Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 136 library.ziyonet.uz/ sira oʻxshamaydi. Qoʻylar qishlaydigan boshqa joylarda ham xuddi shu ahvol. Ovulning oʻzida ham xalq uy-joy qurib yotibdi. Qachon borsam, koʻchada yangi uy qad koʻtarganini koʻraman. Iloyim bundan buyon ham shunday boʻlsin. – Biz ham shuning gʻamida, shuning tashvishida yuribmiz, Tanaka. Hali hammasini ham joyida deb boʻlmaydi. Ammo vaqt-soati kelib hammasini ham toʻgʻrilaymiz. Men sizning oldingizga bir ish bilan keldim. Partiyaga qayting. Ishingizni qayta koʻramiz. Siz haqda byuroda gap boʻldi. Hechdan kech yaxshi, deyishadi odamlar. Tanaboy indamadi. Xijil boʻldi. Quvonib ham ketdi, alam ham qildi unga. Butun kechmishlarini xotirladi, alam-iztirob unga chuqur oʻrnashib qolgandi. Oʻtmishni titkilagisi, u haqda oʻylagisi kelmasdi. – Yaxshi soʻz uchun rahmat, – minnatdorchilik bildirdi Tanaboy raykom sekretariga. – Cholni unutmaganliging uchun rahmat. – Soʻng bir oz oʻylanib ochigʻini ayta qoldi. – Endi men qarib qoldim. Partiyaga endi mendan nima foyda? Uning uchun men nima qilib bera olardim? Hech narsaga yaramayman. Davrim oʻtdi, sen xafa boʻlma. Oʻylab koʻrishga ruxsat ber. * * * Tanaboy ancha vaqtgacha bir qarorga kelolmadi – ertaga boraman, indinga boraman, deb ishni paysalga soldi. Vaqt esa oʻtib borardi. Dovondan oʻtish qiyin boʻlib qolgan edi unga. Nihoyat bir safar otni egarlab yoʻlga tushdi ham, biroq yarim yoʻldan qaytib keldi. Nega? Nodonlik qilib qaytib kelganini oʻzi tushunardi. Oʻziga oʻzi: «Qariganda es-hushimni yoʻqotib, yosh bolaga oʻxshab qoldim» dedi. Bularning hammasiga aqli yetardi, lekin oʻziga kuchi yetmay qolgan edi. U dashtda chopib borayotgan yoʻrgʻaning chang-toʻzonini koʻrdi. Gulsari ekanligini darhol bildi. Endi uni kamdan-kam koʻradi. Gulsari yozgi quruq dashtlikda oppoq iz qoldirgan edi. Tanaboy unga uzoqdan qarab turib ma’yuslana boshladi. Ilgari tuyoqlari ostidan koʻtarilgan chang-toʻzon yoʻrgʻaga hech qachon yetib ololmasdi. U qora qush singari oldinda uchib borar, orqasida dum shaklidagi uzun chang toʻzonini qoldirib ketardi. Endi boʻlsa yoʻrgʻani hadeb chang-toʻzon bulutlari qoplab olmoqda. U oldinga yorib chiqib oladi, bir lahza oʻtmay oʻzi koʻtargan quyuq chang ichida yana gʻoyib boʻladi. Yoʻq, endi u chang-toʻzondan oʻzib ketolmaydi. Demak, juda qarib qolibdi, holdan ketib taslim boʻlibdi. «Ahvoling chatoq, Gulsari», qaygʻu bilan oʻyladi Tanaboy. Uning changda nafasi qisilayotganini, chopish qanchalik ogʻirligini, chavandozning jahl bilan uni qamchilayotganini tasavvur qildi. U koʻz oʻngida yoʻrgʻaning sarosimaga tushib qolgan koʻzlarini, uning quyuq chang tumani ichidan chiqib olishga bor kuchi bilan qanchalik urinmasin, lekin chiqa olmayotganini koʻrib turardi. Chavandoz masofaning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling