Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi


II BOB. O’ZBEKISTONDA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLATSIYON TARGETLASH REJIMINI JORIY ETISHNING HOZIRGI HOLATI TAHLILI


Download 216.7 Kb.
bet6/16
Sana11.05.2023
Hajmi216.7 Kb.
#1453274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
mahmud kurs ishi makro

II BOB. O’ZBEKISTONDA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLATSIYON TARGETLASH REJIMINI JORIY ETISHNING HOZIRGI HOLATI TAHLILI
2.1-§. O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishning hozirgi holati tahlili
Har qanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamla-katlarning inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular inflatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va to‘lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.
Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozidan keyingi sharoitida inflatsiyaga qarshi chora tadbirlarni keskin amalga oshirish zarurati yanada kuchaydi.
Bugungi kunda inflatsiyaga qarshi kurash milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omiliga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlar baholari o‘sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan asosiy sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish,va h.k.lar inflatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.
Mamlakatimizda iste’mol narxlari indeksi asosida hisoblangan inflatsiya darajasi 2000 yilda 28,2 foizni, 2001 yilda 26,6 foizni, 2002 yilda 21,6 foizni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2003 yilda 3,8 foizni tashkil qilgan. 2002 yilga nisbatan 2003 yilda inflatsiya darajasining keskin pasayishiga makroiqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar hamda metodologiyadagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatgan. Makroiqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar: 2003 yildan boshlab davlat budjeti kamomadini qoplash uchun Markaziy bank tomonidan kreditlash to‘xtatildi hamda Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlarni berishga chek qo‘yildi. Natijada inflatsiyaning ikki yirik o‘chog‘i so‘ndirildi.

Download 216.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling