Qurilish ohagining xossalarini aniqlash


Download 343.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi343.76 Kb.
#1370531
  1   2   3   4
Bog'liq
4-laboratoriya ishi. Qurilish ohagining xossalarini aniqlash




QURILISH OHAGINING XOSSALARINI ANIQLASH 
Kalsiy va magniyli tog’ jinslarini erigunga qadar, yuqori haroratda kuydirib va uni obdon 
tuyib, qurilish ohagi olinadi. Qurilish ohagi tosh yoki tuyilgan kukun holatida ishlatiladi. 
Ohak 3 xil bo’ladi: so’nmagan ohak (tosh yoki kukun holatida); so’ngan gidravlik ohak 
(mineral qo’shilmalar qo’shilgan ohak kukuni); so’nmagan ohak bilan karbonat tog’ jinslarni 
qo’shgan holda tuyilgan ohak kukuni. 
Qurilish ohagi O’zRSTda ko’rsatilgan texnik talablarni qondirishi kerak (4.1-jadval). 
Qurilish ohagining yaroqli ekanligini aniqlash uchun tajribaxonada uning xossalari 
o’rganiladi va olingan natijalar umumlashtiriladi, keyin uning sifati (navi) belgilanadi. 
Sinash ishlari uchun har bir vagondan (50 tonnali bo’lsa) 40 kg o’rtacha namuna olish kerak. 
4.1-jadval 
Ko’rsatkichlar 
So’nmagan 
ohak 
Gidravlik ohak 
So’nmagan ohakning 
karbonat tog’ jinsi 
bilan tuyilgani 
1 nav 2 nav 1 nav 2 nav 
Faol moddalar miqdor (quruq holatda), % da 
85 
70 
67 
55 
30 
So’nmagan ohak donalarining miqdor, (% dan 
kam) 
10 
20 



So’nish davri, tez so’nuvchan (minutgacha) 
20 
20 


20 
Sekin so’nuvchan (minutdan ko’p) 
20 
20 


20 
Maydalanish darajasi, elakda qolgan qoldiq, elak 
katagining o’lchami: 
0,63mm dan kam 





0,09mm dan nam 
10 
10 
10 
10 
10 
Namligi % dan kam 





Xulosa: O’zRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin) 
4.1. Ohakning maydalik darajasini aniqlash va namunani sinashga tayyorlash 
So’nmagan ohak toshini sinash uchun uni 15-20 mm yiriklikgacha maydalanadi va undan 
500 g olib obdon tuyiladi. Ohakning maydalik darajasini topish uchun 4.1-rasmda ko’rsatilgan 
PSX-4 yuza o’lchagich asbobida yoki quyi va ustki qopqoqli 009 va 063 nomerli elaklarda elash 
yo’li bilan olinadi. Elaklarning 009 nomerligi ustiga 063 nomerligini o’rnatib, unga massasi 50 g 
ohak kukuni solinadi va ustki qopqoq yopiladi. Namuna solingan elak maxsus elash mashinasida 
yoki qo’lda 15 min davomida tebratiladi. Keyin quyi taglik olinib alohida qog’ozga 1 minut 
davomida ohak kukuni elanadi. Shunda 009 nomerli elakdan 0,1 g dan kam ohak kukuni o’tsa, 
elashni to’xtatish kerak. Elakda qolgan qoldiqni tortib 2ga ko’paytirsak, shu yiriklikdagi 
zarrachalarning ohakdagi mikdorini foizda topgan bo’lamiz. 
 
4.1-rasm. Yuza o’lchagich: 
PSX-4 yuza o’lchagich: 1 - suyuqlik monometri,
2 - kran, 3 - o’zaro boglovchi naychalar, 4 - noksimon 
rezina, 5 - plunjer, 6 - piston, 7 - shkala
 



Shu usulda elab olingan namuna (ohak) ni tajribaxonada sinash uchun u havosi so’rib 
olingan maxsus shisha idishga (eksikatorga) solib qo’yiladi. 
So’ngan kukun ohak yoki karbonatli so’nmagan ohakni sinashga tayyorlash uchun qurilishga 
keltirilganidan 300 g tortib olinadi va sinashga qadar havosiz idishda saqlanadi. 

Download 343.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling