Yopiq vagonlarda va konteynerlarda xavfli yuklarni tashishning umumiy shartlari


Download 24.91 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi24.91 Kb.
#1733120
Bog'liq
2-Mavzu. Tovar yuk


2-Mavzu: Xavfli yuklarni tashish qoidasi
Reja:

  1. Yopiq vagonlarda va konteynerlarda xavfli yuklarni tashishning umumiy shartlari.

  2. Xavfli yuklarning alohida sinflarini tashishning maxsus shartlari.


1. Tara, qoplash va belgilash. Havfli yuklar yuk jo‘natuvchi tomonidan tashishga DAST 26319-84 “Грузы опасные. Упаковка” va berilgan yukning texnik shartlar, yoki standartlar bilan ko‘rsatilgan tara va qoplamalarda taqdim etilishi kerak.
Tara va qoplama chidamli, yukning to‘qilib ketishi yoki sochilib ketishiga umuman yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak va yukning yaxshi saqlanishi va tashishni havfsizligini ta’minlashi kerak. Tara va qoplama tayyorlangan material yuk tarkibiga ko‘ra inert bo‘lishi kerak.
Oson yonuvchan, zaharli, o‘tkir hidli, zanglaydigan gazlar va uchuvchan, quriganda portlovchi bo‘lib qoladigan yoki havo va namlik bilan havfli ta’sir ko‘rsatadigan, shuningdek, yemiruvchi xossalarga ega bo‘lgan havfli yuklar germetik ravishda qoplanishi kerak.
Konteynerlarda tashish uchun ruxsat etilgan havfli yuklar huddi yopiq vagonlarda tashiladigan qilib yuklanishi kerak.
Havfli yukli joylarga “Правила перевозок грузов” DAST 14192-77 ”Маркировка грузов” ga muvofiq transport belgilash kiritilishi kerak.
Belgilash kiritishdan tashqari har bir yukli joyga jo‘natuvchi yukning havflilik sinfi va darajasini va quyidagilarni bildiruvchi belgilash kiritishi kerak:

  • DAST 19433-88 va Alfavitli ko‘rsatkichga muvofiq havflilik belgisi;

  • Alfavitli ko‘rsatkichga ko‘ra yukning nomlanishi (bir yukli joyda bir necha xil yuklar bo‘lsa, har bir yuk alohida nomlanadi);

  • tasnifli shifr;

  • OON raqami;

  • Havflilik belgilari quyidagilarga bo‘linadi:

  • yukka tegishli havflilikning asosiy, harakterlovchi, sinf (sinfcha) ga to‘g‘ri keladiga sinfi, qo‘shimcha havflilikning qo‘shimcha, harakterlovchi sinfi.

Tara, qoplovchi komplektlar ma’lum havfli yukning standart talablari va texnik shartlariga rioya qilishi kerak.
2. Alohida sinfdagi yuklar o‘z hususiyatlari bo‘yicha mahsus tashish sharoitlarini talab qiladi. Ular bir necha sinflarga bo‘lingan.
1-sinfga portlovchi moddalar kirib,ularga portlatuvchi vosita va qurilmalar va o‘z xususiyatlari bilan shu portlovchilar toifasiga kiruvchi moddalar kiradi. Bunday moddalar mahsus qoidalar asosida tashiladi .
2- sinfga bosim ostidagi gazlar, suyultirilgan, suvda eritilgan gazlar bosim ostida ishlaydigan ballon va boshqa idishlar kiritilgan. Ularni tashish va foydalanishda xavfsizlik qoidalari talablariga javob berish kerak. Qisilgan va yonuvchan gaz ballonlarini tashishda, ballon va ventillar to‘la soz holda va ballonlar mahsus rangda bo‘lishi zarur.
Ballonlarda jo‘natuvchi tomonidan saqlanuvchi plombalangan-qopqoq, ikkita 25 mm dan kam bo‘lmagan rezinali himoya halqa, havfli yukni bildiruvchi belgi, aniq rangli yo‘l-yo‘l belgi va yozuvlar bo‘lishi shart. Yuk yo‘llanmasida yuk nomini ko‘rsatishda, jo‘natuvchi « ballonlar ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq emas» belgisini yozish kerak.
Gazli ballonlar bir chekkadan, saqlanuvchi qopqoqlari bilan tika holda yuklaniladi. Ba’zi hollarda ballonlarni himoya uzuklarisiz, lekin ballonlar uchun ajratib sinfuvchi uychali taxta yordamida yuklashga ruxsmat etiladi. Ajratib sinfuvchi ashyo sifatida somon, xashak va tez o‘t oluvchi ashyolardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Ballonlarni tik holda yuklash, vagonlar to‘laligicha yuklanadigan sharoitda va himoya uzuklari bor bo‘lganda ruxsat etiladi.
Tez o‘t oluvchi gzli ballonlar vagon temirlariga tegmaydigan va ballonlar bir-biri bilan urulib ketmaydigan etib qo‘yilishi kerak.
3-sinf tez yonuvchan suyuq moddalar, o‘zidan bug‘ chiqarishi bilan va kichik cho‘g‘ (ochiq olov, elektrorazryad) dan o‘t olishi bilan xavfli hisoblanadi va havo bilan birga portlovchi qo‘shilma ham yaratishi mumkin. Bu suyuqliklar bug‘lari norkotik xususiyatiga ega. Ko‘pgina suyuqliklar va ulardan ajraluvchi bug‘lar katta taksinal(zaharli) bo‘ladi.
Tavsifi va xavflilik darajasiga qarab ular 3-sinfga, uch kichik sinfga bo‘linadi: yonuvchan o‘ta xavfli suyuqlik (metanol, uglerodli oltingugurt, benzol, atseiton va boshqalar); doimo xavfli yonuvchan suyuqliklar (xlorli benzol, ishlab chiqarishda foydalaniladigan benzin, etil spirt iva boshqalar); yuqori darajada yonuvchan xavfli yonuvchan suyuqliklar (kerosin, ligroin, alif, erituvchi (rastvortiel va boshqalar).
3 sinfdagi-barcha moddalar xavfliligi darajasiga qarab, guruhlarga bo‘linadi.
Tez yonuvchan suyuqliklar germetik qadoqlangan idishlarda tashiladi. SHisha idishda tashiladigan suyuqliklar yonmaydigan qopqoqda va taxta idishlarga qimirlamaydigan holda jo‘natishga tayyorlaniladi.
Toza Kimyo metanoli ikki qavatli tashish uchun doimiy jihozlangan, sariq rangda bo‘yalgan maxsus ajratilgan vagonda tashiladi.
Yuklashdan avval vagon poliga 100mm dan kam bo‘lmagan holda qum to‘qiladi. Bu vagonlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK harbiy qo‘riqlash xizmati qo‘riqlab boradi.
Lyuminal bo‘shagan idishlar, yuk jo‘natuvchi qabul qiluvchining maxsus vagonlarida mutaxassislar brigadasi va uning kattasi kuzatuvi yordamida tashiladi. Kuzatuvchisiz tashilayotgan vagonlar aniqlangan holarda yuk jo‘natuvchi (qabul qiluvchi) kelgunga qadar, harbiylashgan soqchilar yordamida ushlanib sinfiladi. Bu haqda bekat boshlig‘i yuk jo‘natuvchiga habar beradi, u esa ushlab sinfilgan bo‘limga o‘zining vaqilini jo‘natishi shart.
4 sinf-tez yonuvchan modda va material ashyolarga tashilayotganda, ichki manbalari yordamida tez yonuvchan, suv va havo namligi bilan to‘qnashganda kimyoviy reaksiya va isish jarayonida tez yonuvchan modda va ashyolar kiradi.
Bu sinfdagi ashyolar uchta kichik sinflarga bo‘linadi: tez yonuvchan qattiq moddalar qizil (fosfor, gugurt, paxta, fotoplyonka, somon va boshqalar); o‘z o‘zidan yonuvchi moddalar (sariq fosfor, magnit kukuni, o‘tin ko‘miri, moylangan matov va boshqalar); suv bilan birlashganda tez yonuvchan gazlarni chiqaruvchi moddalar (kalsiy karbidi, alyuminiy, metall bariy va boshqalar).
4 sinf-moddalari o‘zining xavflilik darajasi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Qattiq moddalarning xavfli xususiyati- qizimasdan qizishmasdan ham, kichik energiya yonishidan ham yonishi hisoblanadi.
1 guruh yuklari (qizigan vaqtda portlovchi kukun moddalar) va 3 guruh (nam havoda yonuvchan va ishqalanishga ta’sirchan yuqori toksikali moddalar) faqat germetik qadoqlangan holda tashishga ruxsat beriladi.
Kinolentalar, kino va fotoplyonkalar qopqog‘i zich yopiladigan oq temir qutiga joylaniladi. Temir qutilar esa, plombalanadigan qopqoqli temir yashikka joylanadi.
Presslangan hashak va somonlar, ochiq harakat tarkibida, issiq kunlarda brezent, fanera bilan, yoki o‘t cho‘g‘i tushmasligini ta’minlovchi boshqa ashyolar bilan yopilgan holda tashishga ruxsat beriladi.
O‘z o‘zidan yonuvchan moddalarning asosiy xavfi biologik yoki kimyoviy jarayonda ajralib chiqadigan issiqlik va zarb, yoki ishqalanish yordamida yonuvchanligi hisoblanadi. Ba’zi bir moddalarning yonuvchanlik xususiyati nam havo bilan qo‘shilganda va namligi ortganda yanada ortadi. Bu xildagi yuklar guruhiga qarab germetik qadoqlangan yoki effektiv qadoqlangan idishlarda tashiladi.
Sariq fosfor (undan bo‘shagan idish) oldindan tayyorlangan suv yoki muzlamaydigan xlorli kalsiy qorishmasi bilan to‘ldirilgan, (banka va bochkalarga) sariq rangga bo‘yalgan temir bochka yoki bankalarda maxsus ajratilgan vagonlarda tashiladi. Bankalar germetik qadoqlangan va plombalangan, bochkalar esa payvandlangan va qopqoqli taxta yashiklarga joylangan bo‘lishi kerak. Bankalar yopqichlari yuqoriga qaragan holda joylanadi.
Suv bilan qo‘shilganda tez yonuvchan gazlar ajratuvchi xavfli moddalar, ko‘p hollarda gazlarni tez o‘t olishiga olib keluvchi issiqlik va tez yonuvchan gazlar ajratishi bilan ajralib sinfadi. Bunday yuklar germetik idishlarda, universal konteyner va alohida vagonlarda tashiladi.
5 sinf-yonishga ko‘maklashuvchi va yong‘innni tezlashtiruvchi yoki boshqa moddani yonishiga yordam beruvchi kislorod ajratadigan organik qorishma oksidlangan moddalar. Bu sinfdagi yuklar ikki kichik sinflarga bo‘linadi: oksidlangan moddalar (marganetsoksidli bariy, ammiakli selitra, bariy qorishmasi, xlorli qorishma va boshqalar); organik qorishma (benzoil qorishmasi, dikumil qorishmasi va boshqalar).
5 sinf moddalar xavflilik darajasiga qarab guruhlarga ajraladi.
Oksidlovchi moddalarning asosiy xavfi- ayniqsa, quruq holdagi ashyolar (qipiq, somon, o‘tlar, metall kukuni va boshqalar) bilan qo‘shilganda tez yonuvchan aralashma hosil qilishi hisoblanadi.
Oksidlovchi moddalarni tashuvchi vagonlar, mineral va o‘simlik moyi yuqlari va changlari qoldig‘idan tozalangan bo‘lishi kerak.
Organik qorishmalar ko‘p hollarda yonuvchan, portlash bilan o‘zidan ajraladigan organik modda sifatida harakat qiladi. Ko‘zga sachrasa davolanmaydigan zarar etkazadi, teriga sachrasa kuydiradi. Bu sinfdagi yuklar maxsus izotermik, alohida-alohida yuk jo‘natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning vagonlarida tashiladi.
6 sinf-extiyotkorlik bilan muloqat qilinmasa odam va hayvonlarni kasallantirishi va o‘limga olib keluvchi zaharli (toksichniy) moddalardir. Suyuq, ayniqsa engil tarqaluvchilari ulardan chiquvchi bug‘larni nafas olganda katta xavf tug‘diradi. 6 sinfga kiruvchi barcha moddalr nafas olganda xavfli va ularni ko‘pchiligi teriga tushganda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
6 sinfga kiruvchi yuklar ikki kichik sinflarga ajratiladi: uchuvchi zaharli moddalar (amidol, metall simob, xloroform, formalin va boshqalar); uchmaydigan zaharli moddalar (mishyakli angidrid, metali mishyak, xlorli bariy, dust va boshqalar).
Zaharliligi bilan va qo‘shimcha zararli xususiyatlari bilan birgalikda 6 -sinf yuklari guruhlarga bo‘linadi: (birinchi kichik sinf -6 guruhga, ikinchi kichik sinf-13 guruh).
Jo‘natiladigan ko‘pchilik zararli moddalar maxsus ajratilgan vagonlarda germetik idishlarda topshiriladi.
Suyuq etil, atsetonsiongidrin, amidol va mishyakli angidrin-kuchli zahar hisoblanadi, ayniqsa zaharlanganligi darhol sezilmasligi bilan ajralib sinfadi. Bu sinfdagi yuklar va bo‘shagan vagonlar maxsus yopiq ajratilgan vagonlarda jo‘natiladi.
Suyuq etil va mishyakli angidrin yuk jo‘natuvchi (qabul qiluvchi) kuzatuvchisi yordamida kuzatib boriladi.
Amidol (va undan bo‘shagan idish) yuk jo‘natuvchi (qabul qiluvchi) ning maxsus vagonlarida, azotli to‘shamada joylashgan germetik idishda mutaxassislar guruhi tomonidan kuzatib boriladi.
7 sinf-radioaktiv va infeksiyali moddalar, birinchisi o‘zidan-o‘zi 0, 002 mkkyuri|g nisbiy faollik bilan sezilarli radiatsiya tarqatadi, ikkinchisi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlardan iboratdir.
Radiaktiv moddalar uch kichik sinflarga bo‘linadi: radiaktiv moddalar (izotoplar)-aktiniy -227, kobalьt-458, stronsiy-92 va boshqalar; kichik aktivli moddalar va o‘zaro kelishib tashiladigan moddalar.
Temir yo‘l transportida radioaktiv moddalarni tashish qoidalarining 1 qo‘shimchasida ko‘rsatilgan aktivlik ko‘rsatkichidan, radioaktivlik ko‘rsatkichi jamlanmasi yuqori bo‘lganda maxsus transport qadoqlash majmuida amalga oshiriladi.
Transport qadoqlash to‘plami-bu yuk tashishda radioaktiv moddalarni saqlanishi vaa xavfsizlik choralari talablariga amal qiluvchi kompleks choralaridir.
Radioaktiv moddalarga ega transport qadoqlash majmui, radiatsion qadoqlash deb ataladi. Radiatsion qadoqlangan yuklarni tashish talablari, ularning transport indeksi orqali aniqlanadi.
Transport qadoqlash majmui (jamlanmasi) ikki xilga bo‘linadi;
A-majmui, normal yuk tashish sharoitlarida ionli kuchlanishni oldini olish va germetik tizimni butunligini saqlashni, shu bilan birga temperasinfa ta’sirisiz (ag‘anash, qo‘shni yukni tegib ketishi, siqilish, to‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi) kichik avariyalarni oldini olishni ta’minlaydi.
V-kichik va ahamiyatga ega avariya holatlariga, mexanik chidamli va issiqqa bardosh beruvchi yig‘ma.
Qadoqlangan yig‘maning ustki qismiga quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatilishi zarur: xavfli radiatsiya belgisi, qadoqlangan yig‘ma xili (A yoki V), zavod tartib raqami, ishlab chiqarilgan oy iva yili, og‘irligi «YUqoriga», standartlashning navbatdagi o‘tkazilganligi sanasi.
Og‘irligi 10 kgdan oshiq qadoqlangan yig‘malar ortish va tushirishda qiynalmaslik uchun ko‘targich yoki boshqa moslama o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. 25 kgdan ortiq yuklar ko‘tarish-tushirish uskunalari yordamida ko‘tarish va ko‘chirish ishlarini amalga oshirish uchun moslamalarga ega bo‘lishi shart. YUk ko‘tarish uskunalari, qadoqlangan yig‘ma og‘irligidan 6 barobar katta yukni ko‘tarishga mos bo‘lishi zarur.
Yukni ehtiyotlovchi konteyner va qo‘riqlash idishlari jo‘natuvchi tomonidan plombalanadi.
Ustki qismda ruxsat etilgan nurlanish dozasi va ustki qismdan 1 m uzoqlikdagi radiotsion qadoqlash to‘rt transport toifaga bo‘linadi -I, II, III, IV. Eng xavfli bu 4 toifa, uning uchun barsa idish ustki qismi ionli dozaga teng ruxsat etilgan nurlanish 10,0 mzv/s ga, radiatsiya transport indeksi 50 teng bo‘lishi kerak.
Radiatsiyali yukni jo‘natish oldidan yuk jo‘natuvchi har bir qadoqlangan yukni nurlanish dozasining ekvivalent quvvatini o‘lchashi zarur.
O‘lchov natijalari qadoqlangan idishning ustki ikki qarama-qarshi tomoniga transport toifasi belgisiga yoziladi. Radiatsion yuklar alohida vagonda, kichik tonnajli va kichik bo‘lak holda ochiq vagonlarda, transport universal konteynerlarda va yuk bagajlarida tashiladi.
IV-transport kategoriyasi va transport indeksi yig‘indisi 50dan katta ko‘rsatkichli radiatsion qadoqlangan yuklar tashish- kichik va engil tonnajli konteynerda, yuk bagajida va halqaro to‘g‘ri yo‘nalishlarda ta’qiqlanadi. YUk tashish uchun qisqa yashovchi nuklidlar(parchalanish davri 15 sutkadan oz), radiatsion qadoqlangan va ma’lum haroratni talab qiluvchi yuklarni yuk tashish poezdlarida tashish ta’qiqlanadi.
Yig‘ma vagonlarda, boshqa yuklar bilan birgalikda I-toifali transport qadoqlangan yuklar chegaralanmagan holda, II va IV–toifali yuklar yig‘ma indeksi 50 oshmaguncha tashish ruxsat beriladi.
Radiatsion qadoqli qabul qilinganda, temir yo‘llar dozimetr tekshiruvini o‘tkazishga haqli. Yo‘l yo‘llanmasining «Yuk nomini bo‘lagiga jo‘natuvchi» radiaktiv modda, nomi transport qadoq kategoriyasi, transport indeksi va moddaning bakkerelga (kyuri) ga aktivligini ko‘rsatishi kerak. Bu barcha ma’lumotlarning tagiga qizil ruchkada chiziladi yoki qizil rangli siyohda yoziladi.
Yo‘llanmaning yuqori qismida «radioaktiv» shtamp qizil rangda yoki boshqa ko‘rsatmada ko‘zda tutilgan boshqa shtamplar qo‘yiladi.
IV-transport kategoriyali qadoqLash yuk egasi tomonidan yuklash tushirish ishlari amalga oshiriladi. Radioaktiv moddalarning jo‘natilishi bilan, yuk jo‘natuvchsi, uning nomi, o‘rinlar soni, og‘irligi, jo‘natish kuni, jo‘natish raqami va vagon raqami (konteyner) haqida telegraf orqali qabul qiluvchiga xabar berishi kerak.
Yuk qabul qiluvchi uning manziliga yuborilgan radiatsion qadoqlarning kelishini kuzatishi zarur. Yuk tushirilgandan so‘ng yuk qabul qiluvchi vagonlarni radiaktiv moddalar tomonidan tushuvchi qoldiqlarning borligini radiometrik tekshiruvdan o‘tkazadi va ifloslanish darajasi qoidalari tomonidan belgilgan ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa dezaktivlashtirishni amalga oshirida.
8 sinf-ishqoriy va zanglovchi moddalar teriga, ko‘z shilliq qatlami va nafas olish yo‘llariga zarar etkazishi va transport vositalarini emirilishga olib kelishi mumkin.
Bu xildagi moddalar 3 sinfga bo‘linadi: kislota xususiyatiga ega moddalar (azot, xlor, uksus, so‘lyana va boshqalar) asosiy xususiyatga ega moddalar: (natriy ishqori, suv ammiaki, nashatil spirti, shepochli elektrolit va boshqalar: har hil ishqorli va zanglovchi moddadar (brom, xlorli oltingugurt va boshqalar).
8 sinf sinf moddalar o‘zini xavfli darajasi va o‘rnini bosuvchanligi bilan guruhlarga bo‘linadi. Ishqorli va zanglovchi moddalar asosan germetik qadoqlangan holda alohida vagonlarda tashiladi.
9 sinf- o‘zining xususiyatlari bilan oldingi sinflarga kirmagan, lekin tashishda ehtiyot choralariga rioya qilshi zarur bo‘lgan xavfli moddalar. O‘zining fizik holati va xavflilik harakteriga qarab 9 sinf moddalari kichik sinf va guruhlarga bo‘linadi. Kichik transport xavfsizlik darajali- xavfli moddalar, ma’lum sharoitlarda yong‘inga olib kelishi (atrof-muhit harorati oshishi. Ular po‘lat, alyumin va boshqa metallalarni zanglatadi, nam terini kuydiradi, yong‘ingsha tushsa zaharli gazlar tarqatadi va boshqalar).
Tez yonuvchan yuklarni tashishda talab qilinadigan qoidalarga qat’ian rioya qilinishi zarur: matolar, trikotaj mahsulotlari, shoh-shabba, paxta somon torf va boshqalar, chunki bu xildagi yuklarning yonishi barcha qimmtbaho yukning yonib tugashi va tem. Yo‘llarni ko‘p vaqtga harakatini to‘xtatib qo‘yadi.
Bu xildagi yuklar va yonuvchan ashyolar (matolar va boshqalar) vagonni va konteynerlar tashish oldidan taxtalar orasidagi ochiq joylar va yoriq yerlar yopilishi lyuk yoki devori kraft-qog‘oz, asbest karton bilan yopilishi kerak. Yopilish ishlari xavfli yuklarni tashish qoidalarida berilgan.
Fanera yoki karton idishda qadoqlangan yonuvchan yuklar ochiq va yopiq vagon yoki konteyner pardada tashish ruxsat etiladi. Ochiq harakatlanuvchi tarkibga yuk ortilgandan so‘ng, yuk jo‘natuvchi brezent, shitlar bilan o‘t tushishini oldini olishi zarur. Frezerlangan torf yuklanganda, uning ustki qismiga cho‘g‘lar tushishi va yukni yo‘qolishini oldini olish uchun saqlovchi plyonkalar yopiladi. YOpiq vagonlardla tashilganda ochiq va yoriq joylar ta’mirlanishi kerak.
Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling