Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 70 library.ziyonet.uz/ XII Oʻsha yilning kuzida Tanaboy Bakasovning taqdiri birdaniga oʻzgarib ketdi. U dovonning narigi tomonidan qaytib kelib, yilqilar togʻ oraligʻidagi qishlovga joʻnab ketish uchun yonbagʻirdagi kuzgi yaylovlarga qoʻndi. Xuddi shu kunlari kolxozdan chopar keldi. – Choro yubordi meni, – dedi u Tanaboyga. – Ertaga ovulga kelsin, deb aytdi, u yerdan tumanga kengashga borarkansizlar. Ertasiga Tanaboy kolxoz idorasiga keldi. Choro shu yerda, partorg xonasida edi. Garchand lablarining gezargani va oʻzining ozgʻinligidan hali kasallik undan arimaganligi bilinib tursa ham, u koʻklamdagidan ancha sogʻlom koʻrinardi. U oʻzini tetik tutar, ishga boshi bilan shoʻngʻib ketgan edi, xalq atrofini oʻrab olgandi. Tanaboy doʻstini koʻrib quvonib ketdi. Demak, sogʻayib ketibdi, yana ishga tushibdi. Ular ikkalasi yolgʻiz qolishganda Choro Tanaboyga qaradi. Qotib ketgan ozgʻin yuzini kafti bilan ishqab: – Sen, Tanaboy, qarimayapsan, hamon avvalgidaysan? Qachondan beri koʻrishmadik, koʻklamdan berimi? Qimiz va togʻ havosi zoʻr narsada... Men boʻlsam, mana, oz-ozdan soʻlib boryapman. Payti kelganga oʻxshaydi... – Choro bir oz jimib, ish haqida soʻz boshladi: – Gap bunday, Tanaboy. Bilaman, bezbetga qoshiq bersang, u bir marta oʻrniga besh marta osh oladi, deysan. Tagʻin sening aytganing kelyapti. Ertaga chorvadorlar kengashiga boramiz. Chorvachilikning ahvoli chatoq, ayniqsa qoʻychilikning, ayniqsa bizning kolxozda qoʻychilikning ahvoli chatoq. Ish pachava. Raykom: kommunist va komsomollar qoloq uchastkalarga, otarlarga degan chaqiriq bilan murojaat qildi. Yordam ber! Huv oʻsha paytda yilqilar masalasida yordam berganding, rahmat, endi yana koʻmaklashib yubor. Otarlarni ol: choʻponlikka oʻt. – Juda ham shoshqaloqsan-da, Choro. – Tanaboy jimib qoldi. – Otlarga oʻrganib qoldim, – oʻyladi u. – Qoʻylarnp boqish zerikarli ish! Oqibati qanday boʻlarkin? – Seni zoʻrlamayman, Tanaboy, – dedi tagʻin Choro. – Lekin iloj qancha – partiyaviy topshiriq. Achchigʻing kelmasin. Bir vaqti kelib doʻstlarcha esimga solarsan, hammasiga birdan javob beraman!.. – Ha, vaqti kelganda esingga solib qoʻyaman, oʻzing ham xursand boʻlmaysan! – dedi kulib Tanaboy, Choroga hammasini eslatishga toʻgʻri keladigan vaqt uncha uzoq emasligini sezmay. – Otar masalasida esa oʻylab koʻrish kerak, xotinim bilan gaplashib koʻray. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling