Kurs ishining mazmuni


Moddiy oqimlarni tashishda tara va upakovkalarni tanlash


Download 0.82 Mb.
bet6/12
Sana22.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1381042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BEKMURODOV OG\'ABEK

5.Moddiy oqimlarni tashishda tara va upakovkalarni tanlash
Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustahkam, ko’p marotaba foydalanishga mo’ljallangan va iloji boricha arzon materiallardan yasalgan bo’lishlari zarur. Ba‘zi bir taralangan yuklar zaifligi (mo’rtligi) yoki boshqa bir xususiyatlariga ko’ra ular qo‗shimcha, ishonchliroq tara (supertara)- lashni talab qiladilar. Masalan, sut mahsulotlari yoki shisha qadaxli mineral suvlar tashishda shisha qadaxlarini maxsus reshyotka (plassmassa)larga joylashtiriladi, butilkadagi kislotalar daraxt shoxlaridan to’qilgan maxsus savatlarda tashiladi. Taralar gabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk og‗irlik miqdoriga hamda ishlatiluvchi materiallariga ko’ra o’z standart (andoza)lariga egadirlar. Taralarni standartlash tovar oborotini yaxshilash bilan birga barcha transportlarda ham transport vositasi kuzovi yoki platformasi sig’dirishi (yuk sig’dirish va ko’tarish qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish mexanizmalari, konteyner va tagliklardan foydalanish imkonini beradi. Aksariyat hollarda ishlatiluvchi taralar: yashik, qoplar (ipchiq, tolali, qog’ozkraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, polietapilen (mineral o’g’itlar uchun), metall va yog’ochli bochkalar va boshqalar. 

Misol uchun SABZI mahsuloti
Sabzi ikki yillik o’simlik bo’lib, uning tiniv davri karam singari uncha uzoqqa Cho’zilmaydi. Ammo majburiy tinim davri o’simliklarda g’oyat muhim rivojlanish jarayonlarini tugallash uchun zarurdir. Agar kuzda ildizmevalarning yuqori haroratda o’sib ketishi vegetativ xarakterga ega bo’lsa, bahorda, muayyan saqlanish vaqti o’tgach o’simtalar, ya‘ni bo’lg’usi urug’ novdalarining boshlang’ichlari hosil bo’ladi. Shu tariqa, biologik tinim davrida ildizmevalarning kurtaklari o’sib, hosil novdalarini rivojlantirishga tayyorlanadi. Yig’ishtirish, hosil yetilish hamda uni saqlash vaqtida kurtaklarning tabaqalanish sur‘ati bilan ildizmevalarning saqlanuvchanligi o’rtasida murakkab bog’lanish ko’riladi. Sabzining yetilish darajasini uning tarkibidagi saxarozaning monosaxarozalarga bo’lgan nisbatiga qarab belgilash mumkin. Bu nisbat birdan yuqori bo’lsa (polimer oddiy qand moddasidan ustun tursa) sabzi yaxshi yetiladi va uzoq saqlanadi. Bordiyu, saxarozaning monosaxarozaga nisbati birdan kam bo’lsa (oddiy qand moddasi ko’paysa) sabzi to’liq yetilmaydi va saqlanish xususiyati ham susayadi. Yetilgan ildizmevalarda quruq modda va karotin ham yaxshi yetilmaganlariga nisbatan oz bo’ladi. Shuni qayd etish qiziqarliki, yetilmagan ildizmevalarda kurtaklarning tabaqalanishi tezroq tugallanadi, moddalar ertaroq sarflanadi, chidamlilik yo’qoladi va saqlanish vaqtida vazni ko’proq kamayadi .





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling