Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 23 library.ziyonet.uz/ Abzal-anjomni olmoqchi edik, u ham hech narsaga arzimas ekan. Tanaboy indamadi. Haydovchi mashinadan tushdi, aroqning oʻtkir badboʻy hidini har yoqqa taratib, u yoqdan-bu yoqqa bir necha qadam tashladi. – Nima boʻldi? – soʻradi u qayrilib. – Ot torta olmadi, kasal boʻp qoldi, uning ustiga oʻzn ham qari. – Hmm. Xoʻsh, endi qayoqqa bormoqchisan? – Uyga. Sarigov darasiga. – Oʻ-hoʻ! – hushtak chalib yubordi haydovchi. – Toqqami? Yoʻlimiz bir emas ekan. Xohlasang, kuzovga chiq, sovxozgacha eltib qoʻyaman, u yerdan ertaga ketasan. – Rahmat. Otim bor. – Manavi oʻlimtikmi? Itga tashla uni, huv anavi jarlikka itarib yubor, vassalom, qargʻalar choʻqib tamom qilishadi. Xohlasang, koʻmaklashib yuboraylik. – Ketaver, – dedi qovogʻini uyib Tanaboy. – Bilganingni qil, – tirjaydi haydovchi va eshikni yopa turib kabina ichiga qarab soʻz qotdi: – Miyasi aynib qolibdi cholning! Mashina qoʻzgʻalib, xira nur oqimini oʻzi bilan ergashtirib ketdi. Stop-signallarning toʻq qizil nuri bilan yoritilgan soy ustidagi koʻprik gʻichirlab qoldi. – Nega u odam ustidan kulasan, agar oʻzingning boshingga shunday kun tushsa nima boʻlardi? – dedi koʻprikdan oʻtgach, haydovchi yonida oʻtirgan quloqchinli yigit. – Hechqisi yoʻq... – Haydovchi esnab barankani aylantirdi. – Har qanaqasiga duch kelganman. Men gapning poʻskallasini gapirdim. Qandaydir bir qirchangʻi... Oʻtmishning sarqiti. Hozir, birodar, hamma narsaning otasi texnika. Hamma yerda texnika. Urushda ham. Bunaqa chollar va otlarning davri oʻtdi. – Mol ekansan! – dedi yigit. – Tupirdim hammasiga, – javob berdi u. Mashina ketgandan soʻng, yana hamma yoqni tun zulmati qopladi, koʻz esa yana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling