Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
32 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gulsari buni koʻrmasdi. Yoʻrgʻa faqat chaqqon-chopqir otlargina uni orqada qoldirib, 
oldinda chopib ketayotganligini koʻrardi. Tuyoqlar ostidan uchib chiqqan issiq shagʻal va 
kesak parchalari tumshugʻiga urilar, atrofda esa otlar chopishar, chavandozlar 
qichqirishar, qamchilar qarsillar, chang-toʻzon koʻtarilar edi. Chang-toʻzon bulutga 
aylanib, yer uzra uchib yurardi. Ter, chaqmoq tosh va bosilib ezilgan yavshonning kuchli 
hidi kelardi. 
 
Deyarli yoʻlning yarmiga qadar shu ahvol davom etdi. Oldinda oʻntacha ot yoʻrgʻa saman 
yeta olmaydigan tezlik bilan uchib borardi. Atrofda shovqin pasaya boshladi, 
orqadagilarning suroni sekin eshitilar, lekin oldinda boshqalarning ketayotganligi
tizginlarini qoʻyib yubormaganliklari uning gʻazabini qoʻzgʻatar edi. Koʻz oldi gʻazab va 
shamoldan qorongʻilashib, yoʻl shiddat bilan oyoqlari ostiga orqaga chopib ketar, quyosh 
osmondan olovli koptokday dumalab, u tomon kelar edi. Uning butun tanasini issiq ter 
qoplar, saman yoʻrgʻa qanchalik koʻp terlasa, shunchalik yengil tortib borardi. 
 
Chopqir otlar charchab, chopishlari borgan sari sekinlasha boshladi, saman yoʻrgʻa esa 
endigina kuchga kirayotgandi. «Chuh, Gulsari, chuh!» – egasining ovozini eshitardi u. 
Shundan soʻng quyosh u tomonga yana ham tezroq yumalab kela boshladi. Quvib 
yetilgan va ortda qoldirilgan chavandozlarning gʻazabdan burushgan yuzlari, osmonga 
koʻtarilgan qamchilar, otlarning irjaygan ogʻizlari, xirillab nafas olgan tumshuqlari birin-
ketin koʻzga chalina boshladi. Birdan suvliq va tizginlarning xukmronligi yoʻqoldi. 
Gulsari egarning ham, chavandozning ham borligini sezmay qoldi, u chopish ishtiyoqi 
bilan yonar edi. 
 
Har qalay oldinda qoʻngʻir va malla rang ikki chopqir ot yonma-yon borardi. Ikkalasi 
ham bir-birlariga boʻsh kelishmay, chavandozlarning qichqiriqlari va qamchilari zarbi 
ostida uchishar edi. Bular kuchli poygachi otlar edi. Gulsari otlarni anchadan keyin quvib 
yetdi va nihoyat ularni yoʻldagi balandlikka koʻtarilishda orqada qoldirdi. U goʻyo katta 
bir toʻlqinning qirrasiga chiqib olganday tepalikning ustiga sakrab chiqdi va bir necha 
daqiqa vaznsiz holatda havoda osilib qolganday boʻldi. Nafasi qaytib ketdi, koʻzlariga 
quyosh yana ham yorqindan yolqin sochdi, u yoʻl boʻylab pastga tomon oʻqday tez uchib 
tusha boshladi, lekin koʻp oʻtmay orqasidan quvib yetayotgan tuyoqlarning taqir-tuqurini 
eshitdi. Oʻsha qoʻngʻir va malla rang ikki ot alamini olishmoqchi edi. Ular ikki tomondan 
deyarli yonma-yon kelishib, endi bir qadam ham ortda qolishmayotgandi. 
 
Ular uchalasi kallalarini kallalariga tegizib, birga chopishardi. Gulsariga ular endi sira 
ham chopmay, qandaydir gʻalati – harakatsiz va unsiz qotib qolganday tuyulardi. Hatto 
yonlaridagilarning koʻzidagi ifodasini, ularning taranglashgan tumshuqlarini, tishlangan 
suvliqlarini, yugan va tizginlarini koʻrish mumkin edi. Qoʻngʻir rang ot gʻazab va 
qaysarlik bilan qarardi, malla rang esa hayajonlanar, ishonchsizlik bilan u yoqdan bu 
yoqqa alanglardi. Xuddi ana shunisi birinchi boʻlib ortda qola boshladi. Eng avval uning 
gunohkorday jovdiragan koʻzlari gʻoyib boʻldi, soʻng kengayib ketgan tumshugʻidagi 
burun teshiklari orqada qoldi, shundan keyin u boshqa koʻrinmadi. Qoʻngʻir ot esa juda 
qiyinlik bilan sekin-asta orqada qola boshladi. U chopib turib sekin taslim boʻlayotgandi, 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling