qarsgi janglarda boshchilik qilgan. Temur Malik 1000 nafar qo’shinga boshchilik qilgan janglar olib borgan. Tunda jangchilari bilan birgalikda qayiqlar yasashgan, ularning soni 70 ta bo’lgan va qayiqlar dushman otgan qayiqlarda teshilmasligi, olovli o’tlar ularni yondirib yubormasligi uchun qayiqlarni usti namatlar bilan qoplanadi ustidan esa sirkali loy chaplangan edi. Qo’shin jihatidan ko’p bo’lgan mo’g’ullar Xo’jandni ham egallaydilar Temur Malik va uning safdoshlari qayiqlarda Urganchga yo’l oladi.
Download 13.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling