Inson sinovda
Download 14.33 Kb.
|
Inson sinovda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomdi tuman Bosh imom xatibi: Qo’ldashev Nurali Eshmamatovich
Inson sinovda Parvardigor bandalarini hamisha imtixon qilib turadi. Gohida ne’matlat bilan,gohida musibat bilan. Shu sinovli kunlarda bandasini shukur va sabr qilishgachaqiradi. Odam qanchalik ko’p toat ibodat qilgani bilan Allox taologa zarrachayordam qila olmaydi yoki aksincha qanchalik gunohga qo’l urmasin Alloxga zarracha ziyon yetkaza olmaydi, nima qilsa o’zi uchun qiladi ammo banda hamishaRobbisining roxatiga muhtoj. Ulug’larimiz, banda, Alloxdan dunyo va oxiratdayaxshilikni so’rashga chaqiradi. Payg’ambarimiz (s.a.v) bir bemorning ziyoratigaborganlarida:”Robbingdan nimani sorayapsan”, dedillar, bemor:”Robbimdanqancha qiyinchilik bo’lsa shu dunyoda ber, oxiratga qoldirma debso’ramoqdaman” deya javob berdi. Rasululloh bunday dema, Allox mashaqqatlarniziyoda qilsa toqat qilaolmay qolasan, shuning uchun Robbim menga bu dunyodaham yaxshilik ber va oxiratda yaxshilik ber, duzax azobidan o’zing asra deb duoqilishni o’rgatdi.Inson hayot ekan turli mashaqqatlarga yo’liqadi, sinaladi. Darhaqiqat Allox taolo Quroni karimda “Biz odam bolasini mashaqqatda yaratdik” deb marhamat qiladi.Modomiki hayot mashaqqatlardan iborat ekan, buning yechimi ham bo’lishi kerak.Buning yechimlari Quron va sunnatda mavjuddir. Imom Hibbon va Imom Ahmad o’z musnadlarida keltirgan. Abdulloh ibn Ma’sud (r.a)dan keltirilgan rivoyatda,Rosululloh (s.a.v) qaysi banda g’am mashaqqatga duchor bo’lganida “Ey Allohim men sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning o’g’liman. Butun borlig’im sening qo’lingdadur, hukming mening ustimda joriydir, menga taqdir qilganing adolatlidir, barcha isimlaring bilan so’rayman, jumladan o’zingni o’zing nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki maxluqotlaringdan biror kishiga o’rgatgan yoki huzuringdagi g’oyib ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring bilan so’rayman. Buyuk Quronni qalbimning bahori ko’nglimning nuri, maxzumligimni arituvchi, g’am-tashvishlarimni ketgazuvchi qilgin.” desa, Alloh taolo uning g’amini shodlikka aylantiradi deganlarida sahobiy ikromlar:” Yo Rosululloh bu duoni o’rganib olaylikmi?” deb so’radilar. Shunda Rosululloh: ”Bu duoni eshitgan har bir odam uni o’rganib olishi kerak”, deganlar. G’am tashvish ko’rmagan, mahzun bo’lmagan odam bormi?, tashvishga tushganimizda, Rosulullohning ushbu duolarini o’rganib tushunib, yaxshilik bilan yashab o’tishimizni nasibi ro’zi aylasin. Tomdi tuman Bosh imom xatibi: Qo’ldashev Nurali Eshmamatovich Download 14.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling