Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 134 library.ziyonet.uz/ Tanaboy oʻzining yoʻrgʻasi bilan vidolashar, unga soʻnggi soʻzlarini aytardi: «Sen buyuk ot eding, Gulsari. Sen mening doʻstim eding, Gulsari. Sen oʻzing bilan birga mening eng yaxshi yillarimni olib ketyapsan. Men umrbod seni eslayman, Gulsari. Hozir ham seni tilga olayotganimning sababi shuki, sen jon beryapsan, dongdor otim Gulsari. Qachondir sen bilan u dunyoda uchrashamiz. Lekin men u yoqda sening tuyoqlaringning tapir- tupurini eshita olmayman. Axir u yoqda yoʻllar yoʻq, u yoqda yer yoʻq. Ammo men tirik ekanmanki, sen oʻlmaysan, chunki men seni eslab yuraman Gulsari. Tuyoqlaringning tapir-tupuri men uchun sevimli qoʻshiq singari jaranglaydi...» Keksa Tanaboy shunday xayollarga botarkan, zamon yoʻrgʻaning chopishi singari tez oʻtib ketganidan, ular negadir tez qarib qolganliklaridan xafa boʻlardi. Ehtimol, Tanaboy oʻzini qari deb hisoblashiga hali ertadir ham, lekin odam keksaligidan, yoshining ulgʻayganidan emas, balki, oʻzining qariligi, zamonasi, davri oʻtib ketganligi, endi faqat bundan buyongi umrini yashab tamomlashgina qolganligini his etishdan ham qariydi. Hozir, yoʻrgʻa jon berayotgan mana shu tunda Tanaboy oʻtgan umrini qaytadan diqqat bilan koʻz oʻngidan oʻtkazarkan, qarilikka bunchalik barvaqt taslim boʻlganidan, uni unutmagan va oʻzi Tanaboyni qidirib topib, oʻzi uning oldiga kelgan odamning maslahatiga darrov quloq solmaganidan afsuslandi. Bu voqea uni partiyadan oʻchirganlaridan soʻng yetti yil oʻtgandan keyin yuz bergandi. Tanaboy oʻsha vaqtlarda Sarihovuz darasida kolxoz ekinzorlariga nazoratchi boʻlib ishlardi, u yerdagi qorovulxonada oʻzining kampiri Jaydar bilan birga yashardi. Qizlari oʻqishga ketishdi, keyin esa kuyovga chiqishdi. Oʻgʻli texnikumni bitirgach, tumanda ishga tayinlandi, u ham endi oilali edi. Yoz kunlaridan birida Tanaboy daryo boʻyida oʻt oʻrib yurgandi. Pichan oʻradigan issiq va quyoshli kun edi. Dara jimjit. Chigirtkalar chirillardi. Qariyalarning oppoq keng ishtoni ustidan koʻylagini tushirib olgan Tanaboy shigʻillatib oʻrayotgan oʻtlarni bir tekis yotqizib borayotgan chalgʻi oʻroq ortidan odimlab borardi. Zavq bilan ishlardi. Sal nariroqda yengil «gazik» toʻxtaganligini, mashina ichidan ikki kishi chiqib u tomon yoʻl olganligini sezmay ham qoldi. – Assalom alaykum, Tanaka, hormang! – degan soʻzlarni eshitdi u yon tomondan. Qayrilib boqib Ibrohimni koʻrdi. U hali ham uddaburon, ikki beti qip-qizil, semiz, qorinli edi. – Mana biz sizni oxir topdik, Tanaka, – ogʻzi qulogʻiga yetib tirjaydi Ibrohim. – Raykom sekretarining oʻzlari keldilar, sizni koʻrgilari kelibdi. «Ha, tulki-ey! – Tanaboy beixtiyor zavqlanib oʻyladi u haqda. – Har qachon ham oʻziga issiq oʻrin topa oladi. Qara, qanday xushomad qilyapti. Eng yaxshi, oq koʻngil odamday- a. Hammaning ham koʻnglini oladi, hammaning ham tilini topadi!» – Vaalaykum assalom, – Tanaboy ularning qoʻlini siqib koʻrishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling