Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


Download 28.49 Kb.
bet8/19
Sana13.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1000883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Kurs ona tili o\'qitish

Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir.

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZISHGA O’RGATISHDA IMLOVIY BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH

2.1 Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish metodikasi.

STO` mashg`uloti quyidagi tartibda olib boriladi.

1. O`quvchilarga o`qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o`rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.

2. Tanlangan asarni o`qituvchining ifodali (ayrim o`rinlarini takrorlab) o`qib berishi.

3. O`quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqea va hodisalarni eslashlari.

4. O`quvchilarning kitobni ko`rib, undan o`qituvchi o`qib bergan asarni topishlari.

5.O`quvchilarga darsdan keyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.

O`quv yili davomidagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshlanish qismida esa hafta davomida o`tilgan darslarning o`quvchilar tomonidan bo`sh o`zlashtirilgan o`rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.

Sinfdan tashqari o`qishning birinchi soatida o`quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.


Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling