Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa) Chingiz Aytmatov 1 library.ziyonet.uz/ A LVIDO , EY G ULSARI ( QISSA ) Chingiz Aytmatov I Eski aravani keksa bir kishi haydab borardi. Saman yoʻrgʻa – Gulsari ham juda qari edi... Yassi togʻlikka tinkani quritadigan uzoq yoʻl bilan chiqilardi. Yaydoq Kulrang tepaliklarda qishda doim sovuq shamol yer yalab izgʻib yurar, yozda esa tandirday qizib ketar edi. Bu tepaliklar Tanaboy uchun jon azobi edi. U aravani sekin haydashni istamasdi. Sekin yursa yuragi tars yorilib ketay derdi. Yoshlik kezlari tuman markaziga tez-tez qatnab turishga toʻgʻri kelar, uyga qaytishida u har gal otning boshini qoʻyib yuborib, toqqa choptirib chiqib ketar, uni qamchi bilan ayovsiz savalardi. Agarda hamrohlari bilan bir aravada ketayotgan boʻlsa, buning ustiga yana aravaga hoʻkizlar qoʻshilgan boʻlsa bormi, yerga sakrab tushib, indamay kiyimlarini olardida, yayov ketardi. Xuddi hujumga borayotganday jon-jahdi bilan, qahr gʻazab bilan yurar va yassi togʻlik ustiga koʻtarilgandagina toʻxtar edi. U yerda koʻksini toʻldirib-toʻldirib nafas olib, pastda oʻrmalab kelayotgan ogʻir, katta aravani kutib turardi. Tez yurganidan yuragi gupillab urar va koʻkragida sanchiq turar edi. Har qalay hoʻkizlarning qadamiga qarab, imillab kelgandan koʻra yaxshi-ku! Rahmatli Choro ba’zan doʻstining bunday gʻalati qiliqlarini koʻrib tegishishni yaxshi koʻrardi. – Nega omading kelmaydi, bilasanmi, Tanaboy? - derdi u, - besabrligingdan. Xudo haqqi. Senga qolsa hamma narsa tezroq, darrov boʻla qolsa. Jahon revolyutsiyasi darhol boʻla qolsa! Revolyutsiya u yoqda tursin, Aleksandrovkadan balandlikka koʻtarilishga ham toqating yoʻq sening. Hamma odamlar aravada xotirjamgina oʻtirib borishadi-yu, sen boʻlsang sakrab tushib, xuddi orqangdan boʻrilar quvayotganday toqqa qarab yugurasan, xoʻsh, bundan nima foyda koʻrasan? Hech narsa. Baribir tepada boshqalarni kutib oʻtirasanku. Jahon revolyutsiyasiga ham bir oʻzing yeta olmaysan, bilsang, boshqalarning ham tenglashib olishlarini kutasan. Ammo bu bir zamonlardagi, uzoq oʻtmishdagi gap edi. Tanaboy bu gal Aleksandrovkadagi balandlikdan qanday chiqib olganligini sezmay ham qoldi. Qariganida, demak, koʻnikib qolibdi. Aravani tez ham, sekin ham haydagani yoʻq. Otni oʻz holiga qoʻyib berdi. Endi u doim yoʻlga yolgʻiz chiqardi. Oʻttizinchi yillarda bu yoʻllardan u bilan birga shovqin solib yurgan bir toʻda yoshlarni endi qidirib topa olmaysan. Biri urushda halok boʻlgan, biri oʻlgan, bitta yarimta tirik qolganlarining ham kunlari sanogʻliq qolgan. Yoshlar esa mashinalarda yurishadi. U bilan birga oriq qirchangʻi ot qoʻshilgan aravada yurisharmidi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling