Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
Gulsari aravaga qoʻshilganicha avvalgiday jimgina, hamma narsaga beparvo, bukchayib
oyoqlarini bir joyga toʻplab, goʻyo qotib qolganday turardi. 
 
– Senga nima boʻldi?– Tanaboy otning oldiga yugurib keldi va uning choʻzib sekin 
ingraganini eshitdi.– Koʻzing uyquga ketdimi? Kasalmisan, bechora? Ahvoling 
chatoqmi? – U shoshib-pishib yoʻrgʻaning muzdek quloqlarini ushlab koʻrdi, yollari 
tagiga qoʻlini suqdi, boʻyni ham sovuq va nam. Ammo hammasidan ham uni yolining 
ilgarigiday ogʻir emasligi qoʻrqitib yubordi. «Juda qaribdi, yoli sop boʻlibdi, parday 
yengil. Hammamiz ham qariyapmiz, hammamiz ham oʻlib ketamiz»,– alam bilan oʻyladi 
u. 
 
Nima qilishni bilmay boshi qotib oʻrnidan turdi. Agar ot bilan aravani tashlab yayov 
ketsa, yarim kechada uyiga, daradagi qorovulxonasiga yetib olishi mumkin. U yerdagi 
bazada xotini bilan turar, daryodan bir yarim kilometr yuqorida oʻrnashib olgan vodxoz 
qorovuliga qoʻshni edi. Tanaboy yozda pichan oʻrimiga, qishda esa choʻponlar pichanni 
talon-taroj qilib ketishmasin, muddatidan oldin isrof etib qoʻyishmasin deb, gʻaramlarga 
koʻz-quloq boʻlib turardi. 
 
Oʻtgan kuzda bir ish bilan idoraga kelgan edi, yangi brigadir – chetdan kelgan yosh 
agronom unga: 
 
– Oqsoqol, birrov otxonaga oʻting, biz u yerda sizga boshqa otni tanlab qoʻydik. 
Qarirogʻu, lekin sizning ishingizga yaraydi,– dedi. 
 
– Qaysi otni? – sergaklandi Tanaboy. – Yana biron qirchangʻinimi? 
 
– Oʻsha yerda koʻrsatishadi sizga. Saman ot. Bilsangiz kerak, aytishlaricha, siz bir 
mahallar uni minib yurar ekansiz. 
 
Tanaboy otxonaga yoʻl oldi va qoʻrada turgan yoʻrgʻann koʻrishi bilan yuragi achishib 
ketdi. «Iya, yana uchrashdik»,– dedi ichida u minilaverib, nihoyat holdan toygan qari 
otga qarab. «Kerakmas», deyishga yuragi bormadi. Otni yetaklab ketdi. 
 
Uyda xotini yoʻrgʻani zoʻrgʻa tanidi. 
 
– Tanaboy, nahotki bu oʻsha Gulsari boʻlsa?– hayron qoldi u. 
 
– Oʻsha, xuddi oʻsha. Nima qipti?– xotinining koʻziga qaramaslikka tirishib toʻngʻilladi 
Tanaboy. 
 
Yoʻrgʻa bilan bogʻliq xotiralarni eslab oʻtirishning hojati yoʻq edi ularga. Tanaboyning 
yoshligida qilgan gunohi bor edi. Gap oʻziga yoqmaydigan mavzuga koʻchib ketishidan 
qochib, u xotiniga dagʻal gapirdi: 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling