Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

19-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlari 
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo`shinlari 
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil 
etadi. 
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
zararlanish o`choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, 
radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish; 
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni amalga 
oshirish; 
aholini va xalq xo`jaligi ob`ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok 
etish; 
aholi hayot faoliyatini ta`minlash ob`ektlarini tiklash ishlarini 
amalga oshirishda ishtirok etish hamда fuqaro muhofazasining boshqa 
vazifalarini bajarish. 
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
20-modda.Fuqaro muhofazasi tuzilmalari 
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib 
bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish 
printsipiga ko`ra tashkil etiladi. 
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari: 
- bo`ysunuviga ko`ra - hududiy (viloyatlar, tumanlar va 
shaharlardagi) hamda ob`ekt (xalq xo`jaligi ob`ektlaridagi) tuzilmalariga; 
- belgilangan vazifasiga ko`ra - umumiy maqsaddagi (zararlanish 
o`choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus 
tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy 
yordam ko`rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik va ularni 
o`chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo`linadi. 
Fuqaro 
muhofazasi 
tuzilmalariga 
O`zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 
yoshgacha bo`lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko`rsatmasiga ega 


596 
bo`lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador 
ayollar, sakkiz yoshgа to`lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch 
yoshga to`lmagan bolalari bor, o`rta yoki oliy tibbiy ma`lumotli ayollar 
bundan mustasno. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling