Kurakli konveyr yigish


Korxona ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan normaga asosan maxsus kiyim, poyavzal va shaxsiy ximoya vositalari bilan ta'mirlanadi


Download 85.64 Kb.
bet6/9
Sana29.03.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1308588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shpargalka

Korxona ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan normaga asosan maxsus kiyim, poyavzal va shaxsiy ximoya vositalari bilan ta'mirlanadi.
Korxona rahbariyati yaroqsiz holga kelgan maxsus kiyimlarni o‘z muddatini o‘taguncha almashtirish yoki ta'mirlab berishlari shart. Almashtirish ma'muriyat tomonidan kasaba uyushma ishtorikida tuzilgan akt asosida amalga oshiriladi.
O‘tkir tig‘li instrumentlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotgan yoki tashilayotganda ularni maxsus jildlarga solib tashish lozim.
Yong‘inni oldini olish uchun olov yoqib mashinaning yoki uni qismilarini, moylarni va ishchi suyuqliklarni ochiq alanga bilan qizdirishga, isitishga ruxsat berilmaydi. Ishlab turgan mashina va mexanizmlar va karer-razrez pog‘ona (ustup)larida, elektr uzatish va liniyalari va kuchlanish ostida bo‘lgan kabellar yaqinida dam olish man etiladi.
Ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda ishlovchi ishchilar uchun yilning sovuq, yomg‘ir, shamol va qorli kunlarida isitish uchun maxsus xonalar bo‘lishi kerak. Ish joylari ishlash vaqtida kunning qorong‘i soatlarida, shuningdek, kuchli tuman vaqtida yetarlicha yoritilgan bo‘lishi kerak.
Agar ishchi ishlash joyida o‘zini shaxsiy xafvsizlik qoidalariga rioya qilmasa, ish joyining to‘la xavfsizligiga, ishonch (garantiya) berilmaydi. Ishchi o‘ziga berilgan ishga sinchkovlik bilan qarashi, beriladigan ogohlantiruvchi signallarni bilishi unga ishonib topshirilgan mashinani saqlab avaylab ishlatishi hamda maxsus kiyimlarni tejab ishlatishi kerak.Har bir ishchi joyini toza, bekam – kust saqlashi, shuningdek, mashina, mexanizm va ageregatlarga malakali tehnik xizmat ko‘rsata bilishi kerak. Odam, ekskavator, ag‘darma tashkil etuvchi va boshqa mashinalarning yo‘lini to‘sib qo‘ymasligi kerak.
Ishchi o‘z instrument va asboblarini ishdan oldin iflos va moylardan tozalab ishlatishi kerak. Katta bolg‘a, zubilolarda darz va singan joylari bo‘lmasligi kerak, aks holda ish jarayonida shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan instrumentlarining dastaklarini ishonchliligini sistematik ravishda tekshirib turish lozim.

Download 85.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling