Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 9 library.ziyonet.uz/ yoʻlga qoʻyish, uy qurish, xullas, yashash kerak. Bunga endi boshqa hech narsa xalaqit bermasligi zarur, chunki butun oʻtmish, garovga qoʻyilgan, chinakam hayot nihoyat endi boshlanib kelyapti, ana shu hayotga intilyapti, azboroyi ana shu hayot uchun odamlar urushda gʻalaba qozonishdi va qurbonlar berishdi. Ammo endi ma’lum boʻlishicha, Tanaboy shoshilgan, ortiqcha shoshilgan ekan, kelajakning garovi uchun yana yillar va yillarni berish kerak edi. Dastlab u temirchilik ustaxonasida bosqonchi boʻlib ishladi. Qachonlardir bu ishning hadisini olgan edi, sandon yonida turib ertalabdan kechgacha qulochkashlab shunday choʻkich urardiki, temirchi qizdirilgan temir parchasini bolgʻa ostida agʻdarib turishga zoʻrgʻa ulgurardi. Hozir ham barcha kulfat va tashvishlarini unuttirib yuboradigan temirchixonadagi oʻsha taqa-tuq, jarang-jurunglar unga goho eshitilganday boʻladi. Non, kiyim-kechak yetishmasdi, ayollar sarpoychan kalish kiyib yurishardi, bolalar qand nimaligini bilishmasdi, kolxoz qarzga botgan, bankdagi hisoblar qalanib yotgan edi, u boʻlsa bolgʻani koʻtarib tushirish bilan bularning hammasini unutmoqchiday boʻlardi. U bolgʻani gursillatib urar, sandon jaranglar, uchqunlar koʻk tomchilar kabi sachrar edi. «Huh-ha, huh-ha!– deb nafas olardi bolgʻani koʻtarib tushirganida. – Hamma ish oʻnglanib ketadi, eng muhimi – biz gʻalaba qildik, ha, gʻalaba qildik!» deb oʻylardi. Bolgʻa esa «gʻalaba qildik, gʻalaba qildiq», degandek, «duk, duk, duk!» tushardi. Faqat ugina emas, oʻsha kunlari hamma xuddi nonday aziz gʻalaba nafasi bilan yashar edi. Keyin esa Tanaboy yilqichilikka oʻtdi, toqqa chiqib ketdi. Choro uni shu ishga koʻndirdi. Rahmatli Choro oʻsha paytda kolxoz raisi edi, u butun urush davomida raislik qildi. Xasta yuragi tufayli uni armiyaga olishmadi. Front orqasida boʻlsa ham xiyla qarib qolgandi. Tanaboy qaytganida buni darrov payqadi. Boshqa odam ehtimol temirchilikni tashlab yilqichi boʻlishga uni koʻndira olmasdi. Ammo Choro uning eski doʻsti edi. Ular bir vaqtlar komsomol ekanliklarida kolxozga kirishga birgalikda tashviqot qilishgan, birgalikda quloqlarni tugatishgandi. Ayniqsa u, Tanaboy oʻsha paytlari gʻayrat koʻrsatgandi. U quloqlarni tugatish roʻyxatiga tushib qolganlarni ayamasdi. Choro uning oldiga – temirchixonaga kelib uni yangi ishga oʻtishga koʻndirdi va koʻndira olganidan u juda mamnun edi: – Men boʻlsam sen bolgʻani qoʻldan tashlamassan, undan seni ajrata olmasman, deb qoʻrqardim, – degan edi kulimsirab. Choro kasal edi, ozib ketgan, boʻyni choʻzilib, choʻkib ketgan yanoqlarini ajin bosgan edi. Hali kun iliq boʻlsada, Choroning fufaykasi yozda ham egnidan tushmasdi. Ular temirchixona yaqinidagi ariq boʻyida choʻqqayib oʻtirib olib suhbatlashishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling