1. "Alpomish" dostonining o‘rtacha nechta varianti baxshilar tilidan yozib olingan?


Download 141 Kb.
Sana17.11.2020
Hajmi141 Kb.
#146913
Bog'liq
Alpomish testlar


“Alpomish”

1. “Alpomish” dostonining o‘rtacha nechta varianti baxshilar tilidan yozib olingan?

A) 20 dan ortiq B) 30 dan ortiq

C) 50 dan ortiq D) 40 dan ortiq

2. Qaysi baxshi bolaligi yetimlikda o‘tgan?

A) Bola baxshi B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li

C) Kichik Bo‘ron D) Ergash shoir

3. Yurtimizda “Alpomish” dostonining 1000 yilligi qachon nishonlangan?

A) 2000-yil B) 1999-yil C) 2001-yil D) 1998-yil

4. “Alpomish” dostoni bo‘yicha qo‘ng‘irot elida necha urug‘ qabilasi bo‘lgan?

A) 96 ta B) 10 ta C) 100 ta D) 16 ta

5. Elatiya nima degani?

A) qishloqi B) chorvadorlar tuzumi

C) ko‘chmanchi chorvador D) xalqchil odamlar

6. Dobonbiyga Alpomish nechanchi avlod sanaladi?

A) ikkinchi B) birinchi

C) uchinchi D) to‘rtinchi

7. Boybo‘ri va Boysarilar farzandsizligi sababli qayerda o‘ksitildi?

A) chapanitob odam kulbasida B) bir boyning cho‘pron to‘yida

C) o‘z uylarida D) qabr boshida

8. Boysari turib aytdi: «Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!»

Bu yerda nima haqida gap ketmoqda?

A) farzand B) mol-dunyo C) obro‘D) o‘rtakashlik

9. Boybo‘rining turar joyidan Shohimardon pir ravzasigacha necha kunlik yo‘l?

A) 4 B) 5 C) 2 D) 3

10. Aka-uka necha kun Shohimardon pir ravzasida yotishgach, farzand berilmagani to‘g‘risida xabar keladi?

A) 30 B) 32 C) 40 D) 39

11. Dostonda tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qanday siymoda tasvirlangan?

A) shoh B) baxshi

C) qalandar D) pahlavon

12. Alpomish necha yoshida o‘qib, mulla bo‘lgan edi?

A) 12 B) 10 C) 9 D) 7

13. Alpomishning Alpinbiy bobosidan qolgan parli yoy og‘irligi qancha?

A) 5 botmon B) 10 botmon

C) 14 botmon D) 7 botmon

14. Boysari Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. «Chiqarib olib, qizimga ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin», – dedi.

Ko‘l nomini toping. (Nuqtalar o‘rniga qarang!)

A) Ko‘kqamish B) Oynali

C) Arpali D) Aydar

15. Alpomish necha yoshida alp ataldi?

A) 12 B) 10 C) 9 D) 7

16. Boybo‘ri nega Boysaridan zakot olmoqchi?

A) ukasining saxiyligini bilib

B) ukasi baxilga chiqib qolishini istamaydi

C) o‘g‘lining gapiga kirib

D) amaldorning gapiga quloq osib

17. Zakot olish uchun necha mahram jo‘natiladi?

A) 6 ta B) 10 ta C) 14 ta D) 16 ta

18. Bu mahramlarning nechtasining quloq-burni kesilib, o‘zlariga yegizilib, otiga chappa mingizilib, otning ustiga tortib boylanib, «Mana buni zakot deb aytadi»,deb qo‘ng‘irot tarafiga haydab yuborildi.

A) 12 tasining B) 10 tasining

C) 9 tasining D) 7 tasining

19. Boysarining atrofida necha ming uyli qo‘ng‘irot eli yig‘ilgan edi?

A) 12 ming B) 10 ming

C) 20 ming D) 18 ming

20. Maslahat bermaymiz Boysariboyga,

Osilmaymiz Boybo‘rining doriga.

Yuqoridagi fikr kimga tegishli?

A) Yortiboyga B) Qorajonga

C) Alpomishga D) Barchinga

21. Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga,

Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga.

Yuqoridagi fikr kimga tegishli?

A) Yortiboyga B) Boysariga

C) Alpomishga D) Boybo‘riga

22. Dam shu damdir o‘zga damni dam dema,

Boshing eson, davlatingni kam dema.

Bu jumla “Alpomish” dostonining necha o‘rnida qo‘llangan?

A) 4 B) 5 C) 2 D) 3

23. Boysari yoki Boybo‘rilarning yilqisi necha to‘qay?

A) 60 B) 70 C) 80 D) 90

24. Qalmoq yurtining aholisi qanday ataladi?

A) qalmoq xalqi B) Kashal eli

C) Surxayl ahli D) Toychixon ahli

25. Qalmoq yurtidagi ko‘lning nomi nima?

A) Ko‘kqamish B) Oynali

C) Arpali D) Aydar

26. Barchin suluv sepini necha norga yuklashadi?

A) 60 B) 70 C) 80 D) 90

27. Boysarining nechta to‘pi bo‘lgan?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

28. Qalmoq yurti va Ko‘kqamishning orasida necha dovon tog‘ bor?

A) 60 B) 70 C) 80 D) 90

29. Surxayl kampirning uchinchi o‘g‘lining ismi nima bo‘lgan?

A) Ko‘kqashqa B) Boyqashqa

C) Ko‘kaman D) Toyqashqa

30. Chiltonlar Alpomishning tushiga qachon kiradi?

A) Barchindan xabar kelgan kun

B) Qalmoqqa borishining birinchi kechasining sahari

C) Qorajon bilan ko‘rishgan kuni

D) Qalmoqqa borishining ikkinchi kechasi

31. Barchinning shartiga ko‘ra alp necha qadamdan tangani urishi kerak?

A) 500 B) 700 C) 1000 D) 400

32. Kim tangani 500 metrdan ura olardi?

A) Ko‘kqashqa B) Boyqashqa

C) Ko‘kaldosh D) Toyqashqa

33. Boychibor sag‘risining ustidan qulog‘ining o‘rtasigacha necha qarich?

A) 96 B) 90 C) 63 D) 60

34. Boychiborning ayil tortuvi necha qarich?

A) 96 B) 90 C) 63 D) 60

35. Ko‘sa sinchining ko‘zining xuni qachon berilishi aytiladi?

A) hech qachon B) Boychibor Ko‘kdo‘nandan o‘zgach

C) – D) Barchin masalasi hal bo‘lgach

36. Qaysi tog‘da Boychibor va Qorajon ajdarhoga yo‘liqishadi?

A) Murod B) Zil

C) Boboxon D) Asqar

37. Nega ajdarho ularga salom beradi?

A) ot va uni minganlarga chilton, pirlar yor edi

B) odob yuzasidan salom beradi

C) qo‘rqqani sababli salom beradi

D) yuqoridan shunday vahiy kelgan

38. Alpomish 90-alp bo‘lgan chog‘ida qaysi tog‘ning boshini kamon o‘qi bilan uchirib tushiradi?

A) Murod B) Zil C) Boboxon D) Asqar

39. Barchin tomonidan Alpomishga jo‘natilgan elchilar necha kun hurmat, e’zozda bo‘lib qaytishadi?

A) 10 kun B) 20 kun

C) 15 kun D) 25 kun

40. ...Oblo, sendan boshqa yo‘qdir murabbiy.

...Karimsan, samadsan, rasuling barhaq.

Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?

A) Barchin B) Alpomish

C) Qorajon D) Qaldirg‘och

41. Qorajon va Boychibor qayerda bog‘lab tashlanadi?

A) Chilbir cho‘lida B) Oyna ko‘lida

C) Boboxon tog‘ida D) Zil tog‘ida

42. Ularni kishandan kim (nima) bo‘shatadi?

A) ajdahar B) Rajab pir ruhunati

C) chiltanlar D) mardonlar

43. Kishandan qutilgan Boychibor bir kecha-kunduzda necha otdan o‘zadi?

A) 400 ta B) 499 ta

C) 460 ta D) –

44. Ko‘kaldosh kaltagining og‘irligi qancha?

A) 200 botmon B) 500 botmon

C) 400 botmon D) 300 botmon

45. Boychibor Ko‘kdo‘nanning sag‘risidan tishlab, qancha masofaga otib yuboradi?

A) 10 ming qadam B) 20 ming qadam

C) 30 ming qadam D) 40 ming qadam

46. «Ham otimdan, ham yurtimdan ayrildim»

Ushbu jumla kimga tegishli?

A) Barchinga B) Alpomishga

C) Qorajonga D) Qaldirg‘ochga

47. Ko‘kdo‘nandan o‘tolmayotgan Boychibor Barchinning qaysi so‘zini eshitib, kalta qantarib tashlangan tizginni uzib ketadi va o‘zadi?

A) Qurruyo-qur hayt B) Oq to‘shim – yayloving

C) sochim shibirtki D) to‘ramning oti

48. Qorajon marraga yetgach, baxmal o‘tovni necha marta aylanib chiqadi?

A) 4 B) 5 C) 7 D) 9

49. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan,

Ichida chichqonlar bolalab yotgan.

Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan…

Yuqoridagi ta’rif kimga qaratilgan?

A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga

C) Qo‘shquloqqa D) –

50. Odam tushmas buning aytgan tiliga,

Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.

Yuqoridagi ta’rif kimga qaratilgan?

A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga

C) Qo‘shquloqqa D) –

51. Alpomish va Barchinlarning to‘yida ichkariga kirish oldi necha xil rasm-rusum marosimi o‘tkaziladi?



A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

52. Kim Ko‘kaman va uning olti ukasiga tirlashgani har mamlakatdan alplarni yig‘ib keltirgan edi?

A) Surxayl B) Boysari

C) Qalmoqshoh D) Kayqubod

53. 90 alp qaysi g‘orda boqilib yotilardi?

A) Kashal B) To‘qayiston

C) Izmir D) Olatov

54. Alplarning har qaysisining sovuti necha botmon temirdan?

A) 60 B) 70 C) 90 D) 80

55. Ularning davlatdan oladigan moyana (oylik) lari qancha edi?

A) 500 so‘m B) 500 tanga

C) 500 dinor D) 500 dirham

56. Barchin alp, barkamol qiz bo‘lib yetishganda yag‘rinlari necha qarichdan edi?

A) 5 C) 10 C) 15 D) 20

57. “Bunday dalada chatoq qilib yurganimiz bo‘lmas. Yuringlar, to‘qsonimiz ham boraylik. O‘zbekning qizini yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik. O‘rtada javlik xotinli bo‘lib qolaylik

Yuqoridagi fikr kimga tegishli?

A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga

C) Qo‘shquloqqa D) Ko‘kaldoshga

58. Ushbu asarda Kelganboy kim?

A) Boybo‘ri B) Yortiboy C) Barchin D) Boysari

59. Bu alplarni kuyov qilib olamiz,

Mina elga toza erkin bo‘lamiz.

Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz.

Yuqoridagi fikr kimning tilidan aytilgan?

A) Qorajon B) Yortiboy C) Barchin D) Boysari

60. Nega qo‘ng‘irotlar alplarning erta choshkay vaqtida kelishlari oldidan Barchinning o‘tovini ko‘tarib, ho‘, anaday ovloq tepaning boshiga tikib qo‘yishdi?

A) rasm-rusumga ko‘ra B) qo‘rqqanlari sabab

C) buyruqqa binoan D)–

61. Barchin o‘z o‘tovida kimni halol yiqitib, tizzasi bilan bosib oladi?

A) Boyqashqani B) Ko‘kamanni

C) Qo‘shquloqni D) Ko‘kqashqani

62. Barchin yozib bergan maktubni elchilar qancha kunda Qo‘ng‘irotga eltib berishadi?

A) 60 B) 70 C) 90 D) 80

63. «Bular qanday odam ekan, beadablik bilan salom berdi menga?»,– deb norozilangan obraz kim?

A) Boybo‘ri B) Alpomish

C) Ko‘kaman D) Ko‘kaldosh

64. Necha mahram Barchin maktubini Boybo‘riga olib kelib topshirishadi?

A) 15 ta B) 14 ta C) 10 ta D) 12 ta

65. Alpomishga ot bermay,uni qo‘rqitib ortga qaytarib yuborishni tayinlagan obraz qaysi javobda berilgan?

A) Boybo‘ri B) Alpomish

C) Ko‘kaman D) Ko‘kaldosh

66. Barchinni ayirib olish uchun jo‘nagan Alpomishning bu vaqtda yoshi necha edi?

A) 21 B) 14 C) 15 D) 18

67. Ushbu dostonda nechta obraz Alpomishni narmoda deb ataydi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

68. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi,

Oblo sening aqlu hushing oldimi,

Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?

Alpomishga qarata aytilgan bu fikr kimning tilidan aytiladi?

A) Qaldirg‘och B) Qultoy C) Ko‘kaldosh D) Barchin

69. Alpomishni Qalmoq yurtiga borib, Barchinni dushman zulmidan xalos etishiga kim jonbozlik ko‘rsatadi va murodiga yetadi?

A) singlisi B) onasi C) otasi D) yilqiboqari

70. «Xafa bo‘lma, bu oting, balki tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi», – deb kim aytadi?

A) Barchin B) Qorajon

C) Qaldirg‘och D) Kosa sinchi

71. Alpomishning tushiga qaysi payg‘ambar kiradi?

A) rasuli akram B) Dovud

C) Muso D) Ibrohim



72. «Alpomish» dostonida «...Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli...» ta’rifi kimga nisbatan ishlatilgan?

A) Ko‘kaldoshga nisbatan B) Yortiboyga nisbatan

C) Qorajonga nisbatan D) Alpomishga nisbatan

73. Payg‘ambarning gapiga ko‘ra kim Boychiborga jilovdorlik qiladi?

A) Rajabbek pir B) Bobo Qambar

C) Shohimardon pir D) Qorajon

74. Dostonda kim Yusuf tal‘atli, Rustam sifatli, choykar otli deya ta’rif etiladi?

A) Qorajon B) Qultoy

C) Alpomish D) Ko‘kaldosh

75. Qorajon va Alpomishning ko‘rishishi natijasida Qorajonning necha qovurg‘asi sinib ketadi?

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

76. G‘ayridinlardan olinadigan soliq ?

A) jiz’ya B) xiroj C) oʻlpon D) vaqf

77. Aytgan so‘zimning poyimini bilsangchi…

Tagiga chizilgan so‘z qanday ma’noni bildiradi?

A) xulosa B) oxiri C) fahm, ma’no D) bo‘lari

78. Chilton deganda necha avliyo nazarda tutiladi?

A) 20 ta B) 30 ta C) 50 ta D) 40 ta

79. Ushbu dostonda kim o‘zini quyonchiq kasalim bor deb ta’kidlaydi?

A) Alpomish B) Surxayl

C) Qorajon D) Ko‘kaman

80. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‘zbek baxshilari tomonidan kuylangan yuz ellikka yaqin doston borligi aniqlashgan va variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda, ulardan qancha asar yozib olingan?

A) 300 ta B) 400 ta C) 250 ta D) –

81. Xalq dostonlari olimlar tomonidan nechta turga ajratilgan?

A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta

82. Qanday doston poema deb ham yuritiladi?

A) kitobiy B) qahramonlik

C) jangnoma D) romantik

83. Nohaqlik qilinib, kigizga oʻrab tashlangan, ammo boshqa joyda shohlik uchun kigizga koʻtarib e᾽zozlangan shahzoda obrazi qaysi asarda bor?

A) «Ravshan» B) «Kuntug'mish»

C) «Alpomish» D) «Rustamxon»

Dostonlardan(2015)

1. «Alpomish» dostonida Barchin «Saman otli, sarjig'ali bek yigit»ga murojaat qilib nimani so'raydi?



A) poygada g'olib bo'lishini so'raydi

B) to‘rt shartini bajarishini so'raydi

C) olti oyga muhlat so'raydi

D) olishmasdan siltab otishini so'raydi

2. «Ravshan» dostonida Qoraxon podsho kimdan qo‘rqar edi?



A) Hasanxondan B) Ravshandan

C) Kampirning olti o‘g‘lidan D) to'rtta polvondan

3. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida chichqonlar bolalab yotgan. Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan, Munday qalmoq qo‘lin bulg'ab keladi.



«Alpomish» dostonidan olingan ushbu parchada kimning ta’rifi berilgan?

A) Qo‘shquloq B) Boyqashqa

C) Ko‘kaldosh D) Ko‘kaman

4. Qaysi dostonda ota o'z o'g'lini «nor kalla qo'chqor» deb ataydi?

A) «Ravshan» B) «Kuntug'mish»

C) «Alpomish» D) «Rustamxon»



5. Sultonxon Rustamxon haqida «Oti Rustam, o‘zi nor kalla qo'chqor» deb kimga aytadi? («Rustamxon» dostoni)

A) Huroyimga B) Ximcha kanizga

C) qalandarlarga D) Oftoboyga

6. Ko‘kqamish ko'lidan suqsur uchirdim,



Suqsurni izlagan lochin bo‘laman.

«Alpomish» dostonidan olingan ushbu so‘zlar kimning tilidan aytilgan?

A) Barchin B) Alpomish C) Qaldirg‘och D) Qultoy

7. Xalq dostonlaridagi qaysi qahramonga nisbatan «...zo'rlik nomiga boshida tilla jig'asi bor, ostida suvoriga minib yuradigan saman yo‘rg‘asi bor...» degan ta’rif qo'llangan?



A) Ko'kaman B) Alpomish

C) Ko‘kaldosh D) Rustam

8. Qaysi xalq dostonida «Kaptarday bo‘b yurgan qizlar” tasviri berilgan?



A) «Alpomish» B) «Kuntug‘mish»

C) «Rustamxon» D) «Ravshan»

9. «Alpomish» dostonida Alpomish «...Men sachratib borsam minib bir tulpor, 0‘zima yor, bobo, senga xizmatkor...» deb kimga aytgan?



A) Boybo'riga B) Shohimardon pirga

C) Boysariga D) Qultoyga

10. 0‘quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan?



A) «Alpomish», «Rustamxon»

B) «Alpomish», «Rustamxon», «Kuntug‘mish»

C) «Rustamxon», «Kuntug'mish», «Ravshan»

D) «Kuntug‘mish», «Ravshan»

11. Jon jasaddan bir beqaror bo'lganda,



Ziyon yotib, rahmat toshar bo'lganda,

Rahmat daryo ayni toshib kelganda,

Tush ko‘ribman fayzi sahar bo'lganda.

Ushbu misralarni qaysi qahramon o‘z tushi haqida aytgan?

A) Ravshan B) Qorajon

C) Alpomish D) Barchinoy

12. «Alpomish» dostonida Boychibordan ko'ngli to‘lmagan Alpomishga qaysi qahramon «Xafa bo‘lma,bu oting,balki tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko'radi», deya uning ko'nglini ko‘taradi?



A) Qultoy B) Qaldirg'ochoyim

C) Boybo‘ri D) Shohimardon pir

13. «Alpomish» dostonida qaysi qahramon o'zining quyonchiq kasali borligini bahona qilib, vaziyatdan chiqib ketgan edi?

A) Hakimbek B) Ko‘kaman

C) Ko‘kaldosh D) Qorajon

14. «Alpomish» dostonida Barchinoy qaysi qahramonni bir qo'li bilan yoqasidan olib, bir qo'li bilan belbog'idan tutib ko'tarib, chalqaramon qilib yerga qo'ygan edi?

A) Ko'kaldoshni B) Ko'kamanni

C) Qorajonni D) Hakimbekni

15. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi parcha kimning tilidan aytilgan?

Maydon bo‘lsa bedov otlar topilar, Chopib kelsa banot jullar yopilar, Men ham bildim, yo'qchi bo‘lib kelibsan, G‘am yema begijon, yo‘g‘ing topilar.

A) Huroyim B) Rustamxon

C) Oftoboy D) qalandarlar

16. «Alpomish» dostonida quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan?

«Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Mina elda bizlar davron suramiz»

A) Boysari B) Alpomish



C) Barchinoy D) Yortiboy oqsoqol

Yangi test.

1. Fozil baxshining tugʻilgan qishlogʻi yasalma sifatida qaysi soʻz turkumi hisoblanadi?

A) sifat B) ot C) ravish D) fe᾽l

2. Voqealarning qiziqarliligi, ifodaning ta’sirchanligi, tasvirning izchilligi, О'zbek xalqiga xos belgilarni aks ettira olish qudrati bilan Fozil baxshidan yozib olingan qaysi doston birinchi darajali doston sanaladi?

A) «Ravshan» B) «Kuntug'mish»

C) «Alpomish» D) «Rustamxon»

3. Fozil Yoʻldosh baxshi qancha dostonni yod bilgan?

A ) 40 dan ortiq B) 50 dan ortiq

C) 60 dan ortiq D) 100 dan ortiq

4. Qaysi dostonda o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan?

A) «Ravshan» B) «Alpomish»

C) «Kuntug'mish» D) «Rustamxon»

5. «Alpomish» da insoniy fazilatlari bilan ko‘pchilik erkaklardan baland tura oladigan obrazlar sonini aniqlang.

A ) 1 B) 2 C) 4 D) 3

6. «Alpomish» dostoni boʻyicha notoʻgʻri tahlilni toping.

A ) Bu dostonda o'zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta’sirli aks ettirilgan.

B) “Alpomish” dostonida o‘zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan.

C) 2000- yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda keng bayram qilindi.

D) Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olami va ruhiyat dunyosini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir.

7. Dostonda “Azamat bosh berar dinning yo'liga” deb kim aytadi?

A ) zakot soʻrovchilar B) Alpomish

C) Qorajon D) Boysari

8. “Boʻsagʻa, poygak tomon” mazmunidagi soʻzni toping.

A ) tabla B) paygabet C) juz᾽ya D) javlik

9. “… og‘ziga odam kirib ketadi” iborasi dostonda nimaga ishora sifatida qoʻllanadi?

A) mol-dunyoga B) vaqtga C) gʻorgaD) oshga

10. Bedov ot mingan obrazlar kimlar?

A ) 90 alp qalmoqlari B) Alpomish va Qorajon

C) Boybo‘ri, Boysari D) Qultoy va Qorajon

11. Qirq kun oʻrtadan aniq o‘tdi, boz ravzadan ovoz keldi.

Tagiga chizilgan soʻzning soʻz turkumi nima?

A ) ravish B) ot C) fe᾽l D) sifat

12. Nechta xalq dostonida safar yo ovga chiqqan shoh timsollari qaytishda suyunchi soʻragan suyunchi soʻrovchilarga oltin berishni niyat qilishadi?

A) 1 B) 2 C) 4 D) 3

13. Shohimardon pir tomonidan biylarning oʻgʻil-qizlariga ism qayerda qoʻyildi?

A) otxonada B) majlisxonada

C) keng yaylovda D) ravza ichida

14. “Tulkini inlatgan tozi” iborasi qachon qoʻllangan?

A) paygabetdan chapanitob odam tomonidan

B) Boybichalarning toʻlgʻoq vaqtida

C) Koʻkaldosh tomonidan Bobotogʻda

D) Oybarchinning qalmoq polvonini yiqitib olgan vaqtida

15. Hech kim bo'lmas Alpomish bilan barobar jumlasi ilk bor kimning tilidan aytilgan?

A ) Muhammad (s.a.v) B) Rajab pir

C) Qorajon D) Shohimardon pir

16. Alpinbiydan qolgan yoy nimadan ishlangan edi?

A ) brinch B) oltin C) kumush D) temir

17. Dostonda “90 alp” soʻzi necha mamlakatda odamlar tomonidan tilga olinadi?

A ) 2 B) 1 C) aytilmagan D) 3

18. Alpomish baxil, saxiydan gap ketganda sanab oʻtmagan gapni toping.

A ) otda kelgan mehmonga mehmonnovozlik qilish yo qilmaslik

B) mozordan oʻtar vaqtda otdan tushib oʻtish yo oʻtmaslik

C) kishining moli zakotga yetganda zakot berish yo bermaslik

D) otda mozor boshidan oʻtguncha chap oyoqni uzangidan chiqarib, marhumlar ruhiga duo qilish yoki qilmaslik

19. Otining bo‘yniga tilla qo‘tos taqilgan obrazlardan kim “Yoʻl boʻlsin”, deb so‘raydi?

A ) Qultoy B) Qorajon

C) Boysari D) Yortiboy

20. Dostondan bezakot mollarni harom bilgan obrazni toping.

A ) Toychixon B) Alpomish

C) Boysari D) Yortiboy

21. Qalmoqlarning hududidagi dashtni Boysari nima deb ataydi?

A) Chilbir B) Oyna

C) Kashal D) Toʻqayiston

22. “Alpomish” dostonida ikki oʻgʻilli timsolni toping.

A ) Boyboʻri B) Yortiboy

C) Qalmoqshoh (Toychixon) D) Alpinbiy

23. Boysarining Qalmoqqa koʻchishida ayollarga qanday hayvonlar yoki ulovlar minish uchun tayyor qilib beriladi?

A) ot B) tuya C) eshak D) arava

24. Tilla yuganli toʻriq otni yetaklab olib kelish jarayoni kim tomonidan amalga oshirilgan?

A ) 40 ming tuyali kambagʻal B) Alpomish

C) Qorajon D) qalmoqning zulmidan yigʻlagan ena

25. Qaba falak boshga soldi zulm deb,



Eliboylar bundan kochib boradi.

Tagiga chizilgan soʻz ma᾽nosini toping.

A) tartibsiz B) javokash

C) teskari aylanuvchi D) zolim

26. Joy-hudud bilan bogʻliq soʻz qaysi qatorda berilgan?

A ) tabla B) javlik C) shobir D) muzofot

27. Necha vaqtlar kormasi shu maslahatni qilib yurdi.

Tagiga chizilgan soʻz qaysi soʻz turkumi sanaladi?

A ) sifat B) ot C) ravish D) fe᾽l

28. “…xayoli qochib, nash’asi uchib, o‘ylanib” qolgan obraz kim?

A) Boysari B) Alpomish

C) Qaldirgʻoch D) Yortiboy

29. Barchinning muchali qaysi qatorda berilgan?

A) sichqon B) tovuq C) ot D) qoʻy

30. Soch tutami ma᾽nosidagi soʻz qaysi qatorda berilgan?

A ) shabgir tortish B) doʻgʻilib

C) burum D) bog‘onogʻi

31. “Bizda ko‘ngli bor ekan”, — debdi Ko‘kaldosh alp.

Tagiga chizilgan soʻzning asl oʻrnida qoʻllaniluvchi olmosh qaysi qatorda berilmagan?

A ) kamina B) bandai ojiz C) qulingiz D) alar

32. Kecha-kunduz shabgir tortish talab qilingan obrazlarga Barchinoy nima deb murojaat qiladi?

A ) boyvachchalar B) elchilar

C) xaloskorlar D) xizmatkor

33. Alpomishning qancha gʻayrati borligini sinamoqchi boʻlgan obraz kim?

A ) Barchin B) Qaldirgʻoch

C) Koʻkaldosh D) Qorajon

34. Shamiyon qaytarib birikmasining qanday ma᾽no anglatishini aniqlang.

A) yigʻilib B) fahm, ma᾽no

C) gerdayib, vahima qilib D) qaqqayib

35. Vallamat soʻzi necha doston qahramoniga nisbatan qoʻllangan?

A ) 4 B) 3 C) 1 D) 2

36. Dostonda “Koʻz kuyugi jumlasi kimga nisbatan qoʻllangan?

A) Alpomish B) Koʻkaldosh

C) Qultoy D) Qaldirgʻoch

37. Dostonda “qaqqayib” ma᾽nosini beruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?

A ) bogʻonag’i B) dabgiridan adashish

C) tangqa taylab D) zinkiyib

38. Chalqaramon yiqitilgan obrazlarning koʻkragiga tizza qoʻyish holati necha oʻrinda mavjud?

A ) 4 B) 3 C) 2 D) 1

39. Hakimbeyning qoʻlida kimdan qolgan qoʻriq bor edi?

A ) Alpinbiydan B) Rustami dostondan

C) Dobonbiydan D) Qultoydan

40. Islom dinining asoslarini ishlab chiqqan 12 imomni kim oʻz nutqida ishlatgan?

A) Barchin B) Alpomish C) Qorajon D) Qaldirg‘och

41. Dostonda tush koʻrilmagan joyni aniqlang.

A ) chodir B) baxmal oʻtov

C) cho‘ponlarning qoʻshxonasi D) gʻor ichida

42. “G‘oz” ma᾽nosini beruvchi kanizak qaysi asarda bor?

A) «Ravshan» B) «Alpomish»

C) «Kuntug'mish»D) «Rustamxon»

43. Dostonda “kulli eranlar” nimaga oʻxshatiladi?

A ) yulduzga B) aydaharga C) oyga D) pirlarga

44. “Ot tort”, deb necha qalmoq ko‘lga ov uchun joʻnab ketadi?

A ) 89 B) 90 C) 88 D) –

45. Yusuf tal’atli, Rus­tam sifatli, chovkar otli birov yonboshlab yotgan tepa qanday nomlangan?

A ) Murod B) Zil

C) Asqar D) Bobotogʻ

46. “Komilbachcha” ishorasi kimga qaratilgan?

A ) Barchinga B) Alpomishga

C) Qorajonga D) Koʻkaldoshga

47. “Yoʻgʻon tomir” ma᾽nosini bildiruvchi soʻz qaysi qatorda berilgan?

A ) moya B) gala C) chuyda D) suqsur

48. Alpomishning gapiga koʻra yozda qaysi daryo u uchun yaylov hisoblanadi?

A ) Amu B) Sir C) Zarafshon D) Orol

49. Qoʻngʻirot eli va Alpomish qayerda tangqa taylaydi?

A ) Olatovda B) Toʻqayistonda

C) Chilbirda D) Bobotogʻda

50. Boysinlik obrazni toping.

A) Toychixon B) Surxayl C) Alpomish D) Qorajon

51. “Qalaysan?” — deb, siqinqirab yubordi, mahramlarning panjasi bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketdi.

Belgilangan soʻzning koʻmakchi morfemasi qanday shakl ekanligini aniqlang.

A ) kelishik B) shaxs-son

C) egalik D) bogʻlama

52. “Alpomish” dostonidagi Barchin shartlariga koʻra sanalmagan shart bajaruvchisini toping.

1) yoyandoz; 2) qoʻriq tashlovchi; 3) chavandoz; 4) qirag‘ay mergan; 5) polvon

A ) 3 B) 2 C) 1 D) 5

53. Boychiborning qoʻltigʻida necha gaz qanot taklam-buklam boʻlib yotgan edi?

A) 4,5 B) 5 C) 6 D) 4

54. Boychiborga nisbatan ishlatilgan sinchining “juda zoʻr” degan soʻzi qanday soʻz orqali berilgan?

A ) shibanib B) anday

C) jodirim D) shumgʻut

55. “Jodirim boʻlish” soʻzi kimning tilidan olingan?

A) Koʻkaldosh B) Barchinoy

C) Alpomish D) Surxayl kampir

56. Qalmoqlar kallasi kapaday, tanasi tepaday, butlari selanglab kelar vaqtida Alpomish qayerda edi?

A ) g‘orda B) oʻtovda C) chodirda D) uyda

57. Tarkibida “Avliyo” soʻzi mavjud boʻla oladigan birlikni toping.

A ) qutbi zamon B) kulaband

C) shumgʻut D) dustaman

58. “Shumgʻut” soʻzi kimga qaratilgan?

A) Barchinga B) Alpomishga

C) Qorajonga D) Koʻkaldoshga

59. “Bul o‘zbakning oti o‘zib boradi,

Bul Qorajon bir baloni qiladi”, degan fikr kimning xayolidan oʻtadi?

A) Koʻkaldosh B) Barchinoy

C) Alpomish D) Surxayl kampir

60. Qayerda Boychibor banot toʻrvada yem yeydi?

A) Chilbirda B) Arpalida

C) Koʻkqamishda D) Bobotogʻda

61. Qalmoqlardan kim birinchi boʻlib, polvonlar davrasiga kiradi?

A ) Toyqashqa B) Koʻkaman

C) Qoʻshquloq D) Boyqashqa

62. Polvonni dustaman qilib yiqitib tashlagan obraz kim?

A ) Koʻkaldosh B) Alpomish

C) Barchin D) Qorajon

63. Ikki kun davom etganligi haqida aniq toʻxtalib oʻtilgan Barchin sharti nechanchi shart edi?

A) 4 B) 3 C) 2 D) 1

64. “Alpomish” dostonida kim “ey ahmoq” degan undalma bilan “siylanadi”?

A) Koʻkaldosh B) Alpomish

C) Barchin D) Qorajon

65. Bel ushlashib olishgan polvonlar ayrit boʻlardi.

Belgilangan soʻz ma᾽nosini toping.

A ) ayricha, boshqacha B) ajralishmoq

C) ajrim, ora ochiq D) begona, yov

66. “Alpomish” dostonida xalq koʻz oʻngida yomonligiga yarasha jazo olib oʻlgan obraz ismi qaysi qatorda berilgan?

A ) Toychixon B) Koʻkaldosh

C) Qorajon D) Surxayl kampir

67. Xalq dostonlarining nechtasida oʻzga yurtda qirq kunlab toʻyi boʻlgan yoki qirq kunlab kelin-kuyov boʻlib yashagan kelin-kuyovlar obrazi yoritilgan?

A) 4 B) 3 C) 2 D) 1

68. Qaysi doston haqida fikr yuritilsa, muhabbat haqidami, yurtsevarlik toʻgʻrisidami, oshiqlik sha᾽ni haqidami yoki yigit ori toʻgʻrisidami degan savollar paydo boʻladi?

A) «Ravshan» B) «Kuntug'mish»

C) «Alpomish» D) «Rustamxon»

69. Dostonlarning bizgacha yetib kelishida nima asosiy sababchi boʻla oladi?

A) ogʻzaki adabiyotning dastlb paydo boʻlgani

B) xalqning badiiy xotirasi sabab

C) xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimgi shakli ekanlidan

D) baxshilarning qoʻlyozmalari tufayli

70. Qaysi bir jumla xalq dostoni tushunchasiga begona?

A ) she’r va nasriy yo‘lda aralash tasvirlangan yirik hajmlilik

B) Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o‘tgan qaltis voqealar boʻlishi

C) muallifi noma’lum dramatik asar

D) olimlar tomonidan bir necha turlarga boʻlinishi

71. She’riy yo‘lda yozilib, biror personaj kechirgan hodisalar shoirning his- tuyg‘ulari bilan uyg‘unlikda tasvirlangan dostonlar adabiyotshunoslikda nima deyiladi?

A ) romantik doston B) poema

C ) qahramonlik dostoni D) xalq dostoni

72. Xalq dostonlarining muhim belgisi nima?

A ) barmoq vaznida aytilishi

B) sodda vaznda boʻlishi

C) baxshilar tomonidan kuylanishi



D) she᾽r bilan nasrning aralash kelishi
Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling