Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 138 library.ziyonet.uz/ Gulsari yoʻl boʻylab sekin yurib ketdi. Shundan soʻng oxirgi marta yoʻrgʻa yana Tanaboyning qoʻliga tushdi. U otni parvarish qilib oyoqqa turgʻizgach, oxirgi marta Aleksandrovkaga olib borgandi. Ot yoʻlda oʻldi. Tanaboy oʻgʻli va kelini ikkinchi bola koʻrishlari munosabati bilan bordi. Ularga sovgʻa qilib bir nimta qoʻy, bir xalta kartoshka va xotini yopgan non hamda boshqa har xil yemishlarni olib kelgan edi. U Jaydarning kasalman degan bahona bilan kelmaganligining sababini keyinchalik tushundi. U hech kimga aytmagan boʻlsa-da, kelinini yoqtirmas edi. Oʻgʻli esa irodasiz, boʻshang yigit. Unga shafqatsiz, oʻktam xotin tushgan edi. Uyida oʻtiradigan bu ayol erini «gah» desa, qoʻliga qoʻnadigan qilib olgandi. Arzimagan narsa uchun kishini xafa qiladigan, haqorat qiladigan, faqat oʻzini yuqori tutib, soʻzini oʻtkazadigan odamlar boʻladi-ku, kelini ham xuddi shunday edi. Uning oʻgʻlini ishi boʻyicha yuqori lavozimga koʻtarishlari kerak ekan, ammo keyin negadir boshqasini koʻtarib, uni esa chetda qoldiribdilar. Kelini hech bir gunohsiz boʻlgan cholga tashlandi: – Butun umring choʻponlikda, yilqichilikda oʻtar ekanu partiyaga kirishning nima hojati bor edi. Baribir oxirida haydadilar, shu vajdan oʻgʻlingga ham yoʻl yoʻq. U endi yuz yil bir lavozimda qoladi. Sizlar u yoqda togʻda oʻz uyingizdasiz, siz keksalarga bundan ortiq nima kerak! Biz boʻlsak, bu yerda sizlarning kasofatingizga qolyapmiz. Qolgan gaplari ham shu mazmunda edi. Tanaboy kelganiga pushaymon boʻldi. Kelinini tinchlantirish maqsadida ishonchsizlik bilan dedi: – Agar ish shunday boʻladigan boʻlsa, ehtimol men yana partiyaga kirishni soʻrarman. – Sen partiyaga juda keraksan, ularning senga juda koʻzi uchib turibdi. Sandaqa qari- qartanglarsiz ish bitmas emish! – piqirlab kulib yubordi kelini unga javoban. Agar u kelini boʻlmay, kimdir boshqa odam boʻlganda Tanaboy shunaqa gaplarga chidab oʻtirarmidi. Ammo yaxshimi, yomonmi, ular oʻzingniki boʻlgandan soʻng nima ham qila olarding. Keksa chol jimgina oʻtirardi, eringning yuqori lavozimga koʻtarmaganlariga sabab otasining aybdor boʻlganligi emas, balki uning oʻzi hech narsaning uddasidan chiqa olmaganligi va shunaqa xotinga duch kelganligidir, oʻz qadrini bilgan kishi boshini olib qochib qutulishi mumkin edi, gap qaytarib oʻtirmadi. Xalq: «Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin» deb bekorga aytmagan. Biroq chol oʻgʻlini yana xotini oldida beobroʻ qilishni istamadi. Mayli, ular chol aybdor deb oʻylab yuraverishsin. Shuning uchun ham Tanaboy tezroq turib joʻnadi. Ularnikida qolishni istamadi. «Ahmoqsan, ahmoq! – soʻkardi u endi kelinini gulxan oldida oʻtirib. – Ajabo, qayoqdan ham bu yorugʻ dunyoga kelarkin shunaqa betamizlar? Na or-nomus, na izzat-hurmat, na boshqalarga yaxshilik qilishni bilasizlar? Faqat oʻzlaringni oʻylaysizlar! Hammani ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling