Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
38 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Ha, qora toʻriq aygʻir arslonday baquvvat. Anavi yigit ham kuchli. Uning istiqboli 
porloq. 
 
– Rost gap! Gulsarining oʻzini tutqizmaslik uchun yer bagʻirlab chopishi hali ham koʻz 
oʻngimda. Hayajonimdan nafasim qaytib ketay dedi qarab turib. 
 
– Nimasini aytasan. Ilgari zamonlarda botirlar bunday otda jangga kirishardi. Ot emas bu 
duldul! 
 
– Tanaboy, qachon uni biyalarga qoʻymoqchisan? 
 
– E-e, u hozir ham biyalarni quvlab yuribdi, lekin hali erta deb oʻylayman. Kelgusi 
bahorda esa ayni vaqti boʻladi. Et olishi uchun kuzdan oʻz holiga qoʻyib beraman... 
 
Kayfi oshib qolgan odamlar olomon-poyganing tafsilotlari va saman yoʻrgʻaning 
xislatlari toʻgʻrisida gapirishib uzoq oʻtirib qolishdi. Gulsari boʻlsa teri qotib, suvliqni 
chaynab hovlida turardi. U tongga qadar och holda qantariqliq turishi kerak edi. Lekin 
uni qiynayotgan ochlik emasdi. Yelkalari zirqirab ogʻrir, oyoqlari ham goʻyo oʻziniki 
emasday, tuyoqlari qizishib yonardi, kallasi esa hamon olomon-poyganing shovqin-
suronidan garang. Qiyqiriqlar, baqiriqlar hali ham uning qulogʻidan ketmasdi, vaqti-vaqti 
bilan u choʻchib tushar va pishqirib quloqlarini chimirardi. Maysa-oʻt ustida agʻanab 
yotgisi, bir silkinib olgach, yaylovda otlar orasida oʻtlab yurgisi kelardi. Lekin xoʻjayini 
uzoq oʻtirib qoldi. 
 
Koʻp oʻtmay xoʻjayini qorongʻilikda sal-pal gandiraklab chiqib keldi. Undan qandaydir 
kuchli, oʻtkir hid anqirdi. U ahyon-ahyondagina bunaqa holatga tushardi. Oradan bir yil 
oʻtgach, saman yoʻrgʻa doim mana shunaqa hidi anqib turadigan odam qoʻliga tushib 
qoladi. Shunda u oʻsha odamdan ham, manavi iflos hiddan ham nafratlanadi. 
 
Tanaboy saman otning yoniga keldi, yagʻrinini silab-siypadi, terlikning ostiga qoʻlini 
suqib koʻrdi: 
 
– Bir oz sovuding shekilli? Charchadingmi? Men ham oʻlguday charchadim. Lekin 
bunaqa oʻqrayib qarama menga, axir ichsam sening sogʻligʻingga ichdim-da, bayram. 
Shunda ham qittak ichdim. Men oʻz oʻlchovimni bilaman, sen buni hisobga ol. Urushda 
ham me’yorini bilganman. Qoʻy, Gulsari, bunaqa oʻqrayib qarama. Hozir yaylovga 
ketamiz, dam olamiz... 
 
Xoʻjayin ayillarni qisib tortdi, uydan chiqqan odamlar bilan bir oz gaplashib turdi, 
hammalari otlarga minishib, tarqalib ketishdi. 
 
Tanaboy ovulning uyquga ketgan koʻchalari boʻylab borardi. Atrof jimjit, Derazalar qop-
qorongʻi. Dalada eshitilar-eshitilmas traktor tarillardi. Togʻlar ustida oy turar, bogʻlarda 
gullagan olmalar oqarib koʻrinardi, qayerdadir bulbul sayrardi. Nima uchundir butun 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling