Xotira va mnemik faoliyat diagnostikasi Reja: 1. «Qisqa muddatli ko’rish xotirasi hajmini aniqlash». 2. «Tezkor ko’rish xotirasini baholash» 3. «Eshitish xotirasini baholash» - Xotiraning rivojalinishi bola bilan ishlashda ta’limning qaysi metodlarini ustunligiga, uni o’rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik «boyligiga» bog’liq. Materialning sezgi organlariga ta’sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko’rish, eshitish, ushalab ko’rib bilish, hid bilish, ta’m bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda olib qolish va uni qayta esga tushirishga bog’liq ravishda harakat, mexanik, obrazli, mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi.
«Qisqa muddatli ko’rish xotirasi hajmini aniqlash» - «Qisqa muddatli ko’rish xotirasi hajmini aniqlash»
- Bolaga galma-gal A va B rasmlar ko’rsatiladi.
- Bolaga rasmning A va B qismlari ko’rsatilgandan so’ng unga trafaret shakli taqdim etilib, boladan oldingi rasmdagi har bir qismdagi barcha chiziqlarni ushbu trafaretda ifoda etishi talab etiladi.
- Har ikkala tajriba natijalari xotira orqali to’g’ri qayta esga tushirilgan chiziq deb, namuna sifatida ko’rsatilgan chiziqlardan uzunligi va yo’nalishi jihatidan hyech qanday farq qilmaydigan chiziqlar qabul qilinadi (chpziqlardan chetlanish, uning buklanishi burchaklari saqlangan holda bitta katakdan oshmasligi lozim)!
- To’g’ri esga tushirilgan chiziqlar soni ko’rish xotirasi hajmining ko’rsatkichi hisoblanadi.
«Tezkor ko’rish xotirasini baholash» - «Tezkor ko’rish xotirasini baholash»
- Xotiraning ushbu turi masalani yechish jarayonida to’g’ri javobni aniqlash uchun kerakli axborotni shaxs qay darajada uzoq muddat xotirada saqlay olishi mumkinligi bilan belgilanadi. Axborotni saqlab turish vaqti, tezkor xotiraning qo’shimcha sifatlariga masalani yechish vaqtida bola tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarini ham kyritish mumkin. (xato deganda masalani yechish uchun kerak bo’lgan axborotni saqlay olmaslik kabi xususiyatlar nazarda tutiladi). Bolaning tezkor ko’rish xotirasini va uning ko’rsatkichlarini quyidagi tajriba bilan aniqpash mumkin. Bolaga tartib bilan 15 sekundga mo’ljallangan 6 tadan har xil shtrixlangan uchburchaklar ifodalangan kartochka takdim etiladi. Bola shunday kartochkadan birini ko’rib bo’lgandan so’ng, bu kartochkani olib qo’yilib, o’rniga 24 ta uchburchakni o’z ichiga olgan katga kartochka ko’rsatiladi. Ushbu kartochkada albatta bola hozirgina kurgan 6 ta uchburchak ham tasvirlangan.
Vazifaning maqsadi, bola ushbu kartochkadagi 24 ta uchburchakdan avvalgi alohida berilgan kartochkadagi 6 ta uchburchakni qidirib topib, to’g’ri ko’rsatishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |