Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
14 
library.ziyonet.uz/ 
 
tashlanar, qorongʻulikda koʻrinmay ketar, uning faqat pishqirishi eshitilar va gʻazab bilan 
yana otlarning orasiga chopib qaytib kelar edi. Bir chekkaga chiqib ketgan Gulsarini 
payqab qolib, uni koʻkragi bilan urdi, orqasi bilan oʻgirilib keyingi tuyoqlari bilap uning 
biqiniga shunchalik qattiq tepdiki, Gulsari ogʻriqdan oʻlar holatga keldi. Uning ichida 
nimadir guvillab ketdi, tepki yeb qichqirib yubordi va arang oyoqda turib qoldi. U 
oʻzboshimchalik qilishga endi urinmadi. Biqini zirqirab ogʻrirkan, zolim aygʻirdan 
achchigʻlanib uyurning bir chekkasida qimir etmay turdi. Otlar tinchib qolishdi, shunda u 
allaqanday choʻziq uvlashni eshitdi. U hech qachon boʻrining uvlashini eshitmagandi, bir 
on tomir urishi toʻxtab, badani muzlab ketganligini sezdi. Yilqilar choʻchib tushishdi
quloqlari ding boʻldi. Hammasi jim boʻlib qoldi. Ammo bu sukunat vahimali edi. Hamon 
shuvillab yogʻayotgan qor Gulsarining koʻtarilgan tumshugʻiga tushib yopishib qolardi. 
Xoʻjayin qayerda qoldi? Shu daqiqada u judayam kerak edi, loaqal ovozini eshitsa, 
poʻstinining dudli hidini hidlasa! U boʻlsa yoʻq. Gulsari bir chekkaga koʻz qirini tashladi 
va qoʻrquvdan qotib qoldi. Yon tomonda qorda sudralib qanaqadir koʻlanka lip etib 
oʻtganday boʻldi. Gulsari birdan oʻzini orqaga tashladi va shu zahotiyoq yilqilar hurkib 
joyidan qoʻzgʻaldi. Es-hushini yoʻqotgan otlar qattiq kishnab baravariga zulmat 
ogʻushiga otilishdi. Endi ularni toʻxtata oladigan hech qanday kuch yoʻq edi. Otlar togʻ 
oʻpirilganda qoyadan uzilib tushgan toshlar kabi bir-birlarini itarib, kuchlarining boricha 
olgʻa tomon talpinishardi. Gulsari hech narsani tushunmay terlab-pishib jon-jahdi bilan 
chopib borardi. Shunda birdan oʻq ovozi eshitildi, keyin yana gumburladi. Otlar chopib 
ketayotib egalarining dargʻazab qichqirigʻini eshitdi. Qichqiriq qayerdandir, yon 
tomondan eshitildi va keyin toʻxtamay otlarning yoʻlini kesib oʻta boshladi, soʻng old 
tomondan eshitildi. Ular endi bu toʻxtozsiz eshitilayotgan ovozga yetib oldilar, bu ovoz 
ularni oʻz ortidan yetaklab borardi. Xoʻjayin ular bilan birga edi. U har lahzada jarlik 
yoki daraga yiqilib tushish xavfi ostida oldinda chopib borardi. U endi boʻgʻiq ozoz bilan 
qichqirardi, keyin xirillay boshlady, ammo ovozi tinmadi: 
 
Hayt, hayt, hayt-a-ayt!» Otlar ta’qib qilayotgan dahshatdan qutulish uchun uning izidan 
chopishardi. 
 
Tongga yaqin Tanaboy yilqilarni eski joyiga haydab keldi. Faqat shu yerdagina otlar 
toʻxtashdi. Yilqilar ustidan quyuq tuman kabi bugʻ koʻtarilardi, otlarning biqinlari 
koʻtarilib-tushib turar, boshlaridan kechirgan dahshatdan hamon qaltirashardi. Ular qor 
yeyishardi. Tanaboy ham qor yerdi. U tizzalab oʻtirib olib, ogʻziga siqimlab qor tiqardi. 
Keyin u yuzini kaftlari orasiga olib, qimir etmay uzoq oʻtirdi. Osmondan esa hamon qor 
yegʻib turardi. U otlarning issiq sagʻrisida darrov erib ketib, loyqa, sargʻish tomchilarga 
aylanib pastga oqib tushardi. 
* * * 
Kalin qorlar erib ketdi, oʻtlar koʻkarib qoldi. Gulsari tez etga kirdi. Yilqilar tullab, terilari 
yiltillab qoldi. Qish va yem-xashak tanqisligi goʻyo sira boʻlmaganday. U otlarning 
esidan chiqib ketgan, ammo odamning xotirida qolgan. U sovuqni, boʻronli tunlarni 
eslaydi, egar ustida qotib oʻtirgan paytlarini, muzlab qolgan qoʻl va oyoqlarini gulxan 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling