Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 131 library.ziyonet.uz/ Tanaboy koʻchaga chiqdi. Yoʻrgʻaning tizginini yecha boshladi. – Tamom, Gulsari, – dedi u otga, – vassalom. Tolmas yoʻrgʻa uni orqaga – ovulga uchirib olib ketdi. Keng bahor dashti ot tuyogʻining dupur-dupuri ostida shamol bilan birga uni qarshilar edi. Faqat otning chopishigina Tanaboyni tinchlantirib, uning dardiga malham boʻldi. Shu kuni kechqurunoq Tanaboy oʻz joyiga, toqqa qaytib keldi. Xotini uni jimgina kutib oldi. Otning jilovidan tutib, erining qoʻltigʻidan ushlab egardan tushishga yordamlashdi. Tanaboy oʻgirilib xotinining kiftiga oʻzini tashlab quchoqladi. Xotini ham uni quchoqlab yigʻlardi. – Choroni dafn etdik! U yoʻq oramizda, Jaydar. Yoʻq mening doʻstim! –deyardi Tanaboy yana koʻz yoshlariga erk berib. Keyin u oʻtov oldidagi xarsang toshga jimgina oʻtirdi. Oʻzi xoli boʻlishini istardi. Oppoq qorli togʻning qirrali choʻqqilaridan sekin koʻtarilib kelayotgan oyning chiqishini koʻrishni istardi. Xotini oʻtovda bolalarini yotqizayotgan edi. Oʻchoqda olovning charsillab yonayotganligi eshitilardi. Keyin temir qoʻbizning yurakni ezuvchi ohangi yangradi. Goʻyo shamol alam bilan ingrayotganday, goʻyo bir odam dalada yigʻi aralash ashula aytib yugurayotganday, atrofdagi hamma narsalar esa nafasni ichiga yutib, sukut saqlab turganday va faqat insoniy qaygʻu-hasrat nola chekayotganday edi. Goʻyo u yugurar va oʻzining qaygʻu-alami bilan qayerga bosh urishni bilmas, bu sokin va kimsasiz yerda alamlarini aytib, koʻnglini qanday boʻshatishni bilmas, unga hech kim javob qilmasdi. U oʻzi yigʻlar, oʻzini oʻzi tinglardi. Tanaboy xotinining «Keksa ovchining qoʻshigʻi»ni aytayotganini angladi... Men seni oʻldirdim, oʻgʻlim Qoragul, Holimga yigʻlar kim, oʻgʻlim Qoragul. Taqdir jazoladi, oʻgʻlim Qoragul, Qismat oʻch oladi, oʻgʻlim Qoragul. Ovchilik kasbiga, oʻgʻlim Qoragul, Oʻrgatdim, oh, nega, oʻgʻlim Qoragul. Qush-hayvon qiyratding, oʻgʻlim Qoragul, Jonivorni otding, oʻgʻlim Qoragul? Har tirik mavjudot, oʻgʻlim Qoragul, Dastingdan oʻlsa nahot, oʻgʻlim Qoragul. Yolgʻiz koldim olamda, oʻgʻlim Qoragul, Hech bir inson shu damda, oʻgʻlim Qoragul. Yigʻimga solmas quloq, oʻgʻlim Qoragul, Men seni oʻldirdim, oʻgʻlim Qoragul, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling