Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
15 
library.ziyonet.uz/ 
 
yonida isitib, yigʻlab yubormaslik uchun lablarini tishlagan vaqtlarini eslaydi. Bahorda 
yerni yupqa muz bilan qoplab olgan «yut»ni eslaydi, oʻshanda uyurdagi eng kuchsiz 
yilqilar halok boʻlganligini, togʻ» lardan tushib, kolxoz idorasida koʻzini yerdan uzmay 
otlarning oʻlganligi haqidagi aktga imzo chekkanligini va birdan gʻazabga qelib, rais 
stoliga musht urib baqirganligini eslaydi: 
 
– Sen menga bunaqa qarama! Men senga fashist emasman! Yilqilar uchun otxona qani, 
yem-xashak qani, suli qani, tuz qani? Buyuqda qolib ketganmiz! Axir xoʻjalikni shunday 
olib borish kerak deyilganmi? Qaragin, qanaqa yirtiq-yamoq kiyimda yuribmiz! 
Oʻtovlarimizni koʻr, qanday yashayotganligimizni koʻr! Toʻyib non yemaymiz. Urush 
vaqtida ham bundan yuz marta yaxshi yashardik. Sen boʻlsang menga xuddi bu otlarni 
men boʻgʻib oʻldirganday oʻqrayib qaraysan! 
 
Raisning mum tishlab qolgani, uning rangi boʻzarib ketgani hali ham esida. Oʻz 
soʻzlaridan uyalib ketganini va uzr soʻray boshlaganini eslaydi u. 
 
– Sen... kechir meni, qizishib ketdim, - duduqlanib zoʻrgʻa tilga kirgandi u. 
 
– Sen meni kechirishing kerak,– dedi unga Choro. 
 
Rais omborchi ayolni chaqirib: 
 
– Unga besh kilo un ber,– deganda Tanaboy beshbattar qizarib ketgandi. 
 
– Yaslini nima qilamiz? 
 
– Qanaqa yasli? Doim sen hamma narsani chalkashtirib yurasan! Ber! – keskin buyurdi 
Choro. 
 
Tanaboy yaqinda sut sogʻila boshlanadi, qimiz boʻladi, deb un olishdan bosh tortmoqchi 
edi-yu, lekin raisga nazar tashlab va uning jon achchigʻida yolgʻon gapirganini anglab 
indamay qoʻya qolishga majbur boʻldi. Keyinchalik, u shu undan qilingan ugra oshdan 
icharkan, har gal ogʻzini kuydirib olardi. Qoshiqni tashlab: 
 
– Bu nimasi, ogʻzimni kuydirmoqchimisan?– derdi. 
 
– Sovutib ich, kichkina emassan-ku,– bamaylixotir javob berardi xotini. 
 
Unutmagandi, hech narsani unutmagandi u. 
 
Mana, may oyi yetib keldi. Yosh aygʻirlar kishnashar, bir-birlari bilan urishib, begona 
uyurlardan yosh biyalarni haydab olib ketishardi. Yilqichilar urishqoq otlarni quvib 
yuborish uchun kuyib-pishib chopishar, bir-birlari bilan soʻkinishar, ba’zan oʻzlari ham 
yoqalashib ketishar, qamchi koʻtarishar edi. Gulsarining bular bilan ishi yoʻq edi. Bir 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling