Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
35 
library.ziyonet.uz/ 
 
Faqat yakkama-yakka kurashdagina biron muvaffaqiyatga umid bogʻlash mumkin edi. 
 
Payt poylab, Tanaboy saman yoʻrgʻaning boshini qoʻyib yubordi. Gulsari quyosh nuri 
ostida oʻzi tomon yugurib kelayotgan yer ustiga uchib borardi, dukir-dukir ovozlar ortda 
qolib uzoqlasha boshladi, qora toʻriqqacha boʻlgan masofa esa qisqaraverdi. Qora toʻriq 
ogʻir yuk bilan chopib borardi, uni quvib yetish uncha qiyin emasdi. Tanaboy saman otni 
qora toʻriqning oʻng tomoniga olib oʻtdi. Otning oʻng biqinida chavandoz taqimiga 
qistirib olgan uloq osilib borardi. Mana, tenglasha boshlashdi. Tanaboy echkining 
oyogʻidan ushlab, tortib olish uchun egardan engashdi. Lekin qozoq oʻljani chaqqonlik 
bilan oʻng tomonidan chap tomoniga oshirib oʻtkazib oldi. Otlar esa hamon toʻppa-toʻgʻri 
quyosh tomon yelib borishardi. Endi Tanaboy bir oz ortda qolishi va chap berib yana 
quvib yetishi kerak edi. Saman yoʻrgʻani qora toʻriqdan ayirish qiyin edi, lekin shunday 
boʻlsa-da, bunga erishish mumkin boʻldi. Dabdalasi chiqqan gimnastyorkali qozoq uloqni 
yana boshqa tomonga oʻtkazishga ulgurdi. 
 
– Qoyil! – zavq bilan qichqirib yubordi Tanaboy. 
 
Otlar esa hamon quyosh tomon yelib borardi. 
 
Vaqtni boy berish kerak emasdi. Tanaboy saman otni qora toʻriq aygʻirga yondashtirib, 
qoʻshnisining egari qoshi ustiga engashdi. Qozoq yigit qutulishga urindi, lekin Tanaboy 
qoʻyib yubormadi. Yoʻrgʻa otning chaqqonligi va xipchaligi unga qora toʻriq aygʻirning 
boʻyniga deyarli yotib olishga imkon berdi. Shu tarzda u uloqqa qoʻl choʻzib uni oʻzi 
tomon torta boshladi. Unga oʻng tomondan harakat qilish oson edi, buning ustiga ikkala 
qoʻli boʻsh edi. Mana, u echkining deyarli yarmisini oʻziga tortib oldi. 
 
– Oʻzingga ehtiyot boʻl, qozoq birodar! – qichqirdi Tanaboy. 
 
– Bekor aytibsan, bermayman! – javob qildi u. 
 
Shiddat bilan chopib borayotib, ular ot ustida kurash boshlashdi. Bitta oʻljaga tashlangan 
burgutlarday uloqqa mahkam yopishib olishib, bir-birlariga oʻshqirishar, xirillashar va 
bir-birlarini qoʻrqitish uchun yirtqichlarday irillashar edi, qoʻllari bir-birlarinikiga 
chirmashib ketgan, tirnoqlari ostidan qon sizib oqardi. Chavandozlari yakkama-yakka 
kurashayotganda tiqilishib, yonma-yon kyotayotgan otlar esa qirmizi quyoshni quvib 
yetish uchun shoshilar, koʻzlari qonga toʻlgandi. 
 
Shunday mardona oʻyinlarni bizga qoldirgan ajdodlarimizga ofarin! 
 
Uloq endi ularning ikkalasining oʻrtasida edi, uloq chopib borayotgan otlar oʻrtasida 
osilib borardi. Ular indamay, tishlarini tishlariga qoʻyib, bor kuchlarini ishga solib uloqni 
tortishar, bir-biridan qutulish va chetroqqa chiqib olish uchun ikkalasi ham echkini 
taqimga bosishga urinardi. Qozoq baquvvat edi. Qoʻllari katta, serpay, buning ustiga 
Tanaboydan ancha yosh edi. Lekin tajriba – zoʻr narsa. Tanaboy oʻng oyogʻini toʻsatdan 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling