Ayiqchanikiga mehmonga boramiz


Download 26.41 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi26.41 Kb.
#1204534
Bog'liq
AYIQCHANIKIGA MEHMONGA BORAMIZ


AYIQCHANIKIGA MEHMONGA BORAMIZ
(ilk yosh guruhi uchun mashg’ulot ishlanmasi)
Maqsad: bolalarga tabiat, tevarak-atrof, yil fasllari va tabiat hodisalari haqida tushunchalar berish; ularning jismoniy harakatlarini faollashtirish, so’z boyligini oshirib, nutqini rivojlantirish; bolalarni uy jihozlari, buyumlar, ustki kiyimlar nomini aytishga, ularni bir-biridan farqlashga o’rgatish; buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligi va miqdori bilan farqlanishini tushuntirish; mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, gigiyena va o’z-o’ziga xizmat qilishni o’rgatish, mehnatsevarlik hissini uyg’otish.
Kerakli jihozlar: 
– ariqni ko`rsatish uchun ko’k rangli mato, bo’yi 1–2 metr, eni 20 sm;
– ko’prik o`rnida o`rindiq, bo’yi 1–2 m, eni 20 sm, balandligi 20 sm;
– ayiqcha uchun uycha, uy jihozlari, o’yinchoqlar, oshxona buyumlari, karavotcha, ko’rpacha, yostiqchalar, o’yinchoq stol va stulcha;
– teshikkulcha yasash uchun xamir, q`l sochiq va likopchalar;
– bolalarning har biri uchun rangli piramidalar.
Mashg`ulotning borishi:
TARBIYACHI: – Aziz bolajonlar, mehmonlar bilan salomlashib olamiz.
BOLALAR: – Assalomu alaykum.
TARBIYACHI: – Bolalar, kelinglar, bugun ayiqchanikiga mehmonga boramiz. Ayiqlar qayerda yashaydi, bilasizlarmi?
BOLALAR: – Ayiqlar o’rmonda yashaydi.
TARBIYACHI: – Yuringlar, ariqdan sakrab, ko’prikdan o’tib, ayiqning uyiga boramiz.
Bolalar ariqdan sakrab, ko’prikdan qo’llarini yon tomonda tutgan holda, bittadan muvozanat saqlab yurib o’tadilar.
TARBIYACHI: – Mana, bolalar ayiqning uyiga ham yetib keldik. Eshikni taqillatib, uni chaqiramiz.
Ayiq uyidan chiqib bolalar bilan salomlashadi.
TARBIYACHI: – Salom, ayiqvoy, seni bezovta qilmadikmi? Biz bolalar bilan seni ko’rgani keldik. Mana, eng yaxshi ko’rgan ovqating – asalni ham keltirdik. Sen asalni juda yaxshi ko’rishingni bilamiz.
AYIQ: – Rahmat, meni xursand qildingiz. Sizlarni uyimga taklif qilar edim-ku, lekin hamma yoq besaramjon edi-da, sizlardan uyalaman.

TARBIYACHI: – Ayiqvoy, bizdan uyalma, senga uyingni tartibga solishga ko`maklashamiz. Xo`sh, bolalar, yordamlashamizmi?
BOLALAR: – Ha.
Bolalar uyni tartibga keltiradilar. Idish-tovoqlar yig’ilib, javonga kiyimlar ilinadi va taxlanadi. Tarbiyachi bolalardan idishlarning nomini so’raydi. Kiyimlarni ilgichlar rangiga qarab ilishga yordamlashadi. Bosh kiyimlar tepada, oyoq kiyimlar pastda turishini ta’kidlab o’tadi.
TARBIYACHI: – Bolalar, kelinglar, “Ayiqcha” she’rini aytib beramiz, ayiqvoy xursand bo’ladi.
Bolalar birgalikda harakatlarni bajarib, she’r aytadilar:
Ayiqchamning oyoqchasi tushdi uzilib,
Qarab turar ayiqcham ko’zi suzilib.
Ayiqchamni men juda yaxshi ko’raman,
Oyoqchasini o’zim tikib qo’yaman.
TARBIYACHI: – Ayiqcha, senga yod olgan she’rimiz yoqdimi?
AYIQ: – Menga judayam yoqdi. Xursand bo’ldim. Bolalar, men sizlar bilan raqsga tushib
o’ynagim kelyapti.
Bolalar ayiqqa taqlid qilgan holda “A-a” deb yuradilar. Joylarida aylanadilar, o’tirib chapak chaladilar.
AYIQ: – Bolalar, mening juda ham qornim ochdi. Asal va teshikkulcha yegim kelyapti.
TARBIYACHI: – Ayiqcha, bolalar teshikkulcha yasashni biladilar. Men senga shu teshikkulchalarni pishirib beraman.
AYIQ: – Juda yaxshi bo’lar edi-da. Bolalar, teshikkulcha yasashni bilasizlarmi?
BOLALAR: – Bilamiz.
TARBIYACHI: – Keling, unda qo’llarimizni artib, ayiqcha uchun teshikkulchalar pishirib beramiz.
Bolalar xamirdan teshikkulcha yasaydilar. Tarbiyachi bolalarga teshikkulcha tayyorlash usullarini o’rgatib boradi. Yasab bo’lingach, usti sochiq bilan o`raladi.
TARBIYACHI: – Bolalar, teshikkulcha pishguncha ayiqvoyga o’yinchoq yasab beramiz.
Tarbiyachi, dastavval, piramidani yig’ish usuli bilan bolalarni tanishtiradi. Bolalar betartib piramidani o’z o’rniga joylashtiradilar, har bir bola o’tirib yakka ishlaydi. Tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi. Ayiqvoy ham o’rnidan turib bolalarni maqtaydi, erkalaydi, asal va pishgan kulchalar bilan siylaydi.
AYIQ: – Meni xursand qildingiz. Shirin bo’lsa kerak-a? Rahmat, bolalar, bu teshikkulchalarni do’stlarim olmaxon, quyonlar bilan birgalikda baham ko’ramiz. Keyin maza qilib uyquga ketsam ham bo’ladi.
Ayiqcha bolalar bilan xayrlashadi.
Mashg`ulotdan so`ng tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Download 26.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling