Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 31 library.ziyonet.uz/ bilan yer tepishardi. Oʻrtada chollar – saylni boshqaruvchilar otlarini gijinglatib yurishardi. Gulsari gʻayrat va shijoati tobora oshib, kuchga toʻlib-toshib borayotganligini his qilardi. Ichiga goʻyo qanaqadir otashin ruh kirib olganday, bundan qutulish uchun tezroq davraga otilib kirish, soʻng oʻqday uchib ketish kerak edi. Boshqaruvchilar davraga kirishga ishora qilishgach, Tanaboy tizginni boʻshatdi, ot uni oʻrtaga olib kirdi va hali qayoqqa qarab chopishni bilmay aylana boshladi. Qator oralari guvillab «Gulsari!» «Gulsari!» degan soʻzlar eshitildi. Katta poygada qatnashishni istaganlarning hammasi davraga kirdi. Ellikka yaqin chavandoz yigʻildi. – Xalqdan fotiha oling! – dedi saylning bosh boshqaruvchisi tantanali suratda. Peshonalarini qattiq tangʻib olgan taqir boshli chavandozlar kaftlarini ochganlaricha qoʻllarini baland koʻtarishib qator boʻylab yurishdi va «O-mi-in!» degan ovoz u chekkasidan bu chekkasigacha gurillib tarqaldi, yuzlab qoʻllar peshonalarga koʻtarilib, kaftlar oqib tushayotgan suv oqimi singari yuzlaridan sirgʻalib tushdi. Shundan soʻng chavandozlar bu yerdan toʻqqiz chaqirim naridagi poyga boshlanadigan joyga otlarini yoʻrttirib ketishdi. Bu orada davrada otsiz va otliqlarning kurashi, egardan tortib tushirish, chopib oʻtayotib yerdan tangani olish va boshqa musobaqa oʻyinlari boshlandi. Bularning hammasi faqat katta oʻyinning boshlanishi edi, xolos. Eng muhimi u yoqda, chavandozlar chopib borayotgan tomonda boshlanardi. Gulsari yoʻlda qizishardi. U xoʻjayinining nega jilovini qoʻyib yubormasligini tushunmasdi. Atrofda boshqa otlar ham gijinglashar va yulqinishar edi. Ularning koʻpligi va hammasi chopishni xohlayotganligidan saman yoʻrgʻa asabiylashar va toqatsizlanib qaltirardi. Nihoyat, hamma startga – poyga boshlanadigan joyda bir qator boʻlib tizildi, poyga boshi safdagilarning oldidan u chekkadan bu chekkaga qadar chopib oʻtdi-da, oq roʻmolchani koʻtardi. Hamma sergaklanib qotib qoldi. Roʻmolcha silkindi. Otlar irgʻib joylaridan qoʻzgʻalishdi, gʻayrati toshgan Gulsari ham hamma bilan birga oldinga tashlandi. Son- sanoqsiz tuyoqlar ostida yer gumburlab ketdi, chang-toʻzon koʻtarildi. Chavandozlarning «ha, chuh, ha, chuh!»lari va qiyqiriqlari ostida otlar oʻqday uchib borardilar. Sakrab chopishni bilmagan Gulsarigina yelib borardi. Uning ojizligi ham, qudrati ham shunda edi. Dastlab hammasi gʻuj boʻlib, bir necha daqiqadan keyin oldinma-ketin chopib ketishdi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling