Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 1 Kurs loyihasi tarkibi 5


Peregonni stansiya bilan bog’lash sxemasi


Download 0.53 Mb.
bet7/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1108380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PHBT kursovoy opisaniya - копия

2.4 Peregonni stansiya bilan bog’lash sxemasi


ABni stansiya EM qurilmalari bog’lash sxemalari majmui tarkibiga quyidagilar kiradi:


1) stansiyadan uzoqlashish va unga yaqinlashish blok-uchastkalari holatini nazorat qilish vositalari, shu jumladan ularning DSPdagi indikatsiyasi;

2) kirish oldi RZni EM postidan kodlash (stansiyaga eng yaqin joylashgan yaqinlashish uchastkasi);


3) kirish oldi svetofori ko’rsatmalarini kirish svetofori signal ko’rsatmalari bilan bog’lash;


4) bir izli peregon uchun yo’nalishni almashtirishning to’rt simli sxemasi;


5) ikki izli peregonda peregon yo’llaridan biri bo’ylab poyezdlarning vaqtinchalik ikki tomonlama harakatini tashkillashtirishda yo’nalishni almashtirish va poyezdning noto’g’ri yo’ldan borishida uzoqlashish uchastkasi rel’s zanjirini kodlash (releli uchidan boshlab) sxemasi.


Stansiyada amalga oshiriladigan uzoqlashish blok-uchastkalar holatini nazorat qilish poyezdni jo’natishda chiqish svetofori ko’rsatmasini tanlash, bosh yo’l strelkali uchastkalariga ALSN kodlarini translyatsiya qilish va DSP boshqarish apparaturasida inlikatsiya chiroqlarini yoqish uchun zarur. RS uzoqlashish kodlarini rasshifrovka qilish uchun avtoblokirovka deshifratori DA ning BS va BK bloklari qo’llanib, ular RS impul’sli yo’l relesi bilan birga ETS postida joylashtiriladilar [2,3,6]. Stansiyaga yaqinlashish uchastkalari holatini nazorat qilish DSP boshqarish pul’tidagi indikatsiya chiroqlarini yoqish maqsadida amalga oshiriladi [2,3,6].


Kirish oldi va kirish svetoforlari ko’rsatmalari RZ bo’ylab uzatiladigan kodli signallar vositasida va ZS, OZS liniya zanjirini tashkillashtirish yo’li bilan o’zaro bog’lanadi.


Peregondagi yaqinlashish uchastkasi RZ ni kodlash (ta’minlash) stansiyadagi uzluksiz RZni izolyatsiyalovchi uloqlar qisqa tutashganida u bilan qo’shni peregon RZni ta’siridan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday himoya izolyatsiyalovchi uloqlardagi bir zumlik qutbliliklar kuchlanishlari ketma-ketligiga rioya qilish orqali erishiladi. Stansiya RSsini uzoqlashish uchastkasi peregoni RSsidan stansiya RS sida ta’minlovchi (yo’l) transformatorini o’rnatish hisobiga himoya qilinadi. Peregon rels zanjirlari stansiyaning uzluksiz ta’minotidan bunday hollarda o’z ta’minotining impulsli (kodli) ko’rinishi bilan himoya qilinib, RZ yaqinlashish (uzoqlashish) uchastkalarini kodlash uchun EM postida alohida transmitterlar va transmitterli relelar o’rnatiladi.


Yo’nalishni almashtirish sxemasi peregonning istalgan yo’li bo’yicha poyezdlar harakatini tashkillashtirish uchun to’rt simli va umumiy qilib ko’zda tutiladi. Yo’nalishni o’zgartirishning namunaviy sxemalari bilan № 3,6 adabiyotlarda tanishish mumkin. Berilgan bo’g’iz uchun yo’nalishni almashtirish sxemasini keltirish lozim. AB ni EM bilan bog’lash sxemalari kurs loyihasida berilgan stansiya sharoitlariga mos kelishi shart.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling