Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alvido, ey Gulsari (qissa) Chingiz Aytmatov 140 library.ziyonet.uz/
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 139 library.ziyonet.uz/ oʻz gazlaring bilan oʻlchaysizlar. Ammo sening oʻylaganingcha boʻlmaydi. Men hali odamlarga kerakman, kerak boʻlaman...» XXV Subhidam. Togʻlar uyqudan bosh koʻtarib, qomatini rostlay boshladi, dasht kengayib, ravshanlasha boradi. Jarlik yoqasidagi oʻchib qolgan gulxanning qorayib qolgan choʻgʻlari sekin soʻnar edi. Uning yonida yelkasiga poʻstinini tashlab, sochlari oqarib ketgan chol turardi. Endi poʻstin bilan yoʻrgʻaning ustini yopishga hojat yoʻq edi. Gulsari narigi dunyoga – jannat otlari orasiga ketgan edi... Tanaboy oʻlgan otga qarab turib hayratda qoldi – unga nima boʻldi! Gulsari kallasini orqaga tashlay, yonboshlab yotardi, unda yuganning chuqur botib ketgan oʻrni koʻrinib turardi. Tars-tars yorilib ketgan tuyoqlaridagi taqalari yeyilib ketgan, bukilmas oyoqlari choʻzilib yotardi. U endi yerda boshqa yura olmaydi, yoʻllarda oʻz izlarini qoldira olmaydi. Ketish kerak edi. Tanaboy otga oxirgi marta egilib qaradi, uning sovib qolgan koʻzlarini bekitdi. Tanaboy yuganni olganicha, orqasiga qaramasdan odimlab ketdi. U dashtlik orqali toqqa yoʻl oldi. Ketarkan chuqur oʻyga toldi. Qarib qolganligini, kuni bitib qolganligini oʻyladi. U qanotlaridan ajralib qolgan yolgʻiz qush kabi tez uchar sheriklaridan orqada qolib oʻlishni istamasdi. U parvoz qila turib oʻlishni istaydi, toki bir oshyonda oʻsib, birga yoʻl olganlar uning tepasida xayrlashuv qichqiriqlari bilan aylanib yurishsin. «Shomansurga yozaman, – jazm qildi Tanaboy. – Xatga shunday deb yozaman: Yoʻrgʻa Gulsari esingdami? Albatta esingdadir. Men unga minib raykomga otangning partbiletini olib borgan edim. Sening oʻzing meni joʻnatgan eding. Xoʻsh, men oʻtgan kechasi Aleksandrovkadan qaytib keldim, yoʻlda mening ajoyib yoʻrgʻam oʻlib qoldi. Tun boʻyi otning yonida oʻtirib butun hayotimni oʻylab chiqdim. Xudo koʻrsatmasin-u, yoʻrgʻa Gulsari singari men ham yoʻlda oʻlib qolarman. Sen mening partiyaga qaytishimga yordamlashishing kerak, oʻgʻlim Shomansur. Mening sanoqli kunlarim qoldi. Ilgari qanday boʻlgan boʻlsam shunday boʻlishni istayman. Sening otang Choro oʻzining partbiletini raykomga olib borishni menga bekorga vasiyat qilmaganini endi tushunib turibman. Sen esa uning oʻgʻlisan va meni – keksa Tanaboy Bakasovni bilasan...» Tanaboy yuganini yelkasidan oshirib tashlab, dasht boʻylab ketib borardi. Yuzlaridan oqib tushayotgan koʻz yoshlari soqolini hoʻl qilib yuborgandi. Lekin Tanaboy uni artmasdi. Bu – yoʻrgʻa Gulsari uchun toʻkilayotgan yoshlar edi. Koʻz yoshlari orqali yangi tongga, togʻ etagida tez uchib borayotgan tanho kulrang gʻozga boqdi. Kulrang gʻoz oʻz galasiga yetib olish uchun shoshilardi. – Uchaver, uchaver! – shivirlardi Tanaboy. – Qanoting tolmay turib, sheriklaringga yetib Alvido, ey Gulsari (qissa) Chingiz Aytmatov 140 library.ziyonet.uz/ ol. Keyin xoʻrsinib dedi: – Alvido, ey Gulsari! U ketar ekan, qulogʻiga qadimgi qirgʻiz ashulasi eshitila boshladi. ...Ona tuya bir necha kundan beri yelib-yuguradi. Bolasini chaqiradi, izlaydi. Qaydasan, qora koʻzli boʻtalogʻim? Javob ber! Yelinimdan, toʻlib ketgan yelinimdan sut oqyapti, oyoqlarimdan oqib tushyapti. Qaydasan? Javob ber. Yelinimdan, toʻlib ketgan yelinimdan sut oqyapti. Oppoq sut... Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling