Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarini hisobga olish va


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

5-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarini hisobga olish va 
identifikatsiyalash 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi 
maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli 
davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish 
ob`ektlarining davlat reestrida albatta hisobga olinadi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarini identifikatsiyalash O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu 
qonunning 4-moddasiga muvofiqamalga oshiriladi. 
6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga 
solish 
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat 
organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida 
ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish: 
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni; 
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarida qo`llaniladigan texnika 
qurilmalarini sertifikatlashtirishnи; 
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni; 
sanoat xavfsizligi ekspertizasini; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o`z ichiga oladi. 
7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari 
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ 
texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa 
majburiy talablar bo`lib, ularga rioya etilishi sanoaт xavfsizligini 


629 
ta`minlaydi. 
8-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini loyihalash, qurish va 
foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini kurish, kengaytirish, qayta qurish, 
texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga 
oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy 
xulosasi bo`lishi zarur. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, 
texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida 
loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo`l qo`yilmaydi. Xavfli ishlab 
chiqarish ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan 
qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini 
o`zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o`tkazilishi kerak. 
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish 
ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta 
jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda 
mualliflik nazoratini amalga oshiradi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini foydalanishga qabul qilib olish 
belgilangan tartibda o`tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini 
foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish 
ob`ektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab 
chiqarish ob`ektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish 
ob`ektida avariyaning kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning 
oqibatlarini tugatish bo`yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling