Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
Yoʻrgʻa toʻxtadi, gandiraklab ketdi. Koʻzi qattiq ogʻrirdi. Kallasi tinmay gʻuvillardi. 
 
Tanaboy jilovni aravaning oldiga tashladi, besoʻnaqay sakrab tushdi, uvishib qolgan 
oyoqlarining chigilini yozdi va qovogʻini solib otning oldiga keldi. 
 
– Hey, harom oʻlgur!– sekin soʻkindi u yoʻrgʻaga boqib. Ot ozib ketgan uzun boʻynini 
choʻzib, kattakon kallasini xomutdan osiltirib turardi. Yoʻrgʻaning qovurgʻalari, eski-
tuskilar yopilgan, ich-ichiga kirib ketgan biqinlari yuqoriga, pastga koʻtarilib tushib 
turardi. Qachonlardir sap-sariq, tilla rang boʻlgan ot endi ter va changdan qoʻngʻir tusga 
kirgan edi. Koʻkish ter tomchilari qoq suyak sagʻrisidan qorniga, oyoqlariga, tuyoqlariga 
oqib tushardi. 
 
– Qattiq haydamovdim shekilli,– deb toʻngʻilladi Tanaboy va shoshib-pishib ayilni 
boʻshatdi, suvligʻini chiqardi. Suvligʻi issiq, yopishqoq soʻlakka botgandi. Poʻstinining 
yengi bilan yoʻrgʻaning tumshugʻini va boʻynini artib qoʻydi. Keyin qolgan-qutgan 
pichanlarni yigʻish uchun aravaga sakrab chiqdi, supurib-sidirib yarim quchoq toʻpladi, 
otning oldiga tashladi. Lekin ot pichanga qayrilib qaramadi ham, u qalt-qalt titrardi. 
 
Tanaboy yoʻrgʻaga bir tutam pichan tutdi. 
 
– Ma, ol, ye, senga nima boʻldi-ya! 
 
Yoʻrgʻaning lablari qimirladi, lekin pichandan ilintira olmadi. Tanaboy uning koʻzlariga 
qaradi-yu, qosh-qovogʻi solinib ketdi. U otning ich-ichiga choʻkib ketgan, yarim ochiq 
koʻzlarida hech narsani koʻrmadi. Ular tashlandiq uyning derazalari kabi xiralashgan edi. 
 
Tanaboy sarosimaga tushib u yoq-bu yoqqa qaradi: uzoqda togʻlar, atrof biyday choʻl, 
yoʻlda hech kim koʻrinmasdi. Yilning bu faslida yoʻlovchilar bu yerda kamdan-kam 
uchraydi. 
 
Qari ot va keksa odam kimsasiz yoʻlda yakka-yolgʻiz turishardi. 
 
Fevral' oyining oxirlari edi. Yalangliklardagi qorlar erib ketgandi, faqat jarliklar va 
qamishzor soyliklardagi qishning yashirin uyalaridagina soʻnggi qor uyumlari hanuz 
saqlanib qolgandi. Shamol eski qorning kuchsiz hidini uchirib keltirardi, yer hali ham 
muzlab yotar, jonsiz edi. Qish oxirlarida toshloq dasht huvillab yotadi. Unga bir 
qarashdayoq Tanaboyning ichiga qaltiroq turardi. 
 
U koʻkish choʻqqi soqolini dikkaytirib, poʻstinining yogʻ bosgan yengi ostidan gʻarb 
tomonga uzoq qarab qoldi. Quyosh yerning bir chekkasida, bulutlar orasida osilib turardi. 
Ufqdan botayotgan quyoshning nursiz, xira shafaq nuri tarala boshlagandi. Hech narsa 
havoning aynishidan darak bermasdi, lekin shunday boʻlsa ham kun sovuq, vahimali edi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling