Kurs ishi Mavzu: Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala yechishga o’rgatish metodikasi. Toshmuradova Shohsanam bot 18/5


Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari


Download 15.84 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi15.84 Kb.
#1597137
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Mavzu Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala -hozir.org

2.2 Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari

2.2 Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari

O’quv topshiriqlari nazariyasida topshiriqlar tizimini tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bu muammo bo’yicha qator ilmiypedagogik izlanishlar mavjud. Biz bu yerda M.A.Zaynitdinova, O.Roziqov, F.B.Sushkova, I.E.Unt, M.A.Ushakova, L.M.Fridman, B.Haydarov, A.Hayitov, A.Eshmuratov kabi qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini nazarda tutyapmiz.

Bu ilmiy-pedagogik izlanishlarda o’quv topshiriqlari, ayni holatda ijodiy o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning turli nuqtai nazarlari tahlil qilingan: F.B.Sushkova grafik mazmunli topshiriqlar tizimini tayyorlashda rioya qilinadigan didaktik talablarni o’rgangan. Uning yozishicha, adabiyotlarda topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishning eng asosiy nuqtai nazarlaridan biri tabiiy (jonli) tilda bayon qilingan topshiriqlarni sun’iy tilga, masalan, graflar vositasida bayon qilishga kam ahamiyat berilgan, topshiriq mazmuni bo’yicha tuzilgan graflarni sharhlashni o’quvchilarga o’rgatish e’tibordan chetda qolgan. «Har qanday topshiriq o’ziga oid shart, savol, izlanadigan noma’lumdan iborat. Bular topshiriqning tarkibiy qismlari sanaladi. O’quv topshiriqlarining qurilishini o’rganish yo’li bilan ularning tizimini asoslash mumkin». F.B.Sushkova o’quv topshiriqlari tarkibini o’rganib, grafik mazmunli topshiriqlarning uch tipini ajratgan: 1) berilgan topshiriqning grafini tayyorlash; 2) tuzilgan grafni sharhlash; 3) sharhlangan graf asosida yangi graf tayyorlash. Shunday qilib, F.B.Sushkova o’quv topshirig’ining tarkibini o’rganib, ularning tizimini tayyorlash g’oyasini ilgari surgan.

2.3. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi

2.3. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi

To’rtinchi sinf matematika darsligi (mualliflar: N.U.Bikboyeva, K.M.Girfonova, E.Yangiboyeva) ni tahlil qilganimizda biluv topshiriqlarining salmog’i nihoyatta oz ekanini guvohi bo’ldik. Darslikda jami 1059 ta o’quv topshiriqlari bo’lib, shulardan biluv topshiriqlari 115 ni tashkil etadi. Bu 10,8% ni tashkil etadi. Bunday olib qaraganda darslikda o’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish, tenglama, ifoda, tengsizlik tuzishga oid, geometrik mazmundagi masala-topshiriqlar boshqa ko’rinishdagi biluv topshiriqlari ichida nisbatan darslikda ko’proq keltirilgan. Ammo nostandart yechim yo’liga ega bo’lgan topshiriqlar, muammoli masala topshiriqlar, shartida yetishmovchi va ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar salohiyati nihoyatda oz. Bunday ko’rinishdagi topshiriqlarda bitta yoki ikkita topiladi xolos. Ko’p yechimli masala topshiriqlar hali biluv topshiriqlarining bir ko’rinishidir. 4-sinf matematika darslarida ko’p yechimli masala topshiriqlarini bajarilishi o’quvchining tafakkurini o’stiradi,mantiqiy fikrlash, mustaqilligi o’sadi.


Download 15.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling