Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 21 library.ziyonet.uz/ oʻtganimizda bir-birimizni eslaymiz. Ana shunda kimni yoʻqotganimiz, u qanday odam boʻlganligi, nimasi bilan dong chiqarganligi, qanday ishlar qilganligi birdan hammamizga ayon boʻlib qoladi. Tilsiz maxluq haqda nima deyish mumkin? Gulsari kimlarni olib yurmadi axir! Kimlar uni minmadi! Qarishi bilan uni hamma unutdi qoʻydi. Endi oyoqlarini zoʻrga sudrab yuribdi. Axir qanaqa ot edi u!» Soʻng u yana oʻtgan voqealarni eslay boshladi va qanday qilib koʻpdan beri xayolan oʻtmish kunlarga qaytmaganligiga oʻzi ham hayron boʻldi. Qachonlardir boʻlib oʻtgan ishlarning hammasi uning xotirasida jonlana boshladi. Hech narsa ham izsiz yoʻqolmas ekan. Ilgarilari u oʻtmish haqida kam oʻylardi, toʻgʻrirogʻi, oʻylashga yoʻl qoʻymasdi. Endi boʻlsa, oʻgʻli va kelini bilan boʻlgan gap-soʻzdan keyin jonini berayotgan saman otning jilovidan ushlab yoʻlda ketarkan, boshidan oʻtgan yillarni alam va hasrat bilan esladi va bu yillarning hammasi uning koʻz oʻngida yaqqol gavdalandi. U oʻz xayollari bilan band boʻlib qadam tashlab borardi, saman ot esa jilovni tobora ortga tortib sudralib kelardi. Cholning qoʻli tolib qolganida jilovni boshqa yelkasiga oshirar va yoʻrgʻani yana yetaklab ketar edi. Keyin u bunday yurishdan charchadi, saman otga ham dam berdi. Oʻylab turib otning kallasidan yuganni chiqarib oldi. – Oldinda yur, holing kelganicha yur, men orqangdan boraman, seni tashlab ketmayman, – dedi u. – Qani yur, asta-asta. Endi saman ot oldinda, Tanaboy esa yelkasida yugan, orqada borardi. U yuganni hech qachon tashlamaydi. Gulsari toʻxtaganida Tanaboy u kuch yigʻib olsin, deb kutib turar, soʻng yana ular yoʻlda sudralib ketishardi. Qari ot va keksa odam. Bir vaqtlar mana shu yoʻldan orqasida chang-toʻzon qoldirib Gulsari yelib oʻtganini eslab, Tanaboy gʻamgin kulimsirab qoʻydi. Choʻponlar mana shu chang-toʻzondan saman otning chopib oʻtganligini bilib olishlarini aytishardi. Tuyoqlari ostidan chiqqan chang choʻlda oppoq boʻlib suzar va shabada-shamolsiz kunlari u xuddi reaktiv samolyotning tutuniday yoʻl ustida muallaq osilib turardi. Bunday damlarda choʻpon kaftini koʻzlari ustiga soyabon qilib oʻzicha: «Gulsari kelyapti! Bu oʻsha Gulsari» derdi va issiq shamolda yuzini kuydirib, bu ot ustida yelib kelayotgan baxtli kishi haqida havas bilan oʻylardi. Dongʻi ketgan mana shunday yoʻrgʻa ustida oʻtirib borish qirgʻiz uchun buyuk sharafdir. Gulsari qancha kolxoz raislarini koʻrmadi deysiz, har xili boʻlgan – aqlli va tentaklari, sofdil va vijdonsizlari boʻlgan, ammo hammasi ham oʻz raisligining birinchi kunidan to soʻnggi kunigacha saman otni minib yurgan. «Qani endi ular? Ertadan kechgacha ularni olib yurgan Gulsarini goho-goho eslab qoʻyisharmikin?» – oʻylardi Tanaboy. Ular nihoyat jarlik ustidagi koʻprikka yetib olishdi. Bu yerda yana toʻxtashdi. Saman og yerga yotish uchun oyoqlarini buka boshladi, lekin Tanaboy bunga yoʻl qoʻyishi mumkin emasdi, keyinchalik hech qanday kuch bilan uni joyidan turgʻiza olmasdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling