Konveyer transportida otval xosil qilish


Ekskavatorlar tasnifi va texnologik tavsifi


Download 95.36 Kb.
bet16/23
Sana11.10.2023
Hajmi95.36 Kb.
#1698665
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari

8.1. Ekskavatorlar tasnifi va texnologik tavsifi.
Karyerlarda qazib yuklash ishlari, asosan, ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Kon massasini kavjoydan qazib olish, uni to‘kish joyiga eltish, cho'michni bo'shatish va kon massasini yana qazib olish uchun dastlabki holatga qaytish ishlarini bir cho‘michli ekskavatorlar birin-ketin bajaradi. Ushbu jarayonlarning yig‘indisi ekskavator siklini tashkil qiladi. Ko‘p cho‘michli ekskavator ushbu jarayonlami bir vaqtda parellel bajaradi. Shu sababli bir cho‘michli ekskavatorlar siklli ishlaydigan mashinalar, ko‘p cho'michli ekskavatorlar esa uzluksiz ishlaydigan mashinalar hisoblanadi.
Cho'michning strela bilan bogManish konstruksiyasi belgisiga ko‘ra cho‘michi strelaga qat’iy bog‘langan ekskavatorlar (to'g‘ri va teskari cho‘michli elektrik va gidravlik ekskavator) va cho‘michi strelaga (kanat) simarqon orqali bog'langan bir cho‘michli ekskavatorlar (draglayn, greyfer) turlariga bo‘linadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko'p cho‘michli ekskavatorlaming keng qo‘llanadigan xillari hisoblanadi (19-f,g rasm). Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming ishchi organi cho'michlar o‘matilgan uzluksiz zanjir bo‘lib, u yo‘naltimvchi rom bo‘ylab harakatlanadi. Romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlangan boiib, pastki qismi esa simarqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog‘lanadi.
Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga nisbatan yengil bo'lib, bir birlikdagi unumdorlikka to'g‘ri keladigan massaning 1 ,2 - 1 ,4 marta kam bo‘lishini ta’minlaydi va qirqish kuchi ham katta bo‘lib, 1800 N/sm ni tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, rotorli ekskavatorlami zichligi yuqori bo‘lgan kon jinslari va ko‘mirni qazib olishda qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming cho‘michi strelasiga qat’iy o‘rnatilganligi sababli ulaming qirqish kuchi yuqori (3500 N /sm gacha) bo'lib, ish organlarining mustahkamligi yuqori bo‘ladi. Bu ekskavatorlar turli tip va o'lchamlarda ishlab chiqariladi, ulaming cho'michining hajmi 0,25 m3 dan 35 m3 gacha va undan ham katta bo‘ladi.
Draglaynlar cho'michi strelasiga simarqon orqali osilganligi tufayli mexanik cho'michli ekskavatorlarga nisbatan qazib olingan kon massasini uzoq masofaga eltib berishni ta’minlaydi. Biroq ularning qirqish kuchi mexanik cho‘michli ekskavatorlaridan ancha kichik bo‘ladi.



Download 95.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling