Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
19 
library.ziyonet.uz/ 
 
tanidi. U javob qaytarmoqchi boʻldi-yu, ammo shilinib, shishib ketgan ogʻzini ochgani 
qoʻrqardi. Juda ham ogʻrirdi. 
 
Nihoyat baytalcha uni izlab topdi. Oydinda peshonasidagi oq yulduzchani yaraqlatib 
yengilgina chopib keldi. Dumi va oyoqlari hoʻl edi. U daryoni kechib oʻtib, oʻzi bilan 
birga suvning sovuq nafasini keltirgandi. Tumshugʻini tirab, yumshoq iliq lablarini 
tegizib, uni iskay boshladi. Biya erkalanib pishqirar, uni oʻzi bilan birga ketishga chorlar, 
u boʻlsa joyidan qoʻzgʻala olmasdi. Soʻng biyacha uning boʻyniga kallasini qoʻydi-da, 
tishlari bilan yollari orasini qashiy boshladi. Saman toy ham uning boʻyniga kallasini 
qoʻyishi va yagʻrinini qashishi kerak edi. Ammo uning mehribonligiga mehribonlik bilan 
javob qaytara olmasdi, hatto qimir etishga holi kelmas, u chanqagandi. Baytalcha qochib 
ketganida to uning soyasi daryo ortidagi tun qorongʻuligiga singib ketguncha orqasidan 
qarab qoldi. Keldi-yu ketdi. Uning koʻzlaridan tirqirab yosh chiqdi. Yirik-yirik yosh 
tomchilari tumshugʻidan oqib, oyoqlari ostiga sekingina dumalab tushardi. Saman 
yoʻrgʻa umrida birinchi marta yigʻlayotgandi. 
 
Erta tongda xoʻjayin keldi. U atrofdagi koʻm-koʻk togʻlarga qaradi, kulimsirab bir 
kerishib oldi, suyaklari sirqirab ogʻriganidan ingrab qoʻydi. 
 
– Oh, Gulsari, kecha mening rosa adabimni berding-da. Nima qildi? Sovqotdingmi? Voy 
seni qara-yu. Ha, durust, durust. 
 
U yoʻrgʻa toyning boʻynini silab-siypadi va unga qandaydir iliq hazilomuz soʻzlarni 
gapira boshladi. Odam nimalarni gapirayotganini Gulsari qayoqdan bilsin? Tanaboy 
boʻlsa bunday derdi: 
 
– Ha, mayli, xafa boʻlma, birodar. Umr boʻyi ishsiz, bekor yurmassan axir. Koʻnikib 
qolarsan, hamma ish oʻnglanib ketadi. Qiynalding-a, hechqisi yoʻq, shusiz boʻlmaydi. 
Hayot mana shunaqa, doʻstim, toʻrttala tuyogʻingni ham taqalaydi. Keyinchalik yoʻlingda 
uchragan har bir toshga egilib ta’zim qilib yurmaysan. Qorning ochdimi, a? 
Chanqadingmi? Bilaman... 
 
U saman toyni daryo tomon yetaklab ketdi. Yaralangan ogʻzidan suvligʻimi avaylab 
chiqardi. Gulsari titrab-qaqshab suvga tashlandi, sovuqdan koʻzlaridan yosh chiqdi. Oh, 
suv naqadar mazali edi, u buning uchun odamdan qanchalik minnatdor! 
 
Shunday qilib, oradan koʻp vaqt oʻtmay u egarga shunchalik koʻnikib ketdiki, uning 
ogʻirligini sezmay ham qoldi. Ustidagi chavandoz unga qushday yengil koʻrinar, oʻzini 
yaxshi sezardi. Odam sira jilovni boʻsh qoʻymas, saman ot boʻlsa yoʻllarda bir maromda 
oyoq tashlab, yoʻrgʻalab ketardi. U egar ostida shunchalik tez va tekis yurishga oʻrgangan 
ediki, odamlar qoyil qolishardi: 
 
– Ustiga bir chelak suv qoʻy – bir tomchi ham toʻkilmaydi! – deyishardi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling