Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
128 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Bilaman! 
 
– Partiyadan haydalgan boʻlaturib Choroning partiya biletini qanday qilib raykomga 
eltaman. Bunday qilishga haqqim yoʻq-ku! 
 
– Bilmadim, Tanaka. Oʻzingiz bilasiz. Men otamning vasiyatini bajarmogʻim lozim. Men 
sizdan yana oʻtinib soʻrayman, otamning soʻzini yerda qoldirmang. 
 
– Men jon-dilim bilan bajarar edim. Ammo boshimga musibat tushgan. Oʻzing eltib 
topshirsang durust boʻlmasmikan-a, Shomansur?! 
 
– Yoʻq, boʻlmaydi. Otam soʻragan narsasini oʻzi yaxshi bilgan. Modomiki, u sizga 
ishonibdi, nega endi men ishonmas ekanman? Tuman partiya komitetiga borib ayting, 
Choro Sayoqovning vasiyati shunday ekan, deng. 
 
Hali tong otganicha yoʻq edi, Tanaboy kallayi saharlab turib ovuldan chiqdi. U oʻsha 
uchqur otga minib olgandi, ha, oʻsha yaxshi va yomon kunlarida sadoqatli hamdami 
Gulsarining ustida oʻtirardi. Saman yoʻl chetidagi muzlab qolgan yerni oyoqlari bilan 
ezib-sachratib yelib borardi. U bu safar oʻzining sobiq xoʻjayini, marhum kommunist 
doʻsti Choro Sayoqovning maxsus topshirigʻi bilan tumanga borayotgan Tanaboyni 
eltardi. 
 
Oldinda, cheksiz sahro etagidan asta-sekin tong yorishib kelardi. Subh ogʻushidan 
tugʻilgan shafaq gʻira-shira ufqni tobora nurafshon etardi... 
 
Yoʻrgʻa ot oʻsha shafaq tomon, hanuz falak etagida yolgʻiz oʻzi yogʻdu sochayotgan 
yulduz tomon intilardi. Uning tanho oʻzi doʻpir-doʻpir yoʻrgʻalab, kimsasiz yolgʻiz oyoq 
dasht yoʻllariga jon kiritib borardi, Tanaboy koʻpdan beri saman yoʻrgʻani minmagan edi. 
Gulsari odatdagiday juda ham tez va tekis yoʻrgʻalab borar edi. Shamol otning yolini 
tarab, yol Tanaboyning yuzlariga urilardi. Ha, Gulsari kuchga toʻlgan ajoyib ot edi. 
 
Tanaboy yoʻlda xayol surib bordi, oʻy-xayollarining boshiga yetolmadi: Nega Choro 
oʻlimi oldidan oʻz partbiletini raykomga eltib topshirishni unga – partiyadan chiqarilgan 
Tanaboyga vasiyat qildi? Choroning bundan maqsadi nima edi? Yoki uni sinamoqchi 
boʻldimikan? Yo ehtimol, bu bilan Tanaboyning partiyadan haydalishiga aslo rozi 
emasligini bildirmoqchimi? Endi bu muammoni aslo yecha olmaysan. Choro endi hech 
qachon hech narsa deya olmaydi. Ha, bu dunyoda «hech qachon» kabi dahshatli soʻzlar 
mavjud. Shu bilan gap tamom... 
 
Yana allaqanday fikrlar uning miyasini chulgʻab oldi, Butunlay xayolidan chiqarib 
tashlamoqchi boʻlgan narsalar yana jonlana boshladi. Yoʻq, hali «tamom» deyishga erta. 
 
Choroning vasiyati yodida. U doʻstining bileti bilan rayonga boradi, doʻsti haqida nimaiki 
bilsa, hammasini toʻkib-sochadi, xalq uchun, Tanaboyning oʻzi uchun Choroning qilgan 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling