Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 132 library.ziyonet.uz/ Joningga qasd qildi qoʻlim, Qoragul... ...Tanaboy oʻtov oldida oʻtirib, qadimiy qirgʻiz marsiyasini tinglar, xomush turgan qop- qora togʻlar ortidan oyning sekin-asta suzib chiqayotganligini, oʻtkir qirrali qorli choʻqqilar tepasida, bir-birovlarining ustiga qalashib ketgan qoyalar tepasida uning muallaq turib qolganligini tomosha qilar edi. Shunda u marhum doʻstidan kechirim soʻrab yana iltijo qilardi. Jaydar esa oʻtov ichida qoʻbizda hamon ulugʻ ovchi Qoragul haqidagi marsiyasini chalardi: Men seni oʻldirdim, oʻgʻlim Qoragul, Holimga yigʻlar kim, oʻgʻlim Qoragul. XXIII Tong otib qolgandi. Gulxan yonida, jon berayotgan yoʻrgʻa otning bosh tomonida oʻtirib, keksa Tanaboy keyin boʻlib oʻtgan voqealarni esladi. Oʻsha kunlari u viloyat markaziga borganligini hech kim bilmagan edi. Bu uning oxirgi marta urinib koʻrishi edi. U tumandagi kengashda nutqini eshitgan obkom sekretarini koʻrgisi va unga oʻzining hamma qaygʻu-alamlarini soʻzlab bergisi kelardi. Bu odam uni tushunishiga va unga yordam berishiga ishonardi. Choro ham u haqda yaxshi gaplar aytgan edi, boshqalar ham uni maqtashardi. Obkomga kelgandagina bu sekretarni boshqa viloyatga ishga oʻtkazilganligini bildi u. – Eshitmovdingizmi hali? – Yoʻq. – Agar ishingiz juda muhim boʻlsa, men yangi sekretarimizga aytaman, ehtimol, u sizni qabul qilar, – taklif qildi qabulxonadagi ayol. – Yoʻq, rahmat, – rad etdi Tanaboy. – Men shunday, oʻzimcha, shaxsiy ishim bilan keluvdim. Men axir uni tanirdim, u ham meni bilardi. Boʻlmasa uni bezovta qilib oʻtirmasdim. Kechirasiz, xayr. – U dilida avvalgi sekretarni yaxshi bilganligiga, u ham buni – choʻpon Tanaboy Bakasovni shaxsan taniganligiga ishongan holda qabulxonadan chiqdi. Nega tanishmasin axir? Ular bir-birlarini tanishlari va hurmat qilishlari mumkin edi, u bundan shubhalanmasdi, shuning uchun ham shunday dedi. Tanaboy koʻchaga chiqib, avtobus stansiyasi tomon yoʻl oldi. Pivo doʻkoni oldida ikki ishchi mashinaga pivodan boʻshagan bochkalarni ortayotgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling