Qurilish ohagining xossalarini aniqlash


Download 343.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi343.76 Kb.
#1370531
1   2   3   4
Bog'liq
4-laboratoriya ishi. Qurilish ohagining xossalarini aniqlash

Asbob-uskunalar: so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob, 150°C gacha bo’lgan 
termometr, sekundomer, texnik tarozi va tarozi toshlari, millimetrli qog’oz va sinash uchun ohak 
namunasi. 
Tajriba tartibi. Ohakning so’nish tezligi stakan idishda (4.2-rasm) aniqlanadi. 
Oldindan tayyorlangan ohak namunasidan 10 g tortib olinadi va ohak kukuni idishga 
solinadi, so’ng unga 20 ml isitilgan (20°C) suv quyiladi va shu vaqt sekundomer bilan aniqlab 
olinadi, keyin idishning og’zi termometrli qopqoq bilan yopiladi. 
4.2-rasm. Ohakning so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob: 1-termometr, 2-qopqoq,
3-ichki shisha idish, 4-tashqi shisha idish, 5-issiqlik izolyasiyasi qatlami, 6-namuna. 
Ohakka suv quyilgandan boshlab, har 30 sek da haroratning ko’tarilishi yozib boriladi. 
Ushbu kuzatish harorat pasayguncha davom ettiriladi. Idishdagi ohak suv bilan qorishtirilgandan 
keyin qorishmaning yuqori haroratga ko’tarilishi uchun ketgan vaqt (sek) ohakning so’nish 
tezligini bildiradi. Olingan natijalar 4.3-jadvalga yozib boriladi va shu asosda millimetrli 
qog’ozga vaqt bilan so’nayotgan ohak haroratining ko’tarilishi o’rtasidagi bog’lanish grafik 
shaklida ko’rsatiladi. 



Ashyoning nomi _________
4.3-jadval 
Sinash uchun 
olingan kukunning 
og’irligi, g 
Suv 
miqdori, ml 
Sinashning boshlanishi 
(ohakka suv quyilgan 
payti), soat 
Haroratning 
ko’tarilishi, 
0

Ohakning 
so’nish tezligi, 
min 
Izoh (ohak 
sutining 
zichligi) 






Xulosa. O’zRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin). 
 
Nazorat uchun savollar 
1. Qurilish ohagi qalay olinadi? 
2. Ohakning maydalik darajasi qanday aniqlanadi? 
3. Turg’un massagacha quritish necha 
0
C haroratda amalga oshiriladi? 
4. Ohakning so’nish tezligini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 
5. Ohakning so’nish davrida qanday reaksiya ro’y beradi? 

Download 343.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling