Klinik laboratoriya tashxisi


O’tkir leykozda suyak ko’migidagi o’zgarishlar


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

O’tkir leykozda suyak ko’migidagi o’zgarishlar: 
1. Suyak ko’migi blast transformasiyasi (blast hujayralar 30% dan ko’p); 
2. Qon yaratish mieloid, limfoid, eritroid o’siqlari susayishi; 
3. Megakariositlar keskin kamayishi. 
Sitoximik reaksiyalar. 
Qon sitoximik reaksiyalari o’tkir leykoz turini aniqlash maqsadida blast 
hujayralarning metabolik faol fermentlari va substratlari bilan rangli reaksiyaga 
asoslangan. Mieloperoksidaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, nospetsifik esteraza, 
glikogen va lipidlarni aniqlash katta diagnostik ahamiyatga ega. Sitoximik reaksiyalar 
blastlar identifikatsiyasi, hujayralarning yetilish darajasini va davolash taktikasini 
aniqlashga imkon beradi. 
11.7. Surunkali leykozlar laborator diagnostikasi. 
Mashg’ulot maqsadi: surunkali leykoz, surunkali miyeloleykoz, surunkali 
miyeloleykoz surunkali, akseleratsiya va terminal bosqichi sitologik diagnostikasi, 
surunkali miyeloleykoz sitologik diagnostik mezonlari, surunkali limfoleykoz, surunkali 
limfoleykoz surunkali va terminal bosqichi sitologik diagnostikasi bilan tanishtirish. 


145 
Surunkali leykoz qon yaratuvchi a’zolar o’sma kasalligi bo’lib, o’sma hujayralari 
yetilish hususiyatlarini saqlagan holda yyetilgan hujayralargachadifferensatsiyalanadi. 
Surunkali leykozlar orasida surunkali mieloleykoz va surunkali limfoleykoz eng ko’p 
uchraydi. 
Surunkali miyeloleykoz miyelopoez oldi hujayrasidan rivojlangan qon yaratish 
tizimi o’sma kasalligidir. Surunkali miyeloleykoz asosiy sitomorfologik substrati 
yetilayotgan va yyetilgan granulotsitlar - promiyelosit, miyelosit, metamielosit, 
tayoqcha yadroli va segment yadroli neytrofillar.
Surunkali miyeloleykoz asosan 30 - 60 yoshda uchraydi. Klinik kechishi 3 
bosqichdan iborat: 
1) surunkali (yaxshi sifatli); 
2) akseleratsiya bosqichi; 
3) terminal bosqich (poliklon, xavfli). 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling