Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0,88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 5 library.ziyonet.uz/ «Bilganimda edi, yaxshisi yoʻlga chiqmagan boʻlardim,– afsuslanardi Tanaboy. – Endi esa na u yoqqa, na bu yoqqa yura olasan, tap-taqir dalaning oʻrtasida qolib ketdim. Otni ham bekordan-bekorga nobud qilib qoʻyaman». Yaxshisi ertalab yoʻlga chiqish kerak edi. Kunduzi yoʻlda bir narsa boʻlib qolsa ham biron yoʻlovchi duch kelib qolishi mumkin. U esa tushdan keyin yoʻlga chiqdi. Bunday kezlarda yoʻlga otlanish mumkinmi, axir? Tanaboy orqadan yoki qarshi tomondan kelayotgan mashina koʻrinib qolarmikin, deya doʻnglikka chiqib atrofga boqdi. Ammo na u, na bu tarafda hech narsa koʻrinmasdi, sharpasi ham eshitilmasdi. U orqasiga – arava tomonga qadam tashladi. «Bekorga yoʻlga chiqibman»,– deb oʻyladi yana Tanaboy shoshqaloqligi uchun qayta- qayta oʻzini koyib. U alam qilganidan oʻzidan ham, oʻgʻlining uyidan tezroq joʻnab ketishga majbur etgan hamma narsadan ham achchigʻlanardi. Tunab qolishi, otiga dam berishi kerak edi, albatta. U esa!.. Tanaboy jahl bilan qoʻl siltadi. «Yoʻq, baribir qolmasdim. Yayov boʻlsa ham ketardim,– oʻzini oʻzi oqlardi u.– Qaynataga shunaqa gaplarni gapirish mumkinmi axir? Har qalay, men otamanku. Seni qara-yu, butun umringni choʻponligu yilqichilikda oʻtkazgansan, qariganingda haydab chiqarisharkan, partiyaga kirib nima qilarding, emish. Oʻgʻlimgayam balli-e. Miq etmaydi-ya, koʻzini yerdan olishga qoʻrqadi. Agar xotini unga otangdan kech desa, yoʻq demaydi. Latta, tagʻin u boshliq boʻlib koʻtarilishga urinib yotibdi. E, gapirishdan nima foyda. Odamlar boshqacha boʻlib ketgan!» Tanaboy qizib ketdi, u koʻylagining yoqasini yechib yubordi va otni ham, yoʻlni ham, bosib kelayotgan tunni ham unutib, ogʻir-ogʻir nafas olib arava atrofida yura boshladi. Ming urinsa ham oʻzini bosa olmadi. U yerda – oʻgʻlining uyida u oʻzini tutib oldi, kelini bilan adi-badi qilib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadi. Endi esa birdan qaynab-toshib ketdi, hozir boʻlganida yoʻl boʻyi alam bilan oʻylab kelgan gaplarining hammasini unga toʻkib solardi: «Meni partiyaga qabul qilgan sen emassan, chiqargan ham sen emassan, oʻsha vaqtda nima boʻlganligini sen qayoqdan bilarding, kelinposhsha. Endi hamma narsa haqida fikr yuritish oson. Endi hamma savodli, hurmat va obroʻying joyida. Bizdan esa talab qilishardi, shunaqangi talab qilishardiki, otang uchun, onang uchun, doʻsting va dushmaning uchun, oʻzing uchun, qoʻshningning iti uchun, olamdagi jamiki hamma narsa uchun javobgar eding. Partiyadan oʻchirganlari bilan esa sening ishing boʻlmasin! Bu mening ichimdagi gʻamim, kelinjon. Bu bilan ishing boʻlmasin!» – Bu bilan ishing boʻlmasin!– ovoz chiqarib takrorlashda davom etdi u aravaning oldidan nari ketmay.– Ishing boʻlmasin!– hamon takrorlardi u. Eng alam qilgan narsa shu ediki, «ishing boʻlmasin» deyishdan boʻlak gap topolmasdi. To bir nima qilish kerakligi, bu yerda tunab qolib boʻlmasligi esiga tushmagunicha u arava atrofida yuraverdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling