Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining transport pog’onasi. Transport tarmoqlarining ko’pprotokolli arxitekturasi transport pog’onasi


Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP, OSPF


Download 118.21 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi118.21 Kb.
#256809
1   2   3   4
Bog'liq
KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING TRANSPORT POG

Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP, OSPF,
IGRP, EIGRP, EGP, BGP.

Tarmoq satxining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir qator protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF (Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP (Enhanced IGRP), BGP (Border Gateway Protocol), RAP (Routing Access Protocol), RSVP (Resource Reservation Protocol) va b.q [1].


TCP/IP protokollar steki kanal satxida protokollarning katta soni va IP protokol paketlarini inkapsulyasiyalaydigan tarmoq texnologiyalari bilan o’zaro bog’lanadi.
Marshrutizatsiyalash usullari. Marshturizatsiyalash protokollari o’zida dinamik tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarini murakkab guruxini ifodalaydi. Marshrutizatsiya deb – jo’natuvchidan qabul qiluvchiga axborotni uzatishni optimal yo’lini qidirish masalasini echish tushuniladi. Bu masalani echuvchi qurilma marshrutizator (router) deyiladi. IP tarmoqlarda marshrutizatsiyalashni asosiy parametri IP –
protokoldagi adres xisoblanadi. Internet tarmog’i domenlar (domains) yoki o’zaro bog’langan o’zaro avtonom tizimlarni yig’indisi sifatida tashkil etilgan. Avtonom tizim yagona adminstrativ boshqarish va umumiy marshrutizatsiyalash strategiyasiga (policy routing) ega IP tarmoqdan iborat. Domenlar chegarasida ichki protokollar qo’llaniladi
(Interior Gateway Protocol, IGP), ular orasida tashqi marshrutizatsiyalash protokollari (Exterior Gateway Protocol, EGP) qo’llaniladi.

8.1-rasm. TCP/IP protokollar steki tuzilishi



RIP protokoli. RIP protokoli bu katta bo’lmagan domenlar uchun
mo’ljallangan ichki marshrutizatsiyalash protokoli. RIP protokolini birinchi versiyasi RFC 1058, ikkinchisi - RFC 1722 standartlashtirilgan. RIP axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolni qo’llaydi. RIP axboroti tarmoqni IP – adresidan va qadamlar sonidan (marshrutizatorlardan) iborat. Qadamlarning maksimal soni 15. RIPni bitta axborotida 25 ta tarmoqlar xaqida axborot bo’lishi mumkin. RIP ishlaydigan marshrutizator boshqa marshrutizatorlardan RIP axborotini
olib, boshqa tarmoqlarga yo’nalishlari yozilgan, o’zining marshrutizatsiyalash jadvalini yangilaydi va ular yordamida tarmoq bo’ylab paketlarni xarakatlanishini amalga oshiradi.
Protokolning kamchiligi:


  • xar doim eng samarali marshrutni tanlamaydi;







  • tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini (marshrutizatsiyalash jadvali) keng eshittirishli jo’natmalari qo’llaniladi;




  • marshrutizatsiyalash domenini o’lchash chegaralangan (15 o’tishlar);




  • tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni

farqlamaydi.


OSPF prtokoli RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 larda standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini ichki va tashqi marshrutizatsiyalash uchun qo’llaniladi. Bir nechta zonadan iborat avtonom tizimga xizmat ko’rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP
protokolidan etarli darajada samaralidir. OSPF ishlaydigan marshrutizator xizmat ko’rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali tarmoq grafasini taxlil etib, yo’nalishlarni optimallashtirish muammolarini echadi.
Metrikalarni asosiy parametrlari quyidagilar xisoblanadi: o’tkazish qobiliyati, ushlanib qolish, ishonchlilik, qo’shimcha parametrlarga – kanalni yuklanishi va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyalari o’zgarganda marshrutizator axborotlar bilan almashadi. RIPga qaraganda OSPF tez yo’nalish jadvalini qayta tuzadi.
OSPFni asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi:


  • tarmoq topologiyasi o’zgarganda qisqa axborotlarni guruxli uzatishni qo’llash. Bu tarmoqni samarasiz yuklanishini kamaytiradi;




  • o’tkazish qobiliyatiga bog’liq xolda axborotlarni parallel kanallar bo’yicha taqsimlashni ushlab turish. Bu butunlay tarmoq ishini yaxshilaydi.



Download 118.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling