"Kompyuter injiniring" kafedrasi at-servis yo’nalishi 21-06 gurh talabasi Karimov Abdullatifning


Elektr zanjiri va uning elementlari


Download 191.85 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi191.85 Kb.
#1584463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Karimov Abdullatif Sxema 1

Elektr zanjiri va uning elementlari
O’zaro bog’langan elektr energiya manbalari va iste‘molchilaridan iborat elektr toki oquvchi
yopiq zanjir elektr zanjiri deb ataladi. Umumiy holda elektr zanjiri energiya manbai (E) energiya iste‘molchilari (R) va o’lovchi simlardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari oraliq yordamchi qo’rilmalar xam mavjud (kalitlar, saqlagichlar va h.k.)
Zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalar, elektr zanjirining elementlari deb ataladi. Zanjirning elektr energiyasi hosil qiluvchi elementlari- manbalari, uni iste‘mol qiluvchi elementlar, iste‘molchilar deb ataladi. Uzatuvchi elementlar-zvenolar manba va iste‘molchilarni o’zaro bog’lab turadi. Ularga simlardan tashqari, o’lchash qurilmalari, o’zgartirgich qo’rilmalar (transformator, to’g’rilagich va h.k.) kiradi. Zanjir ulanganda berk kontur hosil bo’ladi va tok o’ta boshlaydi. Zanjirdan o’tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan t - vaqt birligi ichida o’tayotgan elektr zaryadlarining miqdori - q bilan aniqlanadi. Ya‘ni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proporsional kattalikdir. Agar zanjirdan o’tayotgan tokning yo’nalishi va qiymati vaqt davomida o’zgarmas bo’lsa, bunday tok o’zgarmas tok deyiladi va I harfi bilan belgilanadi (1.1-rasm, a)



t
Xalqaro birliklar tizimi (XBT) da elektr tokining o’lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O’tkazgichning ko’ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon (Kl) elektr zaryadlari o’tgandagi tok kuchi bir amper (A) ga teng bo’ladi
1amper 1kulQn .
1sekund
O’ zgarmas tok t vaqtda ko ’ chirgan zaryad:
q I t . (1.2)
Yo’nalishi va qiymati o’zgarib turuvchi toklar o’zgaruvchan toklar deyiladi. Tokning ko’rilayotgan momentdagi qiymati uning oniy qiymati deyiladi va i bilan belgilanadi



(13)

i _.
dq
dt
Tok 0 dan t vaqtgacha o’zgarganda


(14)
q = jidt
zaryadni ko’chiradi.
Tokning o’zgarish qonuniyati turlicha bo’lishi mumkin. Asosan davriy o’zgaruvchan toklardan foydalaniladi. Oniy qiymatlari bir xil vaqt oralig’ida takrorlanuvchi o’zgaruvchan toklar davriy o’zgaruvchan toklar deyiladi. Bu vaqt oralig’i davr deyiladi va T harfi bilan belgilanadi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota deyiladi va f bilan belgilanadi. Chastota gers (Gs) larda o’lchanadi

f
(1.5)
Agar davriy o’zgaruvchan tok garmonik qonun bilan o’zgarsa sinusoidal tok, garmonik bo’lmasa, nosinusoidal tok deyiladi, (1.1-rasm, b,v.).
Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari.
Elektr zanjirining har bir elementi elektr energiyasini iste‘mol qilib uni boshqa tur energ iyaga aylantirish, o’zining magnit va elektr maydonlarini hosil qilish, energiyani o’zida to’plab qayta zanjirga berish xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlarni xarakterlash uchun elementlarning parametri tushunchasi kiritiladi.


  1. Download 191.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling