Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining transport pog’onasi. Transport tarmoqlarining ko’pprotokolli arxitekturasi transport pog’onasi
Transport pog’onasi protokollari TCP, UDP, RTP
Download 118.21 Kb.
|
KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING TRANSPORT POG
Transport pog’onasi protokollari TCP, UDP, RTP
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli. IP tarmoqlarda transportlashni ishonchliligini oshirish uchun 1974 yilda datagrammani sifatli etkazishni ta’minlovchi transport pog’onasidagi TCP protokoli ishlab chiqilgan. TCP protokoli ulanish uchun mo’ljallangan, shuningdek TCP paketi segment deb ataladi. UDP (User Datagram Protocol) protokoli – Internet tarmoqlarida transport protokolini boshqa namunasini o’zida ifodalaydi. Shuningdek TCP protokoli singari, UDP protokoli datagrammani etkazishni ta’minlaydi. Biroq oxirgi nuqtalar orasida ulanish o’rnatilmagan rejimda ishlaydi. Sarlavxa va ma’lumotlar maydonidan iborat UDP protokolini paketi, UDP datagrammasi deyiladi. UDP protokoli datagrammani ishonchli etkazishga moil emas, uning vazifasiga ma’lumotlar uzatishni boshqarish va qabul qilishni tasdiqlash kirmaydi. Oxirgi bir necha yilda UDP protokoli Internet tarmoqlarida (Voice over IP, VoIP) so’zlashuvni uzatishda keng qo’llanilmoqda. RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli. RFC 1889 va RFC 1890 yozilgan real vaqt RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli, real vaqtda uzatiladigan ma’lumotlarni ikki tomonlama etkazish xizmatini ushlab turadi, masalan interaktiv audio va video trafiklarni. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyasini, paketlar ketma-ketligini raqamlash, vaqt belgisini qo’yish va etkazishni nazorat qilishni ta’minlaydi. Protokolda quyidagi funksiyalar ko’rib chiqilgan [11]: xatolikni aniqlash; axborotni ximoyalash; tarmoqda paketni kelish vaqtini nazorat qilish; kodlash sxemasini identifikatsiyalash; etkazishni nazorat qilish. RTP protokoli, RTP protokoli uchun boshqaruv axborotni davriy taqdim etuvchi RTCP (RTP Control Protocol) protokoli VoIP seansi ishtirokchilariga boshqarish paketlarini uzatishni ta’minlaydi. Protokolning asosiy vazifasi RTP protokoli bilan ushlab turiluvchi xizmat ko’rsatish sifati satxi xaqida ishtirokchilarni xabardor qiladi. RTCP protokoli uzatilgan va yo’qolgan paketlar soni, ushlanib qolish va djitter qiymati xaqida axborotni yig’adi. Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP stekini asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol paketlarni ishonchli uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko’pgina tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatishda o’tkazish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek tarmoq satxida quyidagilar qo’llaniladi: - ICMP (Internet Control Message Protocol) diagnostik protokol, xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar xaqida tarmoq bog’lamalariga axborot uzatadi; adreslar muammolarini echish protokollari: ARP (Address Resolution Protocol) tarmoq bog’lamasining fizik adresiga (MAC – stansiya adresi) IP adresni o’zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution Protocol) teskari funksiyani bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP adresni aniqlaydi. Download 118.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling