8 – amaliy mashg’ulot elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlari og’ishi va tebranishini hisoblash elektr energiyasining sifati tushunchasi


Download 160.52 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi160.52 Kb.
#1299297
  1   2   3
Bog'liq
amaliy mash-8


8 – AMALIY MASHG’ULOT
ELEKTR ENERGIYASINING SIFAT KO’RSATKICHLARI OG’ISHI VA TEBRANISHINI HISOBLASH
Elektr energiyasining sifati tushunchasi
Elektr energiya iste’molchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum bir sharoitlardagina to‘la-to‘kis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifati deb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga og‘ishi energiyadan chala foydalanishga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, elektr qurilmalari va jihozlardan foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan mahsulot kam bo‘lishiga va boshqalarga sababchi bo‘ladi.
Chastota va kuchlanishning og‘ishi, tebranishi
Elektr energiya sifati qiymati kuchlanish va chastotalar og‘ishi, ularning o‘zgarish ko‘lami, elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmetriyaligi bilan belgilanadi.
Chastotaning og‘ishi bu – 10 minut oralig‘ida chastotaning haqiqiy qiymatini nominal qiymatdan farqini ko‘rsatuvchi o‘rtacha qiymat. Normal holatda chastotaning og‘ishi nominal qiymatdan 0,1 Gs o‘zgarishi ruhsat etiladi. Qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gs ga o‘zgarishi mumkin.
Chastotaning tebranishi bu – chastotaning o‘zgarish tezligi sekundiga 0,2 Gs dan kichik bo‘lmaganda, rejim parametrlarining tez o‘zgarishida asosiy chastotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi.
Chastotaning tebranishi, og‘ishga ruhsat berilgan 0,1 Gs dan tashqari, 0,2 Gs dan oshishi mumkin emas.
; , (1)
Kuchlanish og‘ishi va tebranishi
Kuchlanishning og‘ishi bu – ish rejimining sekin o‘zgarishida, ya’ni kuchlanishni o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan oshmaganda, kuchlanishning haqiqiy qiymatining uning nominal qiymatidan farqiga aytiladi:
yoki , (2)
Normal ish holatlarida kuchlanishning og‘ishi quyidagi qiymatlarda ruhsat etiladi:
-5+10% gacha elektr yuritkich va apparatlarning qisqichlarida yurgizish va boshqarish paytida;
-2,5+5% gacha ish yuritish qurilmalari qisqichlarida;
5% qolgan elektr iste’molchilar qiskichlarida.
Avariyadan keyingi holatlarda kuchlanish kamayishi qo‘shimcha 5% ga ruhsat etiladi.
Har qanday elektr iste’molchi kuchlanishni nominal qiymatiga mos qilib qurilgan, shu bilan kuchlanishni me’yorida o‘zgarishi uni normal ishlashiga ta’sir qilmaydi. Ko‘rsatilgan me’yordan o‘zgarganda iste’molchilarning ish holati buzulishi mumkin(Elektrotermik qurilmalarida harorat o‘zgarishi, yoritkichlarning yoritilganlik darajasi o‘zgarishi, elektr yuritkich valida F.I.K.ning o‘zgarishi va boshqalar).
Elektr ta’minoti sistemasida kuchlanish og‘ishiga asosiy sabab elektr iste’molchilar rejimining o‘zgarishi, ta’minlovchi energiya sistemaning holatining o‘zgarishi, liniyaning 6-10 kV yetarlicha qarshiliklari o‘zgarishi.
Kuchlanishning ko‘rsatilgan me’yorlarda o‘zgarishi ham iste’molchilarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanish tebranishi. Kuchlanish tebranishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
a) Kuchlanishning tebranishi U – bu ish rejimining etarlicha tez o‘zgarishida, ya’ni kuchlanish o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo‘lmaganda, kuchlanishning ta’sir etuvchi eng katta va eng kichik qiymatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi:
, (3)
b) Kuchlanishning o‘zgarish chastotasi (1/s, 1/min, 1/soat) F=m/T
bunda, m – kuchlanish o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo‘lmaganda kuchlanishning T vaqt oralig‘ida o‘zgarishlar soni.
v) Kuchlanishning ketma-ket o‘zgarishlari oralig‘i tkj.
Quyidagi rasmda kuchlanishni vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda 12 sekund davomida kuchlanish 5 marotaba quloch yoyadi.
Rasmda U1,U2,…, U5kuchlanish o‘zgarishining qulochlari;
t12, t23, …, tm5 ketma-ket kelayotgan ekstremumlar orasidagi vaqt intervali; T - o‘lchov olib borilgan oraliq vaqt.
Kuchlanishning og’ishi - bu kuchlanishning turg’un og’ish qiymati bilan tavsiflanadi. Elektr energiyasi iste’molchilari qisqichlarida kuchlanish og’ishi elektr tarmog’ining nominal kuchlanishidan ±5% va ±10 % ga teng miqdordagi me’yoriy va chegaraviy ruxsat etilgan turg’un me’yor qiymati o’rnatilgan.
Qisqichlardagi ko’rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymatlardan o’zgarishiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi:
- Yuklama tokining sutkali, mavsumli va texnologik o’zgarishi;
- Generatorlar va kompensatsiya qurilmalari quvvatining o’zgarishi;
- Elektr tarmog’i sxemasi va parametrlarining o’zgarishi.
Elektr tarmog’ining har qanday tugunida kuchlanish og’ishi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
, (4)

Download 160.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling