“Fevral Matematika va Informatika” fan oyligi ochilishiga bag’ishlangan tadbir senariysi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, biz yoshlarni yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida o’z mehnatlarini ayamay, xormay-tolmay kelayotgan aziz va mehribon ustozlar, ilmga chanqoq o’quvchilar. Mana bugun barchamizga ma’lumki, har yili an’ana tarzida fevral oyi mamlakatimiz miqyosida matematika va informatika fanlari oyligi sifatida o’tkazib kelinadi. Bugungi fan oyligiga bag’ishlangan tadbirimizni ochib berish uchun saxnaga O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Djabbarov taklif qilaman.
Tadbir ochiq deb e’lon qilingandan so’ng.
Matematika va informatika o’qituvchilari I.O’ktamov va O.Mamadjanovlar so’zga chiqib tadbir qatnashchilarini fan oyligi rejasi bilan tanishtiradilar. Shundan so’ng.
Boshlovchi:
Bugun biz ana shu an’anani davom ettirgan holda fanlar bo’yicha bilimingizga bir oz bo’lsada bilim qo’shish maqsadida ushbu bellashuvni tashkil etdik va sizlarga o’z mahoratlaringizni ko’rsatib, bilimlaringizni baholatish hamda yangi bilimlarga ega bo’lishingiz maqsadida davraga chiqayotgan ikki jamoa yoshlarimizni taklif etilgan. Bugungi bellashuvni ochib berish uchun so’zni hurmat bilan maktabimiz O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Umidjon Muhammadjonovichga beraman.
Bugungi bellashuvimizda 9-“A” sinfining “al-Xorazmiy” va 10-“A” sinfining “Beruniy” jamoalari do’stona bellashadilar. Bellashuv shartlari quyidagilar:
Barcha bellashuvlar an’anaga ko’ra birinchi shartimiz: “Tanishtiruv”
Krossvord
Jamoa nomiga izoh berish.
Kompyuterda tez yozish
Erkin mavzu
Sardorlar bellashuvi
Bellashuv shartlarini holisona va halol baholash uchun hakamlar hay’ati tayinlangan, marhamat ular bilan tanishib olamiz.
Hay’at a’zolari:
O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Djabbarov
Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Abbasov
Maktab boshlang’ich kasaba uyushma raisi X.Qosimova
Birinchi shart bo’yicha “al-Xorazmiy” jamoaini davraga taklif etaman.
Birinchi shart bo’yicha “Beruniy” jamoaini davraga taklif etaman.
Hakamlar hay’ati 1-shartni baholagunlariga qadar “al-Xorazmiy” jamoasi qizlari ijrosida honanda Sardor Mamadaliyevning “Raqamlar” qo’shig’iga raqsini tomosha qilamiz.
Ikkinchi shart “Krossvord”ni yechish uchun davraga har ikkala jamoani taklif etaman.
Hakamlar hay’ati 2-shartni baholagunlariga qadar “Beruniy” jamoasi qizlari ijrosida milliy raqsni tomosha qilamiz.
Uchinchi shart “Jamoa nomiga izoh berish” uchun “al-Xorazmiy” jamoasini davraga taklif qilaman.
Uchinchi shart “Jamoa nomiga izoh berish” uchun “Beruniy” jamoasini davraga taklif qilaman.
Hakamlar hay’ati 3-shartni baholagunlariga qadar “al-Xorazmiy” jamoasi qizlari ijrosida “Hay mayli” raqsini tomosha qilamiz.
To’rtinchi shart “Kompyuterda tez yozish”. Bu shartni bajarish uchun har bir jamoadan bir nafardan o’quvchini taklif etaman. Matnni tez va bexato kiritish talab etiladi. Hakamlar hay’atidan bir kishini ularni kuzatish uchun taklif etamiz marhamat.
Hakamlar hay’ati 4-shartni baholagunlariga qadar 5-“A” sinf o’quvchi qizlari ijrosida raqsni tomosha qilamiz.
Beshinchi shart “Erkin mavzu”. Bu jamoalarga uyga vazifa sifatida oldindan berilgan, ular tayyorlab kelgan sahna ko’rinishlarini sizlarga taqdim etadilar.
Marhamat “al-Xorazmiy” jamoasi.
Endi navbat “Beruniy” jamoasiga.
Hakamlar hay’ati 5-shartni baholagunlariga qadar 6-“A” sinf o’quvchi qizlari ijrosida ijrosida raqsni tomosha qilamiz.
Bellashuvning oltinchi sharti an’anaviy “Sardorlar bellashuvi”. Jamoa sardorlarini davraga taklif etamiz. Ular tezkor savollarga javob berishlari va jamoalari sha’nini himoya qilishlari zarur.
Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan bellashuv g’olibi aniqlanib g’olib jamoa e’lon qilingandan so’ng.
Sahnaga O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Djabbarov va Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Abbasovlar chiqib g’olib jamoaga va qatnashchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alarini taqdim etadilar va fan oyligiga START beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |