Topshiriq. O’quvchi-o’quvchi o’rtasida konflikt
Download 16.93 Kb.
|
1-topshiriq. o'quvchi-o'quvchi
Topshiriq. O’quvchi-o’quvchi o’rtasida konflikt (dialog) Yo’lakda o’quvchilarning shovqini eshtildi. Vaziyatni bilish uchun xonadan chiqqanimda 2 o’quvchi qiz gap talashayotgan ekan. Ular o’rtasidagi muammoni aniqlash uchun ikkalasini ham xonamga taklif qildim. Oldin ularni tinchlantirib keyin esa bor gapni aytib berishlarini iltimos qildim. Lekin ular ikkalasi ham shunchalik jahl va g’azab otiga mingan ediki hech biri aytishni hohlamadi. Qizlar xonadan birin – ketin chiqqib ketishdi. Biroz vaqt o’tgach haligi qizlarning biri kirib keldi. Assalomu aleykum ustoz. Va aleykum assalom. Kechirasiz boya tarbiyasizlik qilib szini savollaringizga javob bermadik. Tushuning o’rtamizda bo’layotgan bu tushunmovchilik meni ham juda qiynab yubordi. Shu sabab ham sizdan kechirim so’rash, ham bu muammoga yechim topish uchun yordam so’rab keldim. Ha ho’p mayli. Lekin yechimni topish uchun sen menga barcha tafsilotlarini gapirib berishing kerak. Ho’p,lekin.. men qo’rqayabman. Nimadan? Kursdoshlarim orasida masxara bo’lishdan. Nima uchun masxara bo’lasan. Psixolog bilan maslahatlashish bu sharmandali ish emas. Aslida sen uchun hozirgi vaziyatda foydali. Qani menga bor gapni boshidan boshlab aytib berchi. U ancha vaqt jim o’tirdi. Bir xo’rsinib nafas oldi da bu voqeada ikkisini ham aybsiz ekanliigini va ikkalasi ham aldanishganligini aytdi. Asli bu ikki qiz juda yaqin dugona bo’lib, doim birga yurishar ekan. Dugonasining yigiti bor ekan. Lekin judayam ayyor va qizlarga suyagi yo’q yigitligini u bilib qolib unga hardoim takror aytgan. Lekin dugonasi yigitiga ishongan. Kunlardan bir kuni yigit bu qizga ham shilqimlik qila boshlagan. Yigitning rayini qaytarganiga qaramasdan uni tinch qo’ymagan. Bir kuni dugonasi bilan birga o’tirgan vaqtda uning telefoniga yigitdan qo’ng’iroq keladi. Yigitining raqamini yod bilgan qiz uning dugonasiga qo’ng’roq qilayotganidan ajablanadi va sababini so’rmasdan dugonasidan hafa bo’ladi. Uning doim yigiti haqida aytgan gaplarining hammasi yolg’on va uni yigitga erishishni hohlagan deb o’ylaydi. Dugonasini do’stlikga hiyonatda ayblaydi. U borib hamma gapni aytib tushuntirmoqchi bo’lganda ham uni eshitmay ko’pchilikning oldida izza qiladi. Bu hafagarchilik hali ham davom etayotganligi va dugonasining uning qalbiga azor berayotganini aytdi. Men aynan ularning shu bahsining ustidan chiqqan ekanman. Yordamchimdan qizning dugonasini chaqirib kelishni iltimos qildim. U qiz keldi. Bu yerda dugonasining borligini ko’rib ajablandi. Mendan nima uchun chaqirttirganimni so’radi. Men unga dugonasining hamma gapni menga aytganligini va bu yerda uning aybsiz ekanligini aytib berdim. Ularga do’stlik alloh tomonidan in’om etilgan ne’mat ekanligini, uni asrab avaylash va saqlash kerakligini. Vaqt o’tib aldamchi yorlar sizni tark etishi mumkun lekin sodiq do’stlar sizni yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yolg’iz qoldirmasligini tushuntirdim. Ayniqsa ularning do’stligiga soya solgan o’sh yigitga o’xshash kimsalar hech qachon ularni qo’llamasligini va qiyinchilik kelganda ularni tashlab qochishlarini aytdim. Ikkala qiz ham ayblarini tushunishdi. Bir-birlaridan kechirim so’rab yarashib olishdi. Download 16.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling